ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son
22
Bu davrda zamonaviy shahar antropologiyasi tadqiq etgan ko‘pgina ishlarda ham
12
asosan,
shahar aholisining an’anaviy madaniyati, kishilarning maishiy turmushidagi o‘zgarishlar, shahar
madaniyatining qishloq madaniyati bilan aloqadorligini aniqlash kabi vazifalar doirasida olib borildi.
A.Prusakov Moskva shahri ishchilari folklori yangi jamiyat odamining ishchanligi, yuqori jamoatchilik
shuuriga egaligini ifodalashini aytib o‘tadi. Bundan tashqari Moskva shahrining tez sur’atlarda sanoat
markaziga aylangani, undagi fabrika va zavod ishchilarining qahramonona mehnati go‘yoki barcha sovet
mehnatkashlarining vatanparvarligini aks ettiruvchi jihat ekanligini ta’kidlaydi
13
. Sotsialistik g‘oyaning
ishchilar ruhiyatiga kuchli ta’sir qilishida barpo etilayotgan yangi-yangi turar-joylarning roli katta bo‘ldi.
Uy-joylarning barpo etilishidagi “sotsialistik usul” bo‘yicha, ular odatda o‘sha shaharda yetakchi korxona
tomonidan barpo etilib, bundan maqsad u yerda ishlaydigan ishchilar hayotini yaxshilashga qaratilgan edi.
50-yillarning oxiridan boshlangan kamfort kvartiralarning ma’naviy ahamiyati shundan iborat bo‘ldiki,
zamonaviy uylarda yashayotgan kishilar (ishchilar) korxonaga xushchaqchaq holda jo‘nab ketishi, bu uning
kundalik hayotidagi eng muhim jihat bo‘lishi kerak edi
7
.
O‘sha davrda sovet shaharlarini tadqiq qilgan I.V.Gurichning tadqiqotlari asosan, kichik shaharlar
(
posyolkalar – A.S.
) aholisining turmush tarzini o‘rganishga qaratilgan. Muallifning ma’lumotlaridan
shunday xulosa chiqarish mumkinki, sotsialistik jamiyatni qurish davrida yoqutlarning maishiy turmushida
ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Shaharcha markazlari qiyofasi, huddi shahar muhitiga xos bo‘lgan
shovqin suronli ko‘chalar, zamonaviy avtotransport tizimi, poyezdlar qatnovi kabi xususiyatlarni o‘zida aks
ettira boshlagan. Shaharchalar madaniy hayoti taraqqiy etib, madaniyat uylari va kinoteatrlarning tashkil
etilishi buning isbotidir
14
. To‘g‘ri, shaharlar doimo madaniyat markazi bo‘lib kelgan
15
. Shuning
uchun ham shahar maqomini olgan har bir makonda yuqorida aytilgani kabi madaniy maskanlarning
bo‘lishi muhim. Sovet davlatida bu kabi “madaniyat o‘choqlari” nafaqat sotsialistik shaharlar, balki, yangi
tashkil etilgan kolxozlarga ham kirib bordi. Ushbu ob’ektlar quvnoq sotsialistik fuqaroning turmush tarzida
muhim o‘rin egalladi. O‘tkazilayotgan har qanday sovetcha bayramlar (1-may, bayramona paradlar,
ximiklar kuni va boshqalar) shu muassasalarda o‘tkazilgan
16
. Undan tashqari milliy urf-odatlar va
bayramlarga qarshi o‘ylab topilgan tadbirlar (Navbahor bayrami)
17
bo‘lib, ular ham jismonan ham
ma’nan sog‘lom sovet fuqarosini tarbiyalashi kerak edi.
N.Chebaksarov o‘z tadqiqotlarida, shahar muhitining kishilar moddiy madaniyatidagi
ahamiyatidan tashqari, shahar kishisiga xos psixologiyaning shakllanishidagi rolini ochib berishga ham
e’tibor qaratgan. Tadqiqot ob’ekti sifatida Moskva va Leningrad shaharlarini o‘rgangan olim, sotsialistik
millat madaniyatini, ishchilar sinfining madaniy-maishiy turmushi haqidagi chuqur bilimlarsiz o‘rganib
bo‘lmasligini qayd qilgan
18
. Haqiqatdan to‘g‘ri, chunki, birgina kishining turmushida ro‘y beradigan
o‘zgarishga bir necha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun ko‘rib o‘tiladigan bo‘lsa, 60-yillarda
sotsialistik shaharlarda “xrushevka” uylari juda keng tarqaldi. Uylarning xususiyati shundan iboratki, juda
tor va ko‘rimsiz. Buning sababi, o‘sha paytdagi “maishiy turmushni minimizatsiya (минимизация быта)”
qilishga qaratilgan siyosat edi. Iloji boricha xonalarning fiziologik holati minimal darajaga olib kelindi. Bu
haqida o‘sha paytdagi hukumat rahbari Xrushev “uy qo‘shningiz, mehmonlar yoki bayramlar uchun emas,
o‘zingizning oddiy kunlaringiz uchundir”, “to‘g‘ri, liftsiz yashash qiyin, lekin uysiz yashash undan ham
qiyin” degan iboralar bilan o‘z munosabatini bildirgan
19
. Sovet davri tadqiqotchilar ko‘klarga ko‘tarib
maqtagan ushbu turar-joylar G‘arb tadqiqotchilari tomonidan “xrushevka” – “Xrushev” + “trushoba
(xaroba)” tarzida talqin qilindi
20
.
O‘zbekiston shaharlarida ham bu uslubdagi qurilgan uylarni ko‘plab uchratish mumkin. Chirchiq,
Angren, Olmaliq kabi sanoat shaharlarida ayniqsa, juda keng tarqalgan. Ma’lumki, Ikkinchi jahon
urushidan keyin sanoatning juda tez sur’atlarda rivojlanishi, shaharlarga aholining migratsiyasini
kuchaytirdi. Shuning uchun ham ta’kidlab o‘tilgan sanoat markazlarida 60-yillarda juda ko‘plab
“xrushevka”lar barpo etildi. Ba’zilari kommunal uylarni eslatib yuboradi. Umumiy turar-joy (obshejitiya)
tipidagi uylarda bir kirish eshigidan (seksiya) foydalanuvchi 1 xonali 2-3 ta alohida xonalar bo‘lib, umumiy
foydalanuvchi sanitar jihozlarga ega. Go‘yoki, bu bilan turli millat va madaniyat vakillarining yangicha
umumiy sovet turmush tarziga o‘tganligi ta’kidlanadi. Bundagi o‘ziga xoslik uydagi oshxona (kuxnya) bir
vaqtning o‘zida televizor ko‘rish, ovqatlanish, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va boshqa ko‘plab vazifalarni
bajargan
16
. Bunday sharoitda uydagi mehmondorchilik bola uxlaguncha davom etgan. Bola uxlagandan
keyin mehmonlarga javob berish kerak edi
7
. Buni bir so‘z bilan sotsialistik shahar kishisiga xos turmush
tarzining konstruktivistik yo‘sinda shakllanishi deyish mumkin.
XX asrning 60-yillariga kelganda, sovet etnograflari tomonidan shahar antropologiyasini
o‘rganish bo‘yicha qilingan tadqiqotlarda asosiy e’tibor ishchilar turmushidagi o‘zgarishlarga qaratilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘rganilayotgan shaharlar geografiyasi sotsialistik mamlakatlar shaharlarini
qamrab olish hisobiga kengaya boshladi
21
. Ularda asosan shahar jamiyatining ijtimoiy hayoti keng
Do'stlaringiz bilan baham: |