Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
70 
jarayoniga qo‘shilib, unda u pul shaklida bo‘lib, bir vaqtning o‘zida boshlang‘ich va oxirgi harakat 
nuqtasini belgilaydi. Kapital bu bilan dinamik resurs sifatida gavdalanadi va uning konvertatsiya qilish 
qobiliyati – doimiy o‘z shaklini o‘zgartirish holati bilan to‘rtinchi xususiyatini namoyon qiladi. Beshinchi 
xususiyati shundaki, kapital o‘zining aylanish jarayonida nafaqat o‘zining qiymatini ishlab chiqaradi, balki 
yanada ko‘proq qo‘shimcha qiymat keltiradi.[1:77]
Albatta, yuqorida keltirilgan fikr “kapital” tushunchasini iqtisodiy kategoriya sifatida 
tavsiflanganligi, yaqqol ko‘rinib turibdi. Sotsiologik jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak, “kapital” tushunchasi 
ma’lum bir egalik qilish sifatida insonga xos faoliyat xosilasidir. Inson o‘z faoliyati davomida biror-bir 
o‘ziga ma’qqul bo‘lgan voqealikdan ta’sirlanishini jamg‘arishga harakat qiladi.
“Kapital” tushunchasi (lot. Capitalis – bosh, asosiy so‘zlaridan olingan) boylik (xususiy mulk, 
pul), katta boylik ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan vosita ma’nolarini anglatadi. K.Marks bo‘yicha 
kapital – bu qiymat, yollanadigan mehnat ekspluatatsiyasi orqali qo‘shimcha qiymat olish, kapitalistik 
ishlab chiqarish usuli orqali ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalashdir.[2:117]
Mazkur berilgan ta’riflarda sotsiologik nuqtai nazar u darajada to‘g‘ri shakllantirilmagan, chunki 
sinfiy nuqtaiy nazardan yondashilganligi ko‘rinib turibti. Ushbu ta’riflarda sotsial voqealikdan ko‘ra, 
iqtisodiy asosga ko‘proq urg‘u berilganligi ifodalangan. Zamonaviy olimlar mazkur muammoga boshqacha 
yondashuvni amalga oshirmoqdalar. Ular kapital tushunchasiga nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy 
yondashuv haqida ko‘p fikrlashni boshlaganlar. Shu asosda nomoddiy kapital shakllarini taxlil qilina 
boshlandi. Rossiyalik olimlardan V.V.Radayev nomoddiy kapitalni quyidagicha tahlil qilishga uringan. 
Bizga ma’lumki, jamiyatdagi ijtimoiy hayot zo‘riqishining eng asosiy sababchilaridan biri bu 
insonlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimidagi ishonch defitsitidir. Jamiyatda, ijtimoiy aloqalar, munosabatlar 
tizimi, qadriyat va me’yorlar shakllanishi hamda rivojlanishi uchun ishonch darajasi yuqori bo‘lmog‘i 
lozim. Aks holda uning fundamental asosi ya’ni, “sotsial kapital”ning pasayishiga olib keladi. Ishonch 
sotsial kapitalning ko‘rsatkichi sifatida jamiyatdagi ijtimoiy aloqalarning muhim o‘rnini va istiqbolini, 
aloqalar o‘rtasidagi chidamlilik va integratsiyani belgilab beradi. 
Ushbu insoniy faoliyat sotsiologiya, iqtisodiyot va siyosat ilmida “sotsial kapital” deb yuritiladi. 
Mamlakat farovonligining o‘sishi va yuqori darajadagi raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish 
hamda aholi turmush sifatini oshirish kabi omillar jamiyatdagi muhim kategoriyani ya’ni sotsial kapital 
indeksi “ishonch”ni shakllanishi bilan bog‘liqdir. 
“Sotsial kapital” tushunchasi ilk bor maktab ta’limi tizimi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan 
amaliyotchi va tadqiqotchilar ishlarida o‘z aksini topgan. Amerikalik jamiyatshunos va ta’lim islohatchisi 
D.Dyui ta’kidlashicha “har kim maktabda o‘zi tug‘ilgan ijtimoiy muhit chegarasidan chiqish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi va keng ijtimoiy muxit bilan yanada jonliroq aloqaga kirishadi. Bunday aloqa gorizontal tarmoq 
aloqalarini o‘rnatilishiga yordam beradi. Undan tashqari, D.Dyui fikricha, umumiy ta’lim makoni 
jamiyatdagi markazlashtirilgan kuchlarni pasaytiruvchi muhim omil bo‘lib, yuqori hilma-xillik bilan farq 
qiladi.[4:63]
Mazkur tushuncha ilk bor sotsial aloqalar va ularning qanday shakllanishi bilan bog‘liq holda 
rivojlanishni boshlagan. Albatta, biz bilamizki, har qanday individ ijtimoiy munosabatlarga kirishishning 
boshlang‘ich murakkablashgan makonida ya’ni ta’lim muassasasida shakllanishni boshlaydi. Ta’lim 
muassasasida individ ma’lum bir sotsial aloqani o‘rnatadi, jamiyatga xos bo‘lgan madaniy me’yorlarni 
o‘rganadi. O‘rnatilgan aloqa va o‘rganilgan me’yorlar, individni jamiyatga integratsiya qilishida ma’lum 
bir qulayliklar yaratadi. Bunday holat esa individda jamiyatga nisbatan ishonchini hosil qiladi. 
Yana bir boshqa ta’lim tadqiqotchisi L.Xanifan sotsial kapital darajasini qanday qilib ko‘tarish 
mumkin? degan savolga javob berar ekan, u AQSHdagi ayrim mahalliy hamjamiyatlar haqida misol 
keltirib, ulardagi dasturlarda boshlang‘ich va o‘rta ta’limni hammabopligini kuchaytirish tashabbusi keltirib 
o‘tilganligi haqida tushuntirgan. Muallif fikricha, maktab islohot natijasida mazkur hamjamiyat ijtimoiy 
hayotining markaziga aylanganligi e’tirof etilgan. Mazkur hududda yashovchilarning muntazam ravishda 
uchrashuv o‘tkazishlari sotsial kapitalga bo‘lgan bir talay keskin yondashuvlar shakllanishiga, nafaqat 
ta’lim bilan bog‘liq, balki sotsial infratuzilmani sifatini yaxshilashga qaratilgan (yo‘llar, tibbiy xizmat) va 
boshqa jamiyat ravnaqidagi umumiy muammolarni echishga imkon bergan. L.Xanifan fikricha sotsial 
kapitalga qilingan har qanday investitsiya sezilarli darajada moddiy jihatdan foyda keltirishi mumkinligini 
tushuntirgan.[4:64]
Aslida ham “sotsial kapital” terminini birinchilardan bo‘lib L.Xanifan 1920 yillarda qishloq 
maktablaridagi jamoatchilik markazlarini, insonlarning kundalik hayotidagi muhim “substansiya”ni 
aniqlash uchun, o‘zining munozaralarida ishlatgan. Ushbu “substansiya” ijtimoiy guruh tuzuvchilar 
o‘rtasidagi ijtimoiy aloqa va birdamlik ekanligini L.Xanifan ta’kidlab o‘tgan.[5:100] 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish