Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA
 
2017-yil, 4-son 
140 

rivojlanishning asosiy omillariga koʻra: komplekslilik, biogen, sotsiogen va psixogen; 

shaxsga yoʻnaltirilganligiga koʻra: har tomonlama uygʻun; 

mazmuniga koʻra: ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi, dunyoviy, insoniy, umumta’limiy, 
chuqur anglangan; 

boshqarish tarziga koʻra: kichik guruhlar tizimi; 

tashkiliy shakllarga koʻra: akademik+klublar, individual+guruhli, tabaqalashtirilgan; 

oʻquvchiga yondashilishiga koʻra: shaxsiy–insoniy, sub’ekt–sub’ekt munosabatlari 
asosida (hamkorlik); 

egallagan metodlarga koʻra: muammoli–izlanuvchi, ijodkorlikka, dialogga, oʻyinga 
asoslangan;

oʻquvchilar toifalariga koʻra: ommaviy (barcha toifalar uchun). 
Dars jarayonida hamkorlik texnologiyalarining ushbu tajribalari asosida qoʻllanilishi shaxs 
tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham barkamol avlod tarbiyasida, ularga ta’lim 
berish jarayonida ana shunday ilgʻor pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish kerak. 
Hamkorlikka asoslangan ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish metodlari sifatida quyidagilarni 
misol qilib keltirishimiz mumkin. “Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish” metodi 1976 yili 
Tel–Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, bu metodda koʻproq 
oʻquvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi. Oʻquvchilar alohida–alohida yoki 6 
kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil 
etilganda darsda oʻrganish lozim boʻlgan oʻquv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar 
yuzasidan topshiriqlar har bir oʻquvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir oʻquvchi umumiy 
topshiriqning bajarilishiga oʻz hissasini qoʻshadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara 
oʻtkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻz ijodiy 
izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar oʻrtasida oʻtkazilgan oʻquv bahsi, munozara 
oʻquvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi. 
Hamkorlikda ishlash natijasida qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasining har bir oʻquvchining 
muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, 
avval oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qoʻllanib, yangi 
bilimlarning oʻzlashtirishiga bogʻliq boʻladi. Xullas, hamkorlikka asoslangan ta’lim texnologiyalarini 
amalga oshirish metodlaridan dars jarayonida unumli foydalanish oʻquvchilarni kundalik qizgʻin
aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga, oʻz kuchi va qobiliyatiga boʻlgan ishonchni 
mustahkamlashga hamda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishga koʻmaklashadi.
Pedagogik faoliyat samaradorligi darajasi “kompetentsiya” va “kompetentlik» tushunchalari 
yordamida amaliyotda ommalashib ketdi. Olimlarning fikriga koʻra, «kompetentsiya” shaxs 
mukammal biladigan predmet – soha boʻlib, uning faoliyat koʻrsatishi uchun tayyor ekanligi oʻlchovi 
hisoblanadi. Ya’ni, kompetentsiya – bilim, amaliy koʻnikma va malakalardan kundalik hayotda duch 
keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanish va qoʻllay olish qobiliyatidir. 
“Kompetentlik” tushunchasini esa undan farqli oʻlaroq, shaxsning yoʻnaltirilgan tasnifi, bitiruvchining 
ma’lum sohada faoliyat koʻrsata olishi koʻnikmasi ekanligini ta’kidlaydilar. Demak, kompetentsiyaviy 
yondashuvga asoslangan ta’lim oʻquvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlish, 
tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan oʻz faoliyatida 
oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb–hunar tanlash, sogʻlom raqobat koʻnikmalarini 
shakllantiradi Ta’limda kompetentsiyaviy yondashuv oʻquvchilarning shaxsiy kasbiy va ijtimoiy 
hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli tipdagi malakalarni samarali ravishda qoʻllashga 
oʻrgatish tushuniladi. Ya’ni, kompetentlik
 
– oʻquvchining oʻzlashtirgan bilimi, oʻquv koʻnikmalari va 
malakalarini kundalik hayotiy faoliyatida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda 
foydalanishga tayyor ekanligi (qobiliyatiga ega ekanligi) ni koʻrsatishdir. 
Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi har bir oʻquvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh 
muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda va samarali aqliy mehnat qilishga, oʻrtoqlari bilan 
hamkor boʻlib, oʻzaro yordam uyushtirishiga zamin tayyorlaydi. Eng muhimi, hamkorlikda oʻqitish 
texnologiyalari orqali oʻquvchilarda ma’naviy madaniyatga ega boʻlish, mantiqiy, metodologik 
qiyoslay olish, idrok qilish, tatbiq etish, tajriba oʻtkazish, analiz–sintez qilish, oʻz–oʻzini baholash 
kompetentsiyalari muvaffaqiyatli shakllantiriladi. 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish