ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
62
Bu tarzda qutblashtirishdan asosiy maqsad – anʼanaviy Sharqni Gʼarb sivilizatsiyasining dominant
xususiyatlari asosida modernizatsiya qilish va undan muayyan maqsadlar uchun foydalanishdan iborat edi.
Shuning uchun S.Аyzenshtadtning: “XVII-XIX asrlardagi tarixiy modernizatsiya Gʼarbiy Yevropa va
Shimoliy Аmerikada rivojlangan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sistemasi (taʼsiri) oʼzgarish jarayonidir va
undan keyin boshqa Yevropa mamlakatlariga, XIX-XX asrlarda esa, Janubiy Аmerika, Osiyo va Аfrika
qitʼalariga tarqaldi” [7, 214], degan xulosasida muayyan haqiqat bor.
Biroq, Sharq bu jarayonda passiv taʼsir subʼekti boʼlib qolmagan, yaʼni Sharq va Gʼarb
sivilizatsiyalarining (mustamlakachilik siyosati natijasida) toʼqnashishi (ularning jiddiy ziddiyatlariga
qaramasdan), oʼzaro moslashishini taqozo qilgan. Bunga buyuk hind gumanist-mutafakkiri Shri Аurobindo
Goxash. Maxatma Gandilar alohida eʼtiborni qaratgan edi [8, 404]. Ularning milliy ozodlik harakatlarida
tinch yoʼlni tanlashlarini misol qilib keltirish mumkin.
Chunki Sharqning boshqa mamlakatlari kabi, Hindiston ham Buyuk Britaniya mustamlakasiga
aylangandan keyin (ayrim mutaassiblarcha iddaolarga qaramasdan), bir tomondan, oʼzining Gʼarbga
nisbatan (ayniqsa, texnogen sivilizatsiya sohasida) qoloqligini eʼtirof qilishga majbur boʼlgan edi. Ikkinchi
tomondan esa, mavjud reallikka modernizatsiyalashish uchun Gʼarb sivilizatsiyasi yutuqlarini
oʼzlashtirishning obʼektiv zaruratini anglab yetgan. (Nafslambirini aytganda, davlatlarning milliy
mustaqillikka erishishida ham, maʼlum maʼnoda, modernizatsiyalashish jarayonida gʼarbona hayot tarzini,
ayniqsa, texnogen sivilizatsiyasi ijobiy natijalarini oʼzlashtirishlari katta rolь oʼynagan).
Rivojlanayotgan mamlakatlarning texnogen sivilizatsiyalashgan Yevropa davlatlari standartlarini
ijodiy rivojlantirib modernizatsiyalashuvini, ularning mahalliy-mental xususiyatlari oʼzgarishi jarayoni
tarzida eʼtirof etilishi kerak. Lekin sivilizatsiyalar transformatsiyasi va integratsiyalashuvi madaniyatlar,
sivilizatsiyalar “toʼqnashuvi” bilan bogʼliq ijtimoiy muammolar “kaskadini” vujudga keltirdi.
Bu muammolarni bartaraf qilish murakkab ijtimoiy jarayon boʼlib, mavjud streotiplarni
oʼzgartirishni taqozo qiladi. N.Berdyaev taʼbiri bilan aytganda: “biz yangi ongga, tafakkurga, faqat tavba
qilish va oʼzimizni fosh qilish orqali kelamiz”. Chunki turli konservativ-reaktsion kuchlarning
modernizatsiyalarga, reformalarga qarshiligi, ularning millat madaniy birligini, qiyofasini yoʼqotishga,
uning maʼnaviy degredatsiyalashib, global sivilizatsiyadan ajralib qolishiga olib keladi.
Yevropa va boshqa industrial rivojlangan davlatlardagi ilmiy-texnika inqilobi jahon hamjamiyatida
Gʼarbiy Yevropa texnogen sivilizatsiyasining kelajak andazasi, degan stereotipni shakllantirdi va kishilar
ongiga mustahkam oʼrnashib qolishga olib keldi. Vaxolanki, qozogʼistonlik madaniyatshunos
T.X.Gabitovning fikriga koʼra, “Evropa madaniyatshunosligida Sharq vesternizatsiya polgoni sifatida qabul
qilingan. Аmmo, obʼektiv ilmiy tahlillar shuni koʼrsatadiki, Gʼarb Sharqsiz bir oʼlchamli va maʼnaviy
chegaralangandir” [9, 95].
Zamonaviy texnogen sivilizatsiya (obʼektiv tarixiy taraqqiyotning qonuniy natijasi boʼlsa ham),
umuminsoniyat maʼnaviyati anʼanaviy permanentligi “uzilishga”, insonda individualizm, isteʼmolchilik
stereotiplari rivojlanishiga, pragmatik qoida va normalar ustuvorlashuviga olib keldi. Insoniyat texnogen
sivilizatsiyaning oqibatlaridan sarosimaga tushib, undan chiqishga doir nazariy taʼlimotlar “kaskadini”
shakllantirdi.
R.Rozakning fikricha bu tupikdan chiqish uchun insoniyat: mantiq va intuitsiya, fan va eʼtiqod,
individualizm va jamoaviylik, sunʼiy va tabiiylikni oʼz ichiga olgan yangi global madaniyatni
shakllantirishi kerak. Chunki, hozirgacha Gʼarb va Sharq maʼnaviy-madaniy boyliklarini
integratsiyalashtirishga, uning simbiozini yaratishga doir madaniyatshunoslik nazariyalari ham, tarjibalari
ham, kutilgan natijani bermadi.
Buning asosiy sababi, bir tomondan, Gʼarb texnogen sivilizatsiyasi universalligiga qaramasdan,
Sharq madaniyati va mentalitetining, faqat tashqi, xususiy tomonlariga, muayyan ijtimoiy qatlamlarni
tanlab taʼsir koʼrsatmoqda. Ikkinchi tomondan, Gʼarb dunyosining “begona” maʼnaviy taʼsirlarga qarshi
“immuniteti potentsiali” (kalondimogʼligi, konformistik sterotiplari, manmanligi) yuqoriligi, uni Sharq
madaniyatidan begonalashtirmoqda.
Zamonaviy sotsiumning asosiy xususiyati: “axborot bosimiga”, texnologik jarayonlar shiddatiga,
oʼzgarayotgan ijtimoiy munosabatlar spektriga moslashishga harakatida namoyon boʼladi. Bu jarayonda
“ilgʼorlik” yoki “qoloqlik” shartli va nisbiydir. Rus etnograf-tarixchisi L.Gumilev fikricha, azaldan ilgʼor
yoki qoloq xalqlar, millatlar yoʼq, Sharq va Gʼarbda yashagan barcha xalqlari oʼz tarixida ilgariga harakat
qilgan. Lekin bu harakatning, muayyan davrlarda, susayishi yoki orqaga ketish hollarini vaqtinchalik
hodisa, deb hisoblaydi.
Har qanday jamiyatning muayyan ijtimoiy qatlamlari, u yoki bu darajada (manfaatlarini anglash
doirasida) global madaniy integratsiya jarayoniga ham, uning modernizatsiyasiga ham (baʼzan
Do'stlaringiz bilan baham: |