ILMIY AXBOROTNOMA
OʻQITISH METODIKASI
2020-yil, 2-son
118
UDK: 372
TALABALARGA LOYIHALASH ELIMENTLARINI O’RGATISH ORQALI ULARNING
IJODKORLIK QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Sh.U.Jumayev
Samarqand davlat universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada chizmachilik fanidan talabalarning ijodkorlik qobilyatlarini
rivojlantirishda loyihalash elimentlaridan foydalanish usullari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
loyihalash, eliment, ijodkorlik, shakl, konstruksiya, obraz, detal, ortogonal
proyeksiya, nuqta, tekislik.
Развивайте творческих способностей студентов элементами проектирования.
Аннотация.
В данной статье представлена методка использования элиментов
проектирования в развитии творческих способностей студентов по предмету черчения.
Ключевые слова:
дизайн, элемент, креативность, форма, конструкция, изображение,
деталь, ортогональная проекция, точка, плоскость.
Develop students' creative abilities by teaching them design elements
Abstract.
This article presents a methodology for using design elements in the development of
students' creative abilities in the subject of drawing.
Keywords:
design, element, creativity, shape, design, image, detail, orthogonal projection, point,
plane.
Ta’lim tizimining isloh qilinishi tufayli, uning mazmunini tubdan yangilashga, ta’lim jarayonini
zamonaviy talablar darajasida tashkil qilishga va ta’limdagi sifat samaradorligini oshirishga zarurat
tug’uldi.
Texnika taraqqiyotining hozirgi zamon talablariga mos keladigan shaxsni kamol toptirish, ularda
«grafik savodxonlik» ni va ijodkorlikni tarbiyalash hamda yaxshilash bugungi va ertangi kunning dolzarb
muammolaridan biri bo’lib qoldi.
Loyihalash bilan bog’liq bo’lgan har qanday jarayon ijodiy fikrlash ya’ni yangilik yaratish bilan
bog’liq bo’ladi. Ijod deganda ma’lum vaqtda va vaziyatda zarur va foydali yangilik yaratish tushuniladi.
Umuman olganda ma’lum narsani ijod mahsuli deyish mumkin, o’z navbatida yangilik deyilganda, ilgari
shunday shaklda bo’lmagan, ayni vaqtda tarkibida ilgari ma’lum bo’lmagan element kiritilgan texnik
fikrlash mahsuloti tushuniladi.
Yangiliklar ob’ektiv va su’bektiv bo’lishi mumkin. Ob’ektiv yangilik shu paytgacha o’ziga
o’xshashi mavjud bo’lmagan yangilikdir. Sub’ektiv yangilik esa bu aslida mavjud, lekin ayni vaqtda u
yaratuvchi uchungina yangilik hisoblangan yangilikdir.
Loyihalash ishlari deyilganda u yoki bu detal yoki moslamaning, mashina hamda inshooatlarning
shaklan va mazmunan o’zgarishi nazarda tutiladi. Bu o’zgarishda detallar, mexanizmlar, moslama va
mashinalar tarkibiga yangi konstruktiv elementlar kiritish; qismlarini rekonstruktsiya qilish talab qilinadi.
Bu o’z-o’zidan ma’lumki, yangi loyihalangan moslamalar bir xil emas, aksincha turli xil bo’lishi
mumkin. Loyihalash amalda grafik savodxonlik, texnologik bilimlar, konstruktsiyalash malakalariga
tayanadi. Yangi loyiha dastlab fikran yaratilib, uning chizmasi konstruktorning g’oyasini ifodalovchi vosita
bo’lib hizmat qiladi. Yangi buyumning obrazini fikran miyada yaratib, uni ong orqali grafik tasvirlash usuli
bilan aks ettirishdir.
Bugungi rivojlangan bir davrda yoshlarning bunyodkorlik va ijodkorlik ishlariga jalb qilish ustuvor
vazifalardan biri sanaladi.Yoshlarni ijodkorlik ishlariga jalb qilish uchun muhandislik grafikasi fanlarini
o‘qitishda bilim zahiralarini yaratish va o‘qitishning zamonaviy axborot-kommunikatsion
texnologiyalaridan foydalanish muhum ahamiyatga ega. Bu o’z navbatida talabalarning kasbiy
tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish
lozimligini ko’rsatadi.
Barchamizga ma’lumki, biror yangi buyumni yasashdan oldin birinchi navbatta uning loyihasi
dastlab fikran miyada yaratilib, uni ong orqali grafik tasvirlash usuli bilan aks ettiriladi. Bu loyiha ishini
bajarish esa loyihachidan
zukkolik, rivojlangan fazoviy tasavvur va grafik bilimlarning ma'lum bir
zaxirasini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |