ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son 19
Samarqand shahrida yangi qurilishlarga oid okrug boshlig‘i 1870 yil 4 oktabrida Turkiston general-
gubernatoriga 3270 sonli xabarnomasida (xabarnomaga general-gubernatorlik maxkamasining ro‘yxatga
olingan raqami beriladi) shaharning ruslar yashaydigan mahalliy aholining bog‘lari va ko‘chmas mulklarini
sotib olish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilganliklari va 1871 yil bahoridan yangi istehkom qurilishi va rus
manzilgohlarini tashkil etish uchun mahalliy aholi ko‘chmas mulklarini sotib olish uchun ruxsat berishini
so‘raydi. (3-b. 3-3 b) Turkiston general-gubernatori 1870 yil 6 noyabrida mahalliy aholi ko‘chmas
mulklarini sotib olishga qonunda belgilab berilgan tartibda amalga oshirishga ruxsat beradi. Biroq bog‘lar
va yerlar shahar tashqarisida bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan. (3- 4-b) Shuni aytish mumkinki bu yerlar
xozirgi shahar temir yo‘li bekatlarigacha bo‘lgan joylar bo‘lishi mumkin[12].
Yer sotib olish huquqi bilan mahalliy aholi tomonidan ham takliflar tushadi. 1870 yilning 24
noyabrida okrug boshlig‘i general-gubernator nomiga 3956 sonli xabarnoma bilan murojaat qilib unda
shahar qozisi Kamoliddin sobiq Samarqand begi Sherali inoqga tegishli bog‘ni 1800 rublga sotib olmoqchi
ekanligi bildiradi. Taklif etilgan mablag‘ning miqdori kam emasligi biroq o‘lkada yerga egalik qilish
huquqi hal qilinmaganligi sababli imperiya xazina yerlarining (bosib olingan yerlar) mahalliy axoli qo‘liga
o‘tib ketishi siyosiy va iqtisodiy jihatdan maqbul emas, (3-b 7-7 ) deb bildiradi o‘lkadagi mustabid
siyosatning mohiyatini ochib beradi.
Shaharsozlik muammolaridan biri okrug boshlig‘ining 1870 yil 12 dekabrda general-gubernator
nomiga yuborilgan murojaatida Samarqand shahar istehkomini xazina mulki sifatida ko‘rsatib, ko‘chmas
mulklarni rasmiylashtirishda mahalliy aholiga haq to‘lash masalasiga oydinlik kiritishni, so‘raydi. Bunda
yerning kim tomonidan ya’ni xususiy mulk egalari yoki davlat tomonidan sotib olinishini aniqlab
berilishini aniqlashtirishni so‘raydi. (3-5-5-ob). 1871 yil 11 iyuldagi general-gubernatorning farmoyishi
bilan Samarqand shahri rus qismining yangi rejasi tasdiqlandi, unga ko‘ra eski istehkom va esplanada rus
qism chegarasiga kiritilmaydi. (3- 41-11 ob). Yangi shaxar qismining rejalashtirilgan xrajatlari okrug
boshlig‘ining 1871 yil 15 dekabrdagi 4958 sonli ma’lumotiga ko‘ra general-gubernator tomonidan 1871 yil
29 dekabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan. (3-b.21) Samarqandning yangi shaxar qismining umumiy
maydoni 347700 kv sajen yoki 572 tanob deb belgilandi. (3-b.30) Zarafshon okrugi boshlig‘i 1872 yil 9
iyundagi 2444 sonli ma’lumotnomasi bilan yangi shahar qismini qurish uchun har bir tanob yerga 60
rubldan ja’mi 34000 rubl miqdorida mablag‘ ajratilgan. (3-b.30) Okrug mahkamasi xujjatlari 1877 yilning
5 yanvaridan 1874 yilning 25 yanvariga qadar mahalliy aholiga tegishli bo‘lgan yerlar va ko‘chmas
mulklarni davlat mulki hisobidan, xususiy mablag‘lar hisobidan sotib olish haqida oid ma’lumotlar
to‘plangan. (1-ish.83.b.16) Aynan shu paytda yangi shaxarning rus qabristoni tashkil etish ishlari ham
amalga oshirila boshlaydi. (1-ish.84.b.33)
Samarqand shaharsozligini tashkil etishda general-gubernatorlik ma’muriyati tumanlarda soliq-
yig‘inlardan ko‘proq foydalanish ya’ni okrug ichki iimkoniyatlaridan keng foydalanishni talab qiladi.
Haqiqatda esa nafaqat Zarafshon okrugi balki o‘lkada ham soliq va yig‘ish, yer taqsimoti masalasi
oxirigacha hal etilmay kelindi. (3-b.38-38 ob) Zarafshon okrugi boshlig‘ining 1877 yil 26 avgustdagi
3851sonli xabarnomasida yangi shaxar qismini qurish uchun mo‘ljaldagi ajratilgan mablag‘dan bir oz
ko‘proqni tashkil etishi mumkinligini bildiradi. Javoban Turkiston general-gubernatori 1871 yil sentabr va
1872 yil aprel oyidagi farmoyishi va yo‘riqnomalari bilan yangi shaxar qismi uchun barcha xarajatlarni
okrug daromadlari hisobidan bajarilishni ko‘rsatgan. (3-b 51-51 ob)
Hozirda ham samarqand shaxrining o‘ziga xosligini belgilab turgan bulvar barpo etilishi to‘g‘risida
ham Zarafshon okrugi boshlig‘ining 1873 yil 30 sentabrdagi 3499 raqamli general-gubernator nomiga
yuborgan bildirishida mahalliy aholi va rus qismini ajratib turuvchi 60 sajenli uzunlikdagi xiyobon ko‘cha
uchun ajratilgan 18000 rubl yetarli emasligi, hisoblab chiqilgan xarajatlar 44515 rublni tashkil etishi
ko‘rsatilgan. (3-b.71) Keyinchalik okrug boshlig‘i 1873 yil 27 sentabrdagi 3489 raqamli bildirishida 1871-
1877 yillarda Samarqandning yangi shahar qismini tashkil etish uchun okrug daromadlaridan jami 55320
rublni tashkil etganini bildiradi. Bu mablag‘larning asosiy qismi 32222 rublni yer sotib olish uchun, shahar
ko‘chalarini asfaltlash uchun 15070 rubl, shahar hiyoboni dastlabki shakli uchun 1491 rubl sarflangan. (3-
b.73-74) 1876 yilga kelib yangi shahar qismida jami 717 ta uy qurilgan ulardan 14-davlat idoralari, 54 tasi
amaldor va ofitserlarga tegishli, 31 tasi savdogar va mayda ishlab chiqaruvchilarga va atiga mahalliy axoli
vakillariga tegishli bo‘lgan 9 ta uylar bo‘lgan. (3-b.77- ob)
Samarqand yangi shaxar qismi tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yaqinda falsafa doktori ilmiy
darajasiga sazovor bo‘lgan iqtidorli tarixchi Olim Irisqulovning shaxar ko‘chalari haqidagi
ma’lumotlaridan foydalanib mavzuga oid faktlarni keltirish o‘rinli deb, hisoblayman. Samarqand yangi
shaxar ko‘chalari okrug boshlig‘i qarorgohi hozirgi shahar hokimligi binosi o‘rnida joylashgan bo‘lib,
uning yonidagi bulvar va ko‘chalar uch nurli kompozitsiya shaklida tashkil etilgan. Bu ko‘chalar:
Kaufmanskaya(hozirgir Alisher Navoiy), Aleksandrovskaya (hozirgi Shoxrux) va Nikolaevskaya (hozirgi