ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
52
bag‘ishlangan kashfiyotlarning hosilasi sifatida mustaqil tarzda rivojlandi. Shu tariqa mamlakatimizda ham
ijtimoiy xizmatning
funksional-madaniy paradigmasi
vujudga keldi.
Uning zamirida ijtimoiy madad kо‘rsatish, himoyalash, turmush tarzi va mohiyatini qadriyatlar,
an’analarga amal qilish mazmunida anglashni ta’minlashdan iborat. Shu sababli, aholiga amaliy yordam
kо‘rsatish tizimida ijtimoiy xizmat kasbiy xodimlariga talab oshib bormoqda. Bu birinchidan, ijtimoiy
hayot tarzini ta’minlashda jamoatchilik nazorati ta’sir kuchi oshayotganligi bilan izohlansa, ikkinchidan,
inson va uni manfaatlarini himoyalash institusionallashayotgani bilan bog‘liq. Ammo, rivojlangan
mamlakatlarda bu bevosita inson individual hayot tarzining ilg‘orlashib borayotganligi bilan bog‘liqdir.
Ijtimoiy xizmatning falsafiy, iqtisodiy, psixologik, sotsiologik, pedagogik, akmeologik, huquqiy,
tibbiy asoslari mavjud bо‘lib, bugungi kunda unga oid bо‘lgan alohida ilmiy yondashuvlar vujudga kelgan.
«Ijtimoiy-faoliyatli paradigma»; «Madaniy-sivilizatsion paradigma»; «Individual-shaxsiy paradigma»
kabilar shular jumlasidandir. Ilmiy-nazariy jihatdan ularning kategorik-terminologik apparati yaratilgan
bо‘lib, ular obyektini inson va uning hayot-faoliyati qamrab oladi.
Ijtimoiy xizmat nazariyasining yaratilishi ham shu tariqa yuzaga kelib, bunda Kurt Levin [10], Jorj
Xoumans [11.46-61] va Lev Zanderlar [12] yaratgan konsepsiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy
xizmat texnologiyasi tasnifi ijtimoiy xizmat nazariyasi va amaliyoti rivojining eng muhim jihatidir. Falsafa
fanlari doktori P.Pavlenok bunday texnologiyalarning uchta muhim sohasini kо‘rsatib о‘tgan, ya’ni:
- umumiy va xususiy;
- aholining turli guruhlari;
- hayotning turli sohalari [13.23-26].
Bugungi kunda ijtimoiy xizmat amaliyotini yanada rivojlantirish uchun uni aniq ilmiy uslublar
asosida о‘rganish lozim. Chunki ijtimoiy xizmat alohida faoliyat sifatida, avtonom tarzda amal qilishi
uchun, uni ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy, madaniy darajalarini belgilab olish zarur. Bu о‘z navbatida xorij
amaliyoti, mintaqa ijtimoiy xizmatining joriy holati va ehtiyojlarni о‘rganib, uning konseptual modelini
yaratishni taqozo etadi. Chunki konseptual modelning mavjudligi ijtimoiy xizmat istiqboli, unga
qо‘yiladigan talablarning о‘sishi, yechilishi ehtimol qilinadigan muammolar majmuasini о‘z vaqtida
belgilab olish imkoniyatini yaratadi. Mazkur holat kasbiy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi
takomillashuvi uchun xizmat qilib, soha xodimini imijini, unga qо‘yiladigan kasbiy va shaxsiy sifatlar
majmuasini mukammallashtirish imkonini beradi.
Demokratik islohotlar davomida aholiga ijtimoiy xizmat kо‘rsatish tizimi «Ijtimoiy ish» - kasb
darajasiga kо‘tarildi. Mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalarida, «Ijtimoiy ish» ixtisosligi bо‘yicha
mutaxassislarni tayyorlash yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib, bu ta’lim falsafasi sohasiga oid ilmiy tadqiqotlar
о‘tkazishni taqozo etmoqda. Uni falsafiy jihatdan tasniflash uchun alohida tadqiqotlar talab etmoqda.
Ijtimoiy ish falsafasi «inson-jamiyat» hamda «inson-tevarak-atrof» muammolarini anglashda muhim,
bunga muvofiq falsafiy bilim uchun «olam-odam» muammolari ijtimoiy xizmat tarixida tizimlashtiruvchi
hisoblanadi. Shu tariqa ijtimoiy ish falsafasi obyektivlashib, uning asosiy vazifalalari quyidagilarda
namoyon bо‘ladi:
- ijtimoiy xizmat ontologiyasi muammolari, uning gnoseologik masalalariga oid, ijtimoiy xizmat
hosilasining shaxs ijtimoiylashuviga (resotsializatsiyasiga) ta’sirini о‘rganish hamda qadriyatlari haqida
nazariy bilimlarni ishlab chiqish va tizimlashtirish;
- jamiyatda ijtimoiy xizmat kо‘rsatish jarayonining ijtimoiy-falsafiy mezonlari, unga bog‘liq
muammolar chegarasi, xarakterini aniqlash, muammolar yechimini belgilashda hamkorlik tizimi
mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
- ijtimoiy xizmat va siyosatga daxldor muammolar, yechimi va prognozini amalga oshirishning
metodologik asoslarini yaratish;
- ijtimoiy xizmat xodimlari kasbiy dunyoqarashini shakllantirish, kasbiy faoliyat metodologiyasi,
kasbiy sifatlar majmuasini yaratish, uni tatbiq etishning ilmiy asosi hamda kasbiy madaniyatni
shakllantirish;
- ijtimoiy xizmatga aloqador sohalar va ular doirasidagi amaliy yordam majmuasini belgilash va
boshqalar.
Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy xizmatning institusional rivojlanishi uchun ijtimoiy yordam
oluvchilarni individual shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish zarur va ijtimoiy xizmat kо‘rsatish soha
mutaxassislarini tayyorlashda tizimli tarzda yondashishni taqozo etadi. Ta’kidlanishicha, «Odamlar kо‘proq
«ideal»larga emas, aksincha, kundalik maishiy turmush talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
fikrlaydilar. Shunga qarab о‘z faoliyatlariga, boshqalarga baho beradilar yoki shunday baholashga
urinadilar» [14.109]. Masalan, amaliy yordam kо‘rsatishda ideal «Men» va joriy «Men» orasidagi hamda
subyektda «Istayman - qо‘limdan kelmaydi» va «Istamayman - birovning yordamiga doimiy tarzda zarurat
Do'stlaringiz bilan baham: |