Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son 
51 
N.Musayevaning ta’kidlashicha, «Ijtimoiy xizmat tarixiy-epistemologik» mazmun kasb etib [2.10-22], 
individual sha’n, shaxsiy potensialni (imkoniyatni) dolzarblashuvi bilan bog‘liqdir. Bu о‘rinda, «Ijtimoiy 
falsafa» ijtimoiy xizmat uchun fan tarmog‘i sifatida «metodologik», «gnoseologik» va «prognostik» 
vazifalarni bajaradi [2.30-31]. 
«Jahondagi barcha elat va xalqlar ancha murakkab etnik jarayonni boshdan kechirganlar. Chunki 
har bir etnos uzoq tarixiy davr davomida turli elatlar bilan aloqada, ba’zan bir joydan ikkinchi joyga 
kо‘chib, boshqa etnoslar bilan aralashib, ularni о‘ziga singdirib yoki tarkibiy qism qilib olish natijasida 
shakllanib kelgan» [3.10]. Ana shu tarixiy davr davomida ijtimoiy xizmatning ayrim jihatlari shakllana 
borgan. 
Ijtimoiy xizmat mintaqaviy jihatdan ham rivojlanish bosqichlariga ega bо‘lishi mumkin. Ijtimoiy 
xizmatni ilk kо‘rinishidan to institusional mazmun kasb etishigacha bо‘lgan davrini shartli ravishda tо‘rt 
bosqichga: «Yaqin kishilariga g‘amxurlik kо‘rsatish bosqichi», «Jismoniy va ruhiy jihatlardan nogiron 
bо‘lganlar, keksalar, yosh bolalar va onalarga amaliy yordam kо‘rsatish bosqichi», «Boquvchisini 
yо‘qotganlarga yordam kо‘rsatish bosqichi», «Mehnat bozoriga ijtimoiy xizmatni mehnat turi sifatida kirib 
kelish bosqichi»ga ajratish mumkin. Bosqichlarning tasnifi ijtimoiy xizmatning institusional shakllanishini 
asoslab berish uchun xizmat qiladi. Shu tariqa ijtimoiy xizmatning turli paradigmalari vujudga kelgan 
[4.22]. Ularning mazmun va mohiyatini anglash uchun, ijtimoiy xizmatga doir ta’limotlar nazariy tahlilini 
amalga oshirish lozim. 
AQSH va G‘arbiy Yevropada strukturaviy yondashuv doirasida quyidagi paradigmalar vujudga 
kelgan: funksional; radikal-gumanistik; radikal-strukturaviy; interpretativ [2.36]. Va har bir paradigma aniq 
ta’limotning bosh g‘oyasi asosida vudjudga kelib, ijtimoiy borliqning talablari bо‘yicha rivojlangan. 
Ijtimoiy xizmat kо‘rsatishning falsafiy-psixologik asoslarini о‘rgangan K.Yakubenko esa Rossiya 
Federatsiyasida о‘tgan asr davomida amal qilgan ijtimoiy xizmatda kо‘pfunksionallik va universalik 
kuzatilib, u kо‘proq sintetik yondashuv asosida ishlagan deb kо‘rsatgan [4.22]. Vaholanki, sintetik 
yondashuv ijtimoiy psixologik maktab doirasida, diagnostik va funksional maktablarning negizida vujudga 
kelgan [5.9]. 
«Ijtimoiy xizmatning shakllanishiga aholi joylashishi, uy qurilishi va jihozlash an’analari, milliy 
kiyim-kechak, pazandachilik va mehmonnavozlik, ijtimoiy va oilaviy-maishiy turmush tarzi kabi omillar 
qatori ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlar kechishini ham alohida kо‘rsatib о‘tish mumkin» 
[6.20-23]. Rivojlanayotgan davlatlar siyosatida taraqqiyot modelini tanlashda demokratik taraqqiyot 
tamoyillarini inkor etmagan holda milliy taraqqiyot konsepsiyasini ham puxta ishlab chiqish hollari rо‘y 
berayapti. ...Milliy taraqqiyot yо‘li qonuniyatlarini tо‘laqonli boshdan о‘tkazib shakllangan millatda esa, 
qonuniy ravishda ozodlik, tenglik, adolat haqidagi ideallar, qadriyatlar tizimi mavjud bо‘ladi [7.483]. 
R.Rо‘ziyeva «...qadriyat subyektiv faoliyat sifatida tushuncha, kategoriya, gnoseologik tajriba mahsuli, 
ong, aqlu idrokka oid fenomendir. Qadriyatning mazkur subyektiv, gnoseologik xususiyati, belgilari, 
genezisi uning ontologik asosini rad etmaydi. Bu ontologik asosning qadrli yoki qadrsiz, qadriyat yoki 
istagan bir sо‘z, tushuncha ekanini inson ongi, aqlu idroki, gnoseologik tajribasiga muvofiq belgilaydi. Shu 
nuqtai nazardan qadriyat insonning obyektiv borliqqa sensitiv-kognitiv munosabati, affektiv bahosi, 
gnoseologik izlanishlari, tajribasi mahsulidir [8.56]-deya ta’kidlaydi. Shunga kо‘ra ijtimoiy xizmat 
kо‘rsatishda qadriyatlar asosida quyidagi paradigmalar vujudga kelgan: tizimli-ekologik; kommunikativ-
rolli; institusional; funksional; etik-aksiologik; mafkuraviy; konsultativ; vital-mо‘ljallash; evoxomologik; 
sinergetik va boshqalar. 
Ijtimoiy xizmat kо‘rsatish manzilligiga qarab individual ijtimoiy xizmat, kichik ijtimoiy 
guruhlarda, guruh bilan ijtimoiy xizmat shakllarida olib boriladi. «Ushbu ishlarni amalga oshirishda bir 
qator iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy yetishmovchiliklarning, ziddiyatlarning bо‘lishi aniq. Ana shu 
yetishmovchilik va ziddiyatlar mamlakatimizda yashayotgan ba’zi bir irodasi sust, e’tiqodi yо‘q odamlarni 
axloqiy va estetik tanazzulga duchor etishi mumkin» [9.305]. Shunga kо‘ra, bugungi kunda ijtimoiy 
xizmatning inqirozli konsepsiyasi (inqirozli vaziyatlarda ijtimoiy xizmat olib borish texnologiyasi) ham 
shakllanayapdi. Mazkur konsepsiya asosida ijtimoiy xizmatda «inqirozli intervensiya» tushunchasi kiritildi. 
Bu tushuncha alohida inson yoki guruhni emotsional, ma’naviy, ekzistensial va axborot jihatlaridan 
qо‘llashni nazarda tutadi. 
Aslida ijtimoiy xizmatning faoliyat sifatida ilk kо‘rinishi gо‘daklarning rivojlanishi, keksalarni 
moslashuvchanligini ta’minlash hamda turli xil darajadagi nogironlarga g‘amxо‘rlik kо‘rsatish, ular haqida 
qayg‘urish shakllarida namoyon bо‘lgan. Bu jarayon tarixiy davr о‘tishi bilan madaniylashib, sanoatning 
rivojlanishi, fan va texnika yutuqlarining ijtimoiy hayotga shiddat bilan kirib kelishi natijasida ilmiylik 
tusini olib, tibbiyot, psixologiya, fiziologiya, filologiya, sotsiologiya kabi fanlarda inson hayot-faoliyatiga 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish