Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA
 
2017-yil, 4-son 
123 
1. Yaxlit tizimning asosiy belgisi aynan tizimiy integral va uni tashkil qiluvchi tarkibiy 
qismlarning jamoaviy sifati (yoki sifatlari)ning mavjudligidir. 
2. Yaxlit tizimning ajralmas alomati uning tarkibiy qismlari, zero, tizim ulardan tarkib topadi 
hamda usiz mavjud boʻla olmaydi. Biroq tarkibiy qismlar tasodifiy obyektlarning yigʻmasi emas. Ular 
tizim bilan integratsiyalashgan, aynan ushbu tizimning tarkibi hisoblanadi. Tizimning maqsadga 
muvofiq faoliyat koʻrsatishini ta’minlash borasida uni tadqiq qilish, loyihalash, tarkibiy qismlarini 
aniqlashga tizimli-tuzilmaviy yondashuv deb ataladi.
Tizimli-tuzilmaviy (amaliy, asosli) yondashuv obyektning tuzilish xususiyatlarini yahlit, 
tarkibiy qismlarga berilgan vaqt oraligʻi boʻyicha boʻlaklangan holatda qarab chiqishni koʻzda tutadi. 
3. Yaxlit tizim – maqsadli tizim, u muayyan maqsadni amalga oshirishga intiladi. Maqsad 
tizimda uni hosil qiluvchi muhim omillardan biri sifatida yuzaga keladi. Biroq, maqsad unga erishish 
uchun muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Tizimning muhitda maqsadga erishish 
uchun amalga oshiradigan harakatlari aynan uning funksiyalarini tashkil qiladi. Funksiyalar maqsadga 
nisbatan unga erishish usuli sifatida yuzaga chiqadi. Tizimning maqsadga erishish uchun muhitdagi 
oʻzini tutishi nuqtai nazaridan tadqiq qilish va loyihalashga tizimli-funksional yondashuv deyiladi.
4. Har qanday tizim oʻzgarmas, barcha davrlar uchun bir xil boʻlib qolmaydi. U absolyut, 
abadiy emas, chunki qarama-qarshiliklar mavjudligi unga ham xosdir. Har bir tizim nafaqat faoliyat 
koʻrsatadi, balki, shu bilan birga rivojlanadi; u oʻz ibtidosiga ega, u yaralish davrini oʻtaydi, tarkib 
topadi va rivojlanadi. Tizimlar nazariyasida tizimning yashash vaqti
 
uning asosiy tavsifiy belgilaridan 
biri hisoblanadi.
5. Tizimni uning vaqt boʻyicha rivojlanishi nuqtai nazaridan tadqiq qilish va loyihalash 
tizimli yondashuv deb ataladi. 
Tizimli yondashuv obyektning yuzaga kelishi, yaralishi hamda tarkib topishini tizimli-genezis 
sifatida belgilab beradi.
6. Har bir tizim oʻz navbatida oʻzidan yuqori darajada turuvchi metatizimning tarkibiy qismi 
sanaladi, shu kabi u oʻzidan quyi darajada turuvchi tarkibiy qismlardan iborat. Boshqacha qilib 
aytganda, hech bir tizim boshqalardan izolyasiyalanmagan, balki koʻplab aloqalar bilan boshqa turli 
tizimiy va notizimiy uyushmalar bilan ta’sirlashib turadi. Tizim oʻziga nisbatan tashqi boʻlgan 
muhitda harakatda boʻladi, rivojlanadi, u bilan koʻplab kommunikatsiyalar orqali bogʻlanadi. Tizimni 
unga nisbatan mavjud boʻlgan boshqa tizimiy va notizimiy uyushmalar nuqtai nazaridan oʻrganishga 
tizimli-kommunikativ yondashish deb ataladi. 
7. Tizimga doimiy ravishda oʻzida uning turgʻunligini buzishga qaratilgan ta’sirlar koʻrsatib 
turiladi. Ushbu ta’sir avvalo har qanday tizimning ichida mavjud boʻlgan qarama-qarshiliklar 
oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan birga resurslar yetishmasligi, qattiq cheklashlar kabi tashqi salbiy 
ta’sirlar ham mavjud. Bunga qaramasdan tizim yashaydi va rivojlanib boradi. Demak, tashkil etuvchi 
qismlarning oʻziga xos yigʻmasi, ichki tuzilma va boshqalar bilan birga boshqa tizim hosil qiluvchi, 
tizimni himoyalovchi omillar ham mavjud. Tizimning yashovchanligini ta’minlovchi ushbu omillarga 
boshqaruv deyiladi[1].
Bugungi kunda pedagogika fanida ham tizimli yondashuv nazariyasidan muvaffaqiyatli 
foydalanilmoqda. Pedagogik hodisalarni tadqiq etishda tizimli yondashishga doir fundamental fikrlar 
N.N.Azizxodjayeva, F.R.Yuzlikayev, N.A.Muslimov, U.Sh.Begimqulov, N.M.Egamberdiyeva 
kabilarning tadqiqotlarida oʻz aksini topgan. 
Pedagogik mahoratni tizimli yondashuv nuqtai nazaridan koʻrib chiqish gʻoyasi esa, XX asrning 
70-yillarida tadqiq etila boshlangan. Mazkur yondashuv nuqtayi nazaridan mahorat tushunchasi oʻzida 
quyidagi tarkibiy qismlarni qamrab oladi: texnologiyaga doir bilimlar, ularni rivojlanishiga munosabat 
va boshqara olish; shaxsiy, jamoaviy ma’naviy qadriyatlar haqidagi bilimlar va ularni yangi mazmun 
bilan boyitish koʻnikmasi; pedagogik logika, pedagogik texnika va pedagogik takt, bundan tashqari 
har bir pedagogning oʻquvchi taqdiri bilan qiziqishi. 
Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini 
takomillashtirishni quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshirish lozim: 
1. Pedagog shaxsining insonparvarlikka yoʻnalganligi (uning qiziqishlari, qadriyatlari, ideallari). 
2. Kasbiy bilimlar (oʻz fanini, uning metodikasini hamda pedagogika va psixologiyani bilish).
3. Pedagogik qobiliyatlar: 
- kommunikativ (samimiylik, muloqotchanlik); 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish