ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA
2017-yil, 4-son
108
oktabrdagi "Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida"gi va 2004-yil
29-avgustdagi "Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonlari bu borada muhim dasturilamal vazifasini oʻtadi.[3]
Mustaqilligimiz me’mori mazkur Jamgʻarmani tuzishda sogʻlom va barkamol avlodni shakllantirish,
sogʻlom hayot tarzini keng qaror toptirish, yoshlarimizni turli salbiy ta’sirlardan asrash, bolalar
sportini tom ma’noda ommaviy, umumhalq harakatiga aylantirishdek olijanob maqsadlarni oʻz
oldimizga qoʻyganimizni ta’kidlab, jumladan, shunday degan edilar: "hech kimga sir emas, har qaysi
ota-onaning orzusi boʻlgan, ya’ni oʻz farzardlarining jismoniy, intellektual va ma’naviy jihatdan yetuk
boʻlib, hayotda munosib oʻrin egallashining eng ustuvor, eng oliy maqsad, deb bilgan mamlakat va
xalqgina yuksak taraqqiyotga erisha oladi. Biz bolalar sportini ta’lim-tarbiya jarayoni bilan mutanosib
ravishda izchil rivojlantirishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻydik va bu yoʻlda keng koʻlamli ishlarni
amalga oshirib kelmoqdamiz" [4].
Jamgʻarma tashkil etilganidan buyon sal kam 15 yil vaqt mobaynida barcha viloyat va
tumanlarda 1586 ta bolalar sporti ob’ekti, jumladan, 271 yangi sport kompleksi, 934 ta sport zali barpo
etildi, faoliyat koʻrsatayotgan 285 ta sport inshooti, 96 ta suzish havzasi rekonstruksiya qilindi va
kapital ta’mirlandi. 230 ta bolalar musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi. Ushbu
ob’ektlarning 81 foizi qishloq joylarida ishga tushurilgan. Barcha tegishli majmualar zamonaviy
inventarlar bilan ta’minlanayotganligi tufayli sport bilan shugʻullanayotgan yoshlar safi tobora
kengayib bormoqda. Mamlakatimizda 2003-yilda jami oʻquvchi-yoshlarning 20,4 foizi sport bilan
shugʻullangan boʻlsa, ayni paytda bu raqam 43,7 foizga etdi.[5]
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan 2005-yildan boshlab
iste’dodli yoshlarga dunyoning rivojlangan davlatlarida oʻtkazilayotgan xalqaro musobaqalar, oʻquv-
yigʻin musobaqalari hamda sport festivallarida ishtirok etish imkoniyati yaratib borilmoqda. Jumladan
hozirgi kunga qadar Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Polsha, AQSH, Braziliya, Xitoy,
Janubiy Koreya, Singapur, Tailand va boshqa qator davlatlarda tashkil etilgan 396 ta xalqaro tadbirda
4513 nafar bola (1694 nafari qizlar) ishtirok etdi. Shulardan 2554 nafari (903 nafari qizlar)
qishloqlarda istiqomat qiluvchi oʻquvchilardir. Ular oʻttizga yaqin sport turi boʻyicha oʻz
mahoratlarini namoyish etib, 476 ta oltin, 409 ta kumush va 474 ta bronza medaliga sazovor boʻlishga
erishdilar.[6]
Aniq maqsadga yoʻnaltirilgan sa’y-harakatlar natijasida Oʻzbekistonda 6 yoshdan 15 yoshgacha
boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida sport bilan shugʻullanuvchi bolalar 2003-yilda 821444 nafar (14,7%)ni
tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2016-yilga kelib 1 901004 (43,0%) nafarga ortdi. Shuningdek,
sport bilan shugʻullanuvchi qizlar ulushi mos ravishda 17,8 % dan 37,9 %ga koʻpaydi.[7]
Iste’dodli sportchilarni kashf qilishda uch bosqichli musobaqalar tizimi beqiyos ahamiyat kasb
etadi. Xususan, "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" sport oʻyinlarida
qatnashayotgan yoshlar shu orqali nufuzli turnirlar hamda muayyan tasavvurga ega boʻlish
imkoniyatiga ega.
Maktabdan tashqari ta’limni tashkillashtirishning ikkinchi yoʻnalishi sifatida musiqa
maktablarini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu oʻrinda barkamol shaxsni tarbiyalashda
musiqa va musiqiy tarbiyaning ahamiyati beqiyosdir. Zero, buyuk mutafakkir bobomiz Abu Nasr
Forobiy "Shaxsni faqat ta’lim va tarbiya bilan yaratish mumkin" degandi.[8] Qadim bir yunon
risolasida: "…kimda kim musiqa san’atiga murojaat etsa, uning nomiga hech qachon dogʻ
tushmaydi... musiqa ta’sirida yuksalib oʻziga, Vataniga katta foyda keltiradi, hech qaerda muvozanatni
buzmaydi, hamma yerda uygʻunlik, donolik va tartibga qat’iy rioya qiladi" - deyilgan edi.[9] Aflotun:
"Davlatda insonni ulugʻlaydigan kuylar yangrashi lozim" - desa, Arastu: "Musiqa insonni jamiyatga
yaqinlashtiradi, tinglab ruhan poklanadi, taniga shifo beradi" - deydi.[10]
Demak, musiqa tarbiya vositasi, u inson tuygʻularini, orzu istaklarini oʻziga xos badiiy tarzda
ifodalaydi va kishining hissiyotlariga ta’sir etadi. Musiqa insonning estetik va ahloqiy tarbiyasiga
ijobiy ta’sir koʻrsatadi va ularda goʻzallikni his etish tuygʻularini rivojlantirishga yordam berib,
barkamol shaxsni tarbiyalash uchun zamin yaratadi. Vaholanki, qadimdan she’riyat, raqs, kuy inson
ruhiyatiga ta’sir etuvchi buyuk vosita, deb qaralgan. Bolalikda, yoshlikda olingan musiqiy ta’lim
shaxsning ijodiy qobiliyatini oʻstiradi, aqliy va ma’naviy yetukligiga xizmat qiladi. Ayniqsa,
oʻspirinlik davrida (12-15 yosh) olinadigan musiqiy ta’limning oʻrni beqiyosdir. Musiqiy ta’lim
kishini ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalab, erkin muloqot, mustaqil fikrlash, jamoatchilik ichida
Do'stlaringiz bilan baham: |