Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX
 
 
2017-yil, 4-son 
20 
oʻrnatilgan. Jahon bozorida oltin bahosining oʻsishi hisobga olinib, Respublika rahbariyati tomonidan 
oltin ishlab chiqarishni jadallashtirish vazifasi qoʻyildi. Ushbu vazifaning kombinatda bajarilishi yirik 
investitsiya loyihalarining asosi boʻlgan jahon sifat standartlari darajasida yuqori samarali resurs 
tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash hisobiga amalga oshirilmoqda. Ularni amalga oshirish Muruntau 
konining xom ashyo bazasining kamaya borishiga koʻra kombinat boʻyicha oltin ishlab chiqarishni 
uzoq vaqt davomida saqlab qolish imkoniyatini beradi. Yangi, zamonaviy texnika va uskunalar bilan 
jihozlangan kon-metallurgiya korxonalarining ishga tushirilishi, tayyor mahsulot eksporti hajmining 
oshishi Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan islohotlarning natijasidir. 
Chiqarilayotgan mahsulotlar koʻpgina turlarining sifati eng yuqori jahon standartlariga mos 
keladi. NKMK Respublikada birinchilardan boʻlib 2006-yilda sifat, ekologiya, sanoat xavfsizligi va 
sogʻlik menejmenti tizimini kiritdi. [7].
Oltin tarkibli ma’danlarni qazish va qayta ishlash boʻyicha NKMK sanoat kompleksi yillar 
davomida yuqori texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan turgʻun ishlab kelmoqda. Respublika 
mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravarga oshdi. Bu yutuqlar amaldagi korxonalarni 
toʻliq texnik qayta jihozlash hisobiga, yangi ishlab chiqarishlarni qurish hisobiga, shuningdek oltin 
ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli oshiradigan eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy qilish 
hisobiga erishildi. Bunday yoʻnalishlardagi ishlarga birinchi navbatda NKMKning INTEGRA 
GROUP(AQSh), "Integra" YoAJ (Rossiya), Vnipipromtexnologiya (Rossiya), Toshkent davlat texnika 
universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti, Ukraina Milliy 
konchilik akademiyasi tabiatdan foydalanish va ekologiya muammolari instituti bilan hamkorlikda 
bajargan tadqiqotlari kiradi. Ochiq konlarni loyihalash, qurish va foydalanish tajribasi koʻrsatadiki, 
kon qazuvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligi asosan qurilish, konchilik ishlarni olib borish 
texnologiyasi va tartibini, ma’danlar va ochishlar hajmining taqvimiy taqsimlanishini, ishlab chiqarish 
jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash turini tanlash masalalarini toʻgʻri yechishga bogʻliq. 
Kombinatning kon qazuvchi korxonalari rivojini optimallashtirish uchun gʻarb namunalaridan 
qolishmaydigan, ayrim hollarda ulardan yuqori boʻlgan maxsus kompyuter texnologiyalari ishlab 
chiqildi va oltin ma’danli konlarni loyihalash, rejalashtirish va ishlatish amaliyotga joriy qilindi [8]. 
Asosiy mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari, NKMK fosforit xom-ashyosini qazib olish, 
sulfat kislota va oltin, kumush buyumlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Suyuq shisha
portlatish moddalari, polivinilxlorid va poliyetilen quvurlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. 
Mahalliy xom ashyo asosida shagʻal, beton, asfalt betoni, formovka qumi, ohaktosh, gabbro, marmar 
va granitdan sirlangan buyumlar ishlab chiqarishi tashkil etilgan. Kombinat sanoat jihozlarini 
ta’mirlash boʻyicha ham xizmat koʻrsatadi. Metall qirqish stanoklari, qurilish metall konstruksiyalar, 
payvandlash elektrodlari, maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xalq iste’moli mollarini 
ishlab chiqaradi. NKMK innovatsion siyosati amaldagi ishlab chiqarish bazasini yangilash, texnik 
qayta jihozlash, ilgʻor ilmiy ishlanmalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan. 
2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy 
qilishni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PP-916-sonli Qarori e’lon 
qilinishi bilan kombinatda innovatsion faoliyat yangicha ruh kasb etdi. Mustaqillik yillarida kombinat 
dunyodagi eng peshqadam oʻnta kompaniyalardan biri maqomini saqlab qoldi va Davlat 
korxonasining kamyob qudratli sanoat gigantini rivojlantirishga muvaffaq boʻldi. Kombinatda kamyob 
innovatsion texnologiyalar ishlab chiqilgan va joriy qilingan. 3-sonli Gidrometallurgiya zavodiga 
oltingugurtli oltin ma’danlarni flotatsion boyitishning takomillashtirilgan texnologiyasi joriy qilindi.. 
NKMK yer osti boyliklarining matematik modeli va sanoat zaxiralari bahosi, konchilik ishlarining eng 
muvofiq kalendar jadvali, karerlarning yakuniy va oraliq shakllari kabi tuzilish topshiriqlarini 
yechishga imkon beradigan kamyob dasturiy-texnik kompleksga ega. Bu kelajakda gidrometallurgiya 
zavodlarining barqaror ishlash davrini yaqin 100 yilga uzaytirish va kombinat kon qayta ishlash 
komplekslarining ishini yaxshilash imkonini beradi. Yer osti boyliklarini oʻzlashtirish, mahsulot qazib 
olish, transport yordamida tashish va rudani qayta ishlashning texnologik muammolarini yechishda 
kombinatning yuqori malakali mutaxassislari ish olib boradilar. Yirik tarmoq ilmiy-tadqiqot va 
akademik institutlari bilan mustahkam aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Tarmoqlararo kooperatsiya 
(birlashmalar) jadal rivojlanmoqda [9]. 
Insonlar – bu Qizilqum yerining eng asosiy boyligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 
oltin zaxirasi. Kombinatning ijtimoiy siyosati mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga, 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish