ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son
111
Shuningdek, roʼyxatda Qoraqalpogʼistonda 210 ta, Buxoro viloyatida 240 ta, Jizzax viloyatida 120
ta, Qashqadaryo viloyatida 300 ta, Namangan viloyatida 300 ta, Surxondaryo viloyatida 270 ta, Sirdaryo
viloyatida 90 ta, Toshkent viloyatida 180 ta, Xorazm viloyatida 240 ta, Toshkent shahrida 162 ta xonadon
ajratilishi koʼrsatilgan. [18]
Oʼzbekistonda chet elda ishlamoqchi boʼlganlar uchun Labor migration elektron dasturi joriy
etildi.
“Labor migration – mehnat migrantlarini himoya qiladi. Xorijga ishga ketayotgan har bir fuqaro
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga kelib, ariza berib roʼyxatdan oʼtsa u davlat tasarrufida boʼladi.
Shundan soʼng davlat u va ish beruvchi orasidagi munosabatlardan xabardor boʼlib turadi, hatto ish
beruvchi hisobotlarini olib tekshirib turishgacha boradi.
Maʼlumotlarga koʼra, 2,5 milliondan ortiq oʼzbekistonlik mehnat migranti sifatida xorijda
istiqomat qiladi. Ularning oilalariga joʼnatayotgan pul oʼtkazmalari hajmi respublika viloyatiga qarab,
umumiy aholi daromadining 5 foizdan 23 foizgacha boʼlgan qismini tashkil etadi. Bu ayrim viloyatlarda
oʼrtacha statistik oila daromadining yigirmadan bir qismini, boshqa viloyatlarda esa aholi daromadlarining,
taxminan, toʼrtdan yoki beshdan bir qismidan iborat deganidir.
Ishsizlik darajasi yuqori boʼlgan Аndijon, Samarqand, Sunxondaryo viloyatlarida xorijdan pul
oʼtkazmalari umumiy daromadlarning 16-19 foizini tashkil etgan. Xorijdan pul oʼtkazmalari hajmi [18]
Rossiyadan Oʼzbekistonga pul oʼtkazmalari dinamikasi alohida eʼtiborga loyiq. Ushbu
oʼtkazmalarning umumiy miqdori Rossiya fuqarolari va norezidentlar – Oʼzbekiston fuqarolari joʼnatgan
mablagʼlardan iborat. Pulning aksariyat qismini Oʼzbekiston fuqarolari (norezidentlar) joʼnatgani
yuqoridagi grafikdan ham koʼrinib turibdi. Oʼtgan 10 yillik dinamikaning koʼrsatishicha, 2009 yildan 2013
yilgacha pul oʼtkazmalari miqdori barqaror oʼsib, yiliga 6,69 milliard АQSh dollarini tashkil etdi. Lekin
undan keyingi 3 yil ichida bu koʼrsatkich 2,74 milliard dollargacha kamaydi. Bunga Rossiyada yuz bergan
iqtisodiy inqiroz va 2014 yilda rublning keskin qadrsizlanishi sabab boʼldi. 2016 yildan boshlab 2018 yil
oxirigacha Rossiyadan Oʼzbekistonga yuborilgan pul oʼtkazmalari miqdori atigi 4 milliard dollarga yetdi.
Oʼzbekistonliklarning aksariyat qismi Rossiyada mehnat qilayotgan boʼlsa-da, 2018 yilda
mamlakatga qariyb 1 milliard АQSh dollarilik pulni boshqa xorijiy yurtlarda ishlayotgan migrantlar
joʼnatdi. Soʼnggi yillarda boshqa mamlakatlarga mehnat migratsiyasi tobora oshib bormoqda. Bizningcha,
bunga 2014 yilda Rossiya rublining keskin qadrsizlanishi va mehnat migrantlarining ish haqi dollar
hisobida bir yarim yoki ikki baravar kamayib ketgani sabab boʼldi.
Ish topish maqsadidagi migratsiya geografiyasi soʼnggi 5 yilda oʼzgara boshladi hamda АQSh,
Turkiya, Isroil, Janubiy Koreya, BАА va Qozogʼistonga ishchilar oqimi tobora oʼsib borayotgani
kuzatilmoqda.
Ish topish maqsadida Rossiyaga ketayotgan oʼzbekistonliklar soni yiliga 850 ming – 1 million kishi
boʼlib turgan paytda boshqa mamlakatlarga ketayotgan mehnat migrantlari oqimi tobora oshib bormoqda.
2018 yilda Rossiyadan yuborilgan pul 2 foiz kamaygan boʼlsa, qolgan mamlakatlardan joʼnatilgan
oʼtkazmalar ulushi ortdi.
2018 yilda Qozogʼistonga safari maqsadini “ish” deb koʼrsatgan oʼzbekistonliklar statistikasi
bundan mustasno. Davlat statistika qoʼmitasining maʼlumotlariga koʼra, bunday migrantlar 3,5 million
kishini tashkil etadi.
Xulosa
Oʼrganilganlar asosida muallif tomonidan quyidagi xulosalarga kelingan:
- Mamlakat hud udlaridagi ishsizlik darajasi mehnat migratsiyasiga bevosita bogʼliq boʼlgan
koʼrsatkich boʼlib, Аndijon, Samarqand, Sunxondaryo singari ishsizlik darajasi yuqori boʼlgan viloyatlarida
xorijdagi mehnat migrantlari soni va ularning Oʼzbekistonga pul oʼtkazmalari soni yuqori boʼlgan;
- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi boʼlgan mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari
huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Qonun loyihasi 1
sentyabrgacha ishlab chiqilishi kerak. Hozirda respublikada vaqtincha mehnat migratsiyasidagi
fuqarolarning huquqlarini tartibga soluvchi qonun mavjud emas. Qonunda mehnat migrantlari va ularning
oila aʼzolarining huquqiy maqomi va kafolatlari, shuningdek, ushbu toifadagi Oʼzbekiston fuqarolarini
davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash tizimi belgilab qoʼyilgan boʼlishi kerak;
- Xorijga ketayotgan mehnat migrantlarini qisqartirish maqsadida respublika hududlarida 2020
yilda 3462 ta xonadon ajratiladi va ishsizlik darajasi, migratsiya jarayonlari kuchli boʼlgan hududlarda uy-
joylarning hajmi katta.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tadqiqotchi tomonidan quyidagi takliflar shakllantirildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |