Keywords:
Navoi mountain-metallurgical factory, “know-how”, “four nines”, giant sources,
Muruntau mine, Daugystau sources, persons interests, life level of the workers.
Oʻzbekiston Respublikasi 74 yil mobaynida sobiq ittifoqqa ma’naviy va iqtisodiy qaramlikda
boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning “Oʻzbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida” asarida Respublikamizning Markaz boshqarayotgan iqtisodiy hayoti xususida
shunday deyilgan. “Qishloq xoʻjaligimiz mamlakatdagi paxtaning uchdan ikki qismini, qorakoʻl
terisining uchdan bir qismidan koʻprogʻini, pillaning 60 foizdan ziyodini, koʻp miqdorda kanop, meva,
uzum, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirib bermoqda...”. Oʻzbek xalqining yetishtirib bergan
mahsulotlari “evaziga” ittifoq miqyosida aholining iste’mol darajasi eng quyi oʻrinlarda turardi.
Oʻzbekistondan nafaqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari balki yirik koʻlamda yer osti boyliklari ham,
jumladan, oltinning barchasi Markazga olib ketilgan holda, mahalliy aholining iste’mol tovarlariga
ehtiyoji tobora oshib borgan [1].
Oʻzbekiston amalda Fors koʻrfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga
juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazidir. Ya’ni, bu yarim halqa atrofida
butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida yaqin yillarda Yevroosiyo va jahon kelajagi uchun hal
qiluvchi rol oʻynaydigan energiya zaxiralari mavjud. Jumladan, Muruntau ochiq koni Yevroosiyo
qit’asidagi eng katta oltin xazinasi boʻlib hisoblanadi. Shu nom bilan ushbu kon 1967-yildan buyon
atalib kelmoqda. Ochiq kon yuqori sifatli sof oltin bilan mashhurdir. Muruntau ochiq konining
chuqurligi 550 metrdan oshdi [2].
XX asrning ikkinchi yarmidan, kon-metallurgiya ishlab chiqarishining keng miqyosda avj
oldirilishi Oʻzbekistonning industrial qiyofasini oʻzgartirishga sabab boʻldi. Masalan, markaziy
Qizilqum sahro tumanlarining sanoat jihatidan oʻzlashtirilishi oltin va uran qazib olish sanoatining
paydo boʻlishini taqozo etdi, u yerda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining qurilishi mis va
qoʻrgʻoshin-rux sanoatining rivojlanishiga turtki berdi. Oʻzbekiston oltin qazib olishda yetakchi
oʻrinlardan birini egallar edi. Uning birinchi quymasi 1969-yil iyun oyida Zarafshon oltin chiqarish
zavodida olingan edi. 80-yillarning oxiriga kelib Respublikada har yili 50 tonnagacha yetkazib «sariq
metall» eritilar edi. Respublika oltin yetkazib berish boʻyicha SSSRda asosiy oʻringa chiqib olgan
boʻlib, umumittifoq oltinining qariyb 50% ni yetkazib berardi. 70-80-yillarda uran ishlab chiqarish
kengaydi, uning zaxiralari boʻyicha oʻlkamiz dunyoda 7-8-oʻrinni egallardi. Eng soʻnggi
tadqiqotlarning koʻrsatishicha, har yili Oʻzbekistonda yer osti konlaridan taxminan 5,5 mlrd. dollar
miqdorida foydali qazilmalar olingan. Biroq «oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik
materiallar jahon bozorida xaridorgir boʻlgan boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish va
sotishdan olingan daromad Oʻzbekiston gʻaznasiga kelib tushmasdi. Respublika tabiiy, xom ashyo
resurslari va oʻzi ishlab chiqargan mahsulot qayerga ketayotganidan, uni eksport qilishdan olingan
daromad kimning choʻntagiga kelib tushayotganidan butunlay xabarsiz edi. Oʻzbekistonning yer osti
boyliklaridan qimmatbaho resurslarni soʻrib olgan ittifoq korxonalari nari borsa, olingan foydaning
bor-yoʻgʻi 1% ini mahalliy budjetga oʻtkazishardi. Bu talonchilik mexanizmi milliy iqtisodiyotni tag-
tugi bilan quritib, oʻzbek xalqini xonavayron qilardi. Oltin, nodir rangli metallar, uran va boshqa
strategik xom ashyo favqulodda maxfiylik niqobi ostida oʻlkamizdan tashqariga amalda tekinga olib
ketilardi [3]. Masalan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori Nikolay Kucherskiyning
eslashicha; “...Navoiy kon-metallurgiya kombinati sun’iy ravishda nazardan yiroqda saqlanardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |