Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA
 
2017-yil, 4-son 
143 
bajarib turishni talab etadi, aksincha, boʻgʻimlar harakatchanligi tez yoʻqolishi mumkin. Jismoniy 
tarbiya darslarini toʻgʻri tashkil etish orqali bolada jismoniy sifatlarni rivojlantirish mumkin [ 9].
Oʻquv mezonlarini toʻgʻridan -toʻgʻri bajarish jarayoni mezonlarni qabul qilish deb ataladi. 
Mezonlar natijalari aniq boʻlishi uchun, ma’lum qonun qoidalarga jismoniy tarbiya oʻqituvchilari 
albatta rioya qilishi zarur:
1. Mezonlarni bajarishni shu paytda oʻtkazish kerakki bolalar yaxshi jismoniy formada 
boʻlganda va organizm charchamagan holatda oʻtkazilishi kerak. 
2. Mezonlar engil mashqdan keyin organizm qizdiriladi, mushak tonusi yuqori boʻlganda, nafas 
olish va qon aylanish sistemalari faol ishlaganda bajariladi. 
3. Mezon sifatida foydalaniladigan jismoniy mashqlarni oʻquvchi yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishi 
kerak. 
4. Mezon mashqlarini bajarish usullari qat’iyan standartlashtirilgan boʻlishi shart. 
Bu qoidalarga qat’iyan rioya qilish jismoniy mashqlarni bajarilishi odatdagi mashqlardan farq 
qiladi. 
Harakatlantiruvchi harakatni mustaqil egallashni asosiy qoidalari, oddiydan murakkabgacha, 
ma’lumdan noma’lumgacha, yangi harakatlantiruvchi harakatni tez va toʻgʻri egallash uchun ma’lum 
uslubiy qoidalarga rioya qilish zarur. 
Birinchi qoidasi - «oddiydan murakkabgacha». Oʻrganilayotgan mashq har xil koordinatsion 
murakkablikda boʻlishi mumkin. Agarda mashq juda murakkab boʻlsa, uni yaxshisi qismlarga boʻlib 
oʻrgatish yaxshi boʻladi. Masalan, gimnastika otini ustidan birdaniga sakrab oʻtishni toʻgʻri egallash 
ancha qiyin boʻladi. Shuning uchun, dastlab gimnastika koʻprigidan sakrab oyoq qoʻyishni va undan 
depsinishni toʻgʻri oʻrganish lozim; keyin gimnastika otiga sakrab chiqishni va sakrab tushishni 
bilgandan soʻng toʻliq koordinatsiyali sakrash oʻrgatila boshlanadi. 
Ikkinchi qoidasi - «ma’lumdan noma’lumgacha». Bola harakatlantiruvchi harakatni har xil 
maqsadlar uchun foydalanishi mumkin. Masalan, tennis koptogini nishonga va uzoqqa uloqtirish, 
yugurish vaqtida futbol toʻpini olib yurish va qisqa masofani oshib oʻtishi mumkin. Agarda barchasini 
birdaniga oʻrgatishga harakat qilinsa, bu samarali yoʻl boʻlmaydi. Shuning uchun dastlab standart 
harakatlantiruvchi harakatni oʻrgatish kerak, uni bitta maqsadni hal etish uchun foydalaniladi, ya’ni 
uni oʻrgatish muammolari boʻlmaganda bajariladi. Masalan, dastlab turgan joyda ma’lum masofadan 
va ma’lum uslubda savatga toʻp otish oʻrgatiladi. Shundan soʻng bu harakat sakrash bilan toʻpni olib 
yurganda har xil masofadan bajarishni oʻrgatiladi. Qaysiki, sharoit va shu bilan birga savatga toʻp 
tashlashni aniq amalga oshirish imkoniyatlari oʻzgarib turishi inobatga olinadi, shundan keyingina 
toʻgʻridan -toʻgʻri oʻyin vaqtida qoʻllaniladi. 
Uchinchi qoida - «oʻrganib olingandan oʻrganib olinmagangacha» yoki «oʻzlashtirib olingandan 
oʻzlashtirib olinmagangacha». 
Yangi harakatlantiruvchi harakatni yaxshi oʻrgatishda, u yaxshi egallangan harakatlarga 
asoslanadi. Masalan, gimnastika yakka choʻpida birdaniga harakatda burilishni oʻrgatish murakkab va 
ham xavfli boʻladi. Shuning uchun dastlab ularni polda oʻrgatiladi, keyin gimnastika skameykasida, 
past gimnastika yakka choʻpida va faqat shundan keyingina standart yuqori yoki baland yakka choʻpda 
bajariladi.
Ushbu qoidalarga rioya qilgan holda turli – tuman mustaqil ravishda harakatlantiruvchi 
harakatni oʻrgatish mumkin. Eng muhimi - koʻproq murakkab vazifalarni oshirishga oʻtishda 
shoshilmaslik zarur. Buni faqat shu paytda, qachonki, oʻquvchilarchilar oldingi topshiriqni engil va 
toʻgʻri, shu bilan birga, koʻp marta bajargandagina amalga oshirish mumkin. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mashgʻulot mazmuniga jismoniy sifatlarni rivojlantirish 
kuch, tezlik, egiluvchanlik, epchillik, chidamlilik, shuningdek almashish jarayonlarini yaxshilash, qon 
aylanish, nafas olish sistemalarining imkoniyatlarini oshirishga oid mashqlar kiritiladi. Kuchni 
rivojlantirish uchun mashqni ikki turidan foydalaniladi. Birinchi turi – bu oʻzining shaxsiy ogʻirligini 
choʻzish bilan bajariladigan mashq, masalan, baland turnikda tortilish, qoʻllarga tayanib yotgan holda 
bukish va yozish, choʻqqayib oʻtirish, sakrash. Ikkinchi turi - har xil mushak guruhlarini 
rivojlantirishda qoʻshimcha choʻzilish bilan bajariladigan mashqlar, masalan, choʻqqayib oʻtirish, 
engashish va elkada shtangani koʻtarish bilan burilishlar. Tezlikni rivojlantirish uchun imkoni boricha 
maksimal tezlik bilan bajariladigan mashqlar qoʻllaniladi, masalan, qisqa masofaga yugurish, tez 
me’yorda koptokni otish va olib kelish mashqlari kiradi. Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish