ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
48
turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va
yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, yosh oilalarni ma’naviy va moddiy
jihatdan qo’llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo’yicha
kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro’yobga
chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish ham
davlatning yoshlarga oid olib borayotgan siyosatida muhim o’rin tutadi.
Hozirgi davrdagi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashda yoshlar hayotida qayta
tiklanib borayotgan milliy qadriyatlar va an’analar bilan bir vaqtda xorijiy innovasion o’zgarishlarning
kirib kelishi va islohotlarni yanada chuqurlashishi natijasida paydo bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy
qadriyatlarni tezlik bilan o’zgartirishga bo’lgan talablarning paydo bo’lishi, yoshlar ongidagi ma’naviy va
ruhiy yangilanishlarning shiddat bilan kechishi yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishni dolzarb
masala sifatida kun tartibiga qo’ymoqda. O’zbekistonning barqarorligini ta’minlashda ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, ma’naviy va madaniy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini teran tushunib
yetadigan, jamiyatning buguni va istiqboli uchun jon kuydiradigan, elim va yurtim deb yonib yashaydigan
fidoyi, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularning g’oyaviy tarbiyasi, ijtimoiy-siyosiy bilimlari darajasini
yuqori darajaga ko’tarish yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Yoshlar O’zbekiston aholisining katta va faol ijtimoiy qatlami bo’lib xisoblanadi. Yoshlarda faol
fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish ularda mustaqil fikr, mustaqil ong, mustaqil qat’iyatni shakllantirish
asosida amalga oshirilib, bu qat’iyat ularning hayotiy maqsadlarga intilishi asosida shakllanadi,
mustahkamlanadi, ota-onasi, elu yurti, xalqi, hayot, tabiat, jamiyat va Vatan, dinu e’tiqodi oldidagi burchi
va mas’uliyatini ifodalaydi, ularning oldidagi javobgarlik tuyg’usidan kelib chiqadi. Yoshlarning ijtimoiy
faolligini oshirish, ularda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish g’oyaviy-mafkuraviy ishlarni kuchaytirish,
milliy g’oya va mafkurani yoshlarning ongi va qalbiga singdirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash
asosida amalga oshiriladi. “Milliy g’oyani yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish orqali ularda
mafkuraviy immunitet hosil qilish davr talabi. Bu bir zumda, birpasda amalga oshadigan jarayon emas.
Bunda har bir kishining faolligi, omilkorligi talab etiladi. Uning amalga oshirilishi esa O’zbekistonning
salohiyatini yuksaltiradi, kelajagi buyuk davlat barpo etishga yordam beradi, odamlarimiz e’tiqodini
mustahkamlaydi” [2].
Bugungi kunda O’zbekistonda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ularda fuqarolik mas’uliyatini
shakllantirish masalasiga bo’lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Yoshlar kuchli salohiyat va g’ayrat-shijoat
sohiblari bo’lib, ana shu salohiyatni faqat Vatan ravnaqi, jamiyat manfaati, yurt tinchligi va xalq
farovonligi uchun yo’naltirib borish qo’yilgan maqsadlarga erishishga zamin yaratadi. Yoshlarning jamiyat
barqarorligini ta’minlashdagi faolligini oshirish, ularda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish jarayonida
quyidagi mezonlarga asosiy e’tibor qaratiladi:
- yoshlar o’rtasida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarda yurt tinchligi, Vatan mustaqilligini
mustahkamlashda faol qatnashish yoshlar uchun vijdonan bajarilishi zarur bo’lgan vazifa sifatida e’tirof
etiladi. Yoshlar fuqarolik mas’uliyati asosida yurt tinchligi, Vatan mustaqilligini mustahkamlashda faol
qatnashishga da’vat etiladi;
- yoshlar ongiga baynalmilalchilik, bag’rikenglik, o’zaro ishonch, milliy va diniy totuvlik, ijtimoiy
hamkorlik tamoyillarini singdirish masalasiga e’tibor kuchaytiriladi;
- yoshlarda Vatan sarhadlarini himoya qilish, uning ichki va tashqi dushmanlariga qarshi
kurashish, o’zining ma’naviy va ma’rifiy salohiyati bilan “jaholatga qarshi ma’rifat” asosida Vatan
ravnaqiga xizmat qilish ko’nikmalari shakllantiriladi;
- mahalla, oila, jamoat joylarida odamlarni, yoshi ulug’larni hurmat qilish, milliy qadriyatlarni
e’zozlash, o’zbekona axloqqa zid bo’lgan turli xatti-harakatlarni qilmaslik ko’nikmalari singdiriladi;
- jamiyatda uchraydigan korrupsiya, mahalliychilik va urug’-aymoqchilik kabi illatlarga qarshi
kurashish, ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish, tabiatni asrab-avaylashga oid tarbiyaviy ishlarni amalga
oshirish ham yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishda muhim o’rin tutadi.
Yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish jarayoni davlat va jamoat, ta’lim-tarbiya,
ma’naviy-ma’rifiy muassasalar orqali olib borilib, doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda.
Jamiyat barqarorligini ta’minlash jarayonlarida yoshlarda fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy-siyosiy
faollikni yuksaltirish masalasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimdir:
- bugungi kunda inson qalbini egallashga qaratilgan salbiy g’oyaviy jarayonlarning mavjudligini,
ularning yoshlarda loqaydlik, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan bosh tortishga undashga yo’naltirilganligini
hisobga olib, jamiyatda siyosiy targ’ibot ishlari uzluksizligini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |