ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA
2017-yil, 4-son
109
faollik xususiyatlarini oshiradi. Shu oʻrinda musiqiy ta’limning birinchi bosqichi mamlakatimizdagi
barcha umumiy oʻrta maktablarida amalga oshiriladi. Umumta’lim maktablarining 1-4 sinflarida
"Musiqa madaniyati" darsi uchun haftasiga 1 soat (40 minut) ajratilgan. Bu yiliga 34 soat demakdir.
Mutaxassislar fikricha, bu yetarli hisoblanadi. Tadqiqotchi D.Saipovaning olib borgan ilmiy
izlanishlari natijasida umumta’lim maktablari musiqa ta’limida jiddiy yangiliklarni amalga oshirish
talab etilgan. Tadqiqotchi ilmiy ish jarayonida oʻzi oʻtkazgan soʻrovlar natijasiga asoslanib, sinf
xonalari zamon talablariga mos jihozlanmagan, maktab ma’muriyati tomonidan mazkur fanga nisbatan
e’tiborsizlik bilan qaralishi, mavjud darsliklar va dasturda ham koʻpgina kamchiliklar mavjud
boʻlganligini ta’kidlaydi.[11] Ikkinchi tadqiqotchi D.X.Teshabaeva esa oʻz tadqiqoti natijalariga
asoslanib, oʻzbek milliy va mumtoz qoʻshiqchiligi yosh avlodning estetik tarbiyasida muhim manba
boʻlib xizmat qilishiga alohida toʻxtalib oʻtadi. Oʻzbek musiqa-qoʻshiqchiligi san’ati xalqimiz
ma’naviy (estetik, badiiy) madaniyatining tarkibiy qismi boʻlib, ulkan tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi
va yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirishda oʻzining kuchli ta’siriga ega. Musiqa ijodiy
qobiliyat, estetik hissiyot, tinglash madaniyatini oʻstiradi, har tomonlama etuklik, goʻzallikni his etish
fahmini shakllantiradi.[11]
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining "Bolalar musiqa va san’at maktablarining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha 2009-2014
yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida"gi qarori maktabdan tashqari ta’limning yangi
taraqqiyot bosqichiga koʻtarilishida muhim ahamiyat kasb etdi. Dastur doirasida Oldingi Madaniyat
va sport ishlari vazirligi tasarrufida boʻlgan 303 ta bolalar musiqa va san’at maktablari Xalq ta’limi
vazirligiga tasarrufiga oʻtkazildi va 278 ta bolalar musiqa va san’at maktablarida rekonstruksiya (136
ta yangi qurilish, 142 tasida kapital ta’mirlash) ishlari bajarildi.[12]
Bolalar musiqa va san’at maktablari hamda 2 ta respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik
litseyida 13 ta musiqa va san’at yoʻnalishlari boʻyicha shugʻullanib kelayotgan jami, 44 545 nafar
oʻquvchilardan 2680 nafari respublikada, 103 nafari esa xalqaro tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli
ishtirok etdi.[13]
Shuningdek, 2010-yildan e’tiboran har yili doimiy ravishda 74 ta mutaxassislik boʻyicha oʻquv
dasturlari takomillashtirilib, chop etiladi va amaliyotda qoʻllash uchun joylarga etkaziladi.Tegishli
malaka oshirish oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar takomillashtirilgan holda, 2009-yildan
e’tiboran, ularning malakasini oshirish musiqa va san’at yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarida hamda
xalq ta’limi tizimidagi malaka oshirish institutlarida yoʻlga qoʻyildi.
Xulosa oʻrnida ta’kidlash kerakki, Mustaqillik yillarida respublikamizda uzluksiz ta’limning bir
bosqichi - maktabdan tashqari ta’limni zamon talablariga moslashtirish va barkamol avlod tarbiyasi
uchun muhim boʻgʻinga aylantirish borasida chuqur islohotlar tizimi ishlab chiqildi. Natijalar oʻz
navbatida respublikada, shuningdek, xalqaro miqyosida e’tirof qilinishi amalga oshirilgan ijobiy
natijalar samarasidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |