ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2017-yil, 4-son
19
Ommaviy axborot vositalarida uning ishlab chiqaradigan mahsulotining haqiqiy miqdorlari haqida
sha’ma qilishga ham yoʻl qoʻyilmasdi. Jazirama Qizilqum qumliklarida toʻsatdan qad koʻtargan ulkan
sanoat korxonasi faoliyatining asosiy yoʻnalishi uran qazib olish haqida ham lom-mim deyilmasdi.
Kombinat rahbarlari oldiga AQShda uran qazib olish haqidagi ma’lumotlar qoʻyilganda, ular
ajablangan holda iljayib qoʻya qolishardi. Chunki kombinat shuncha miqdordagi mahsulotni atigi uch
oy mobaynida ishlab chiqarardi...”[4]. Mamlakatdan bu kabi qazilma boyliklar olib ketilsada,
aholining yashash mafaatlarida ijobiy oʻzgarishlar sezilmaganligi mustamlaka siyosatining ifodasi
albatta.
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov Mustaqilligimizning 23 yilligiga
bagʻishlangan tantanali marosimdagi tabrik soʻzida ta’kidlaganlaridek, “... Mustaqillik biz uchun – bu
oʻz taqdirimizni qoʻlga olib, yurtimizning yer osti, yer usti boyliklariga egalik qilish, beqiyos moddiy
va ma’naviy salohiyatimizni amalga oshirish, jahon miqyosida oʻzimizga munosib oʻrin egallash
demakdir” [5].
Bugun iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizasiyalash, shu orqali jahon standartlariga javob
beradigan mahsulot ishlab chiqarishga erishish xorijiy sarmoyalarni, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri
investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish har qanday mamlakat uchun eng
dolzarb va kechiktirib boʻlmaydigan masaladir. Albatta, bunday vazifalarni amalga oshirishda erkin
iqtisodiy industrial zonalar muhim oʻrin tutadi. Bu esa innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilgʻor
texnologiyalarni joriy qilish, eksport, shuningdek, transport va telekommunikasiya infratuzilmasini
jadal rivojlantirish, mahalliy mahsulot va xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda xalqaro sifat,
sertifikatlashtirish talablarini joriy etish orqali raqobatdoshligini oshirish, yangi ish joylarini barpo
etish, malakali ishchi-muhandislar, xoʻjalik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash va ular malakasini
oshirish kabi bir qator muhim masalalarni hal etish imkonini beradi.
Darhaqiqat, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda asosiy e’tibor mamlakat
hududlarining tabiiy resurslari hamda industrial salohiyatidan foydalanish samarasini yuksaltirish va
oxir-oqibat eksport tizimini kuchaytirishga qaratilmogʻi lozim. Aynan shu yoʻnalishda jahon
tajribasida keng qoʻllanilayotgan va oʻz samarasini berayotgan bir qator vositalar mavjud. Bu xorijiy
hamkorlar bilan teng huquqlilik asosida tuzilgan shartnomalardir.
Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilgan. Oltinning asosiy zaxiralari
oltin konlarining oʻzida Markaziy Qizilqumda joylashgan boʻlib, tasdiqlangan zaxiralari boʻyicha
Respublikani dunyoda toʻrtinchi oʻringa olib chiqadi. Muruntau koni dunyodagi gigant konlar
jumlasiga kiradi. U Yevroosiyo qit’asidagi ruda tarkibida oltin yuqori darajada boʻlgan eng yirik
kondir. Muruntau konining topilishi xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan XX asrning ikkinchi
yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb e’tirof etildi. Muruntau koni - juda katta
manba boʻlib, undan har yili millionlab kub metr kon tuprogʻi qazib olinadi. Undan dunyodagi eng
sifatli oltin olish mumkin. Bu holning oʻziyoq dunyoning oltin qazib oluvchi sanoati uchun noyob
namunadir. Oltin tozalashda affinaj (eng sof metall olish) jarayonining zamonaviy texnologiyasi joriy
etilgan. Bu texnologiya bir qator "nou-xau"ni oʻz ichiga oladi. Natijada oliy tovar koʻrinishiga ega
boʻlgan, soflik darajasi "toʻrtta toʻqqiz"ga teng asl oltin olinmoqda. Ana shu oltin Oʻzbekistonga
koʻplab xalqaro sovrinlar keltirdi. Koʻp yillar foydalanish natijasida Muruntau konining chetida katta
hajmda minerallashgan uyumlar ajratilgan va toʻplab qoʻyilgan edi. Uning tarkibidagi oltin miqdorini
olish imkoni yoʻq edi. Bugungi kunda ana shu minerallashgan uyumlar Amerikaning "Nyumont
Mayning Korporeyshn" kompaniyasi ishtirokida eng yangi texnologiyalar jalb etilib, qayta
ishlanmoqda [6].
Sir emaski, zamonaviy innovatsion texnologiyalarini joriy etilishi katta moliyaviy quyilmalar
bilan bogʻliq boʻlib, aynan shu sababli kombinat rahbariyati har bir yangi loyihani Oʻzbekiston FA
olimlari, yetakchi loyiha tashkilotlari va tekshirish institutlarini jalb etgan holda chuqur tahlil etadi,
oʻrganadi va ishlab chiqadi. Kombinatning ilmiy potensiali juda yuqori boʻlib, kon-metallurgiya
sohasining jahon miqyosidagi peshqadamlari boʻlgan kompaniyalar bilan yaqin hamkorligi bozor
sharoitlarida innovatsion jarayonlarni tezlashtiradi, bu esa oʻz navbatida tovar mahsuloti tannarxini
kamaytirish imkonini beradi. NKMKda hozirgi kunda 7 ta fan doktori va 40 dan ziyod texnika fanlari
kandidatlari ishlamoqda. Kombinatning doimiy faoliyat yuritayotgan va yaxshi jihozlangan oʻquv
markazlarida har yili yuzlab yosh muhandislar, texniklar va yetakchi ishchi kadrlar malakalarini
oshirmoqdalar. Yirik sohaviy ilmiy-tekshirish va akademik institutlar bilan mustahkam aloqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |