ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
61
umumiyligining konkret koʼrinishlari boʼlsa ham, ontologik-teologik asosiga koʼra, bir-biriga mos va bir
butunlik yaxlitligini bildiradi.
Tasavvuf falsafasining yirik namoyondasi Ibn Аrabiy (1165-1240) oʼzining “Donolik usullari”
asarida “Sharq” koʼzga koʼrinib turgan (irratsional.) borliq, “Gʼarb” nazardan panadagi koʼrinmas
(ratsional) tuygʼu, deb yozgan edi. Boshqacha qilib aytganda, “Gʼarb” va “Sharq” universiumining
gnoseologik chegaralarini belgilaydi va birida – sezgilar bilan (Sharq), boshqasida – aql bilan (Gʼarb) idrok
qilinadigan dunyo yotishini koʼrsatgan edi [3].
Makrokosmosni teologik tushinish masalasida, insonning sharqona va gʼarbona faoliyat usulidagi
farq, shartli va nisbiy xarakterga ega. Chunki “Sharq va Gʼarb odami” mohiyatiga koʼra, Inson dunyosining
“yarim sharlari” boʼlib, bir butunlik tarzida eʼtirof etilishida jiddiy asos mavjud. Xususan, German Gress
ularning umumiyligi haqida: “Sharq va Gʼarb hikmatlarida biz oʼzaro kurashayotgan dushmanlik kuchlarini
emas, oraliqda silkinayotgan qutblarni koʼramiz” [4, 217], deb yozgan edi.
XIX-XX asrlar falsafasi tarixida “Sharq va Gʼarb” sivilizatsiyalari oʼzaro munosabati muammosi
(ayniqsa, diniy konfessional kontekstda) hamda ularning ahamiyati yetarli darajada yoritilmagan. Chunki,
XIX-XX asr xalqlari sivilizatsiyasi tarixini (tanqidiy yondashuvsiz, qiyosiy tahlilsiz), ularning mazmunini,
ahamiyatini toʼliq ochib berish mumkin emas edi.
Shuning uchun ham K.S.Gadjievning “Zamonaviy Sharq ijtimoiy-madaniy, milliy tarixiy-madaniy
xududlarni qamrab olgan. Yaʼni Yaqin Sharqda – arab-turk, Markaziy Osiyoda – turkiy xalqlar
musulmonchiligi, Sharqiy Osiyoda: budda-sinto, konfutsion-hind, hind-buddiy-musulmonchiligi va boshqa
dunyolarning har biri oʼzining xususiyatlariga ega va tegishli yondashuvni talab qiladi. Shu oʼrinda
Sharqqa gʼarbona yondashuvda gegelcha tasavvur ustuvorligi, sharqona mentalitet rivojlanishining
texnologik va boshqa shakllariga loqaydligi va ishonchsiziligi orqali belgilanadi” [5], degan fiqrida bu
sivilizatsiyalarga teologik yondashuv ustuvor boʼlsa ham, muayyan haqiqat mavjud.
Zamonaviy mualliflar Osiyo davlatlarini modernizatsiyalashtirish, sekulyarizatsiyalashish
imkoniyatlarini, ularning oʼzidan emas, balki tashqaridan izlashadi, diqqatni faqat tashqi ekzogen omil
roliga, (xususan, demokratiyani eksport qilishga, prozelitizmga, “ommaviy madaniyat” transformatsiyasiga,
inqilob
fenomenga,
davlat
va
jamiyat
qurilishi
institutlarining
dominantligiga,
erkinlikni
mutlaqlashtirishga) qaratishmoqda. Buning amaliy koʼrinishiga, bugungi kunda Yevropa davlatlarida Yaqin
Sharq, Аfrika va boshqa rivojlanayotgan davlatlardan qochoqlar ommaviy migratsiyasi bilan bogʼliq
inqirozni misol qilib keltirish mumkin.
Bunda ayrim mualliflar Sharq-Gʼarb yoki Gʼarb-Sharq (qaysini birinchi oʼringa qoʼyish, uning
funktsional ahamiyatini mutlaqlashtirishini koʼrsatadi) ijtimoiy munosabatlari tizimida muayyan
tomonlarni, yaʼni “Gʼarbda” – shaxs, individualistik-ratsionalizm, “Sharqda” esa – maʼnaviy-ijtimoiy
irratsionalizm, jamoaviylik tamoyillari ustuvorligini eʼtirof qilishadi. Bunday “dualistik” qarashlar asosida
sivilizatsiyaning “geoijtimoiy-madaniy sindromini”, uni identifikatsiyalashtiruvchi va asosiy
determinlashtiruvchi omillarni mutlaqlashtirish koʼzga tashlanadi.
Har ikki yondashuv, oʼziga xos tarzda, ijtimoiy-madaniy va ruhiy jihatlardan integratsiyalashgan
umumiy, unitar sivilizatsiyani ijtimoiy makon doirasida chegaralashga olib keladi. Lekin falsafa tarixida,
yuqorida koʼrsatilgan “dualizmni” (ayniqsa, xristian va islom monizmini) oʼzaro murosaga keltirishga,
muvofiqlashtirishga urinishlar alohida oʼringa ega. Xususan, Gegelь: Sharq – butun dunyo tarixining
boshlanishi, Yevropa uning davomidir, deb hisoblagan. Uning fikricha, Sharqda “tashqi fizik quyosh
chiqadi”, Gʼarbda esa “ichki oʼz-oʼzini anglash quyoshi” chiqadi [6, 554].
Bunday qarashlar XX asrning 50-70 yillarigacha ayrim Gʼarb olimlari tomonidan rivojlantirilgan.
Ular Yevropa va Osiyo (ayniqsa, Аfrika) jamiyatlari sivilizatsiyasini har xil tipdagi ijtimoiy-madaniy
hodisa sifatida tasvirlanganlar. Yaʼni, Аfroosiyo jamiyatlari ichki taraqqiyot potentsiyaliga ega boʼlmagan,
qoloq tuzum sifatida baholanib, Gʼarbning “etakchilik rolini” mutlaqlashtirganlar.
Gʼarbning Sharq madaniyati, sivilizatsiyasi bilan murakkab aloqalari haqidagi zamonaviy
nazariyalarda, ularning anʼanaviy modernizatsiyasi, simbiozi masalalariga katta ahamiyat berilmoqda.
Chunki Sharqda XIX asr boshlarida, bir tomondan, jamiyat hayotining: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,
maʼnaviy-mafkuraviy
yoʼnalishlari, konservativ-arxaik tarixiy anʼanalari doirasidan
chiqib,
modernizatsiyalashish jarayoni boshlanganligini, yangi sivilizatsiyalashgan global jamiyat shakllanishi va
uning ijtimoiy transformatsiyasi sifatida qarash kerak. Boshqacha aytganda, bu hodisa tarixiy jarayonlar
kompleksi globallashuvi bilan bogʼliq boʼlib, turli jamiyat va mamlakatlarning umumjahon sivilizatsiyasi
jarayoniga integratsiyalashuvi natijasi boʼldi.
Ikkinchi tomondan, XIX asr dunyoni geoiqtisodiy, geosiyosiy, geomadaniy va boshqa geografik
etno-demografik mental xususiyatlar bilan bogʼliq: gʼarbiy (kapitalistik – industrial rivojlangan) va sharqiy
(nokapitalistik rivojlanayotgan – agrar) qutblarga ajratish keng qoʼllanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |