Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

 
 
UDK: 301(575.1) 
MODERNIZASIYA TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA JAMIYAT RIVOJIDAGI O‘RNI 
 
B. Omonov 
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
 
Annotosiya.
Maqolada jamiyatni modernizatsiyalashning mohiyati, qarashlari, belgilari va tarixiy 
bosqichlari yoritilgan. Siyosiy modernizatsiya modellarining amalda qo‘llanilishi G‘arb va Sharq 
mamlakatlari misolida ilmiy ochib berilgan. 
Kalit so‘zlar:
modernizasiya, an’anaviy jamiyat, modernizasiya jarayoni, globallashuv, o‘tish 
davri, jamiyatni rivojlantirish modellari. 
Суть модернизации и его роль в развити общества
 
Аннотоция
.
В статье представлены сущность, взгляды, признаки и исторические этапы 
модернизации общества. Научно обосновано практическое применение модели политической 
модернизации общества на примере странах Запада и Востока.
Ключевые слова

модернизация, традиционное общество, процесс модернизации, 
глобализация, переходной период, модели развития общества

The essence of modernization and its role in the development of society 
Abstract.
The article presents dryness, views, signs and historical stages of modernization of 
society. Scientifically substantiated the practical application of the model of modernization of society on 
the example of countries of the West and East. 
Keywords:
modernization, traditional society,
 
modernization process, globalization, transition, 
models of modernization society. 


ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
73 
“Modernizatsiya” lotincha “modo” – “hozirning o‘zida”, “hozirgi vaqtda”, “endilikda” (o‘rta asr), 
fransuzcha “modern”, “moderne” – “yangi”, “zamonaviy” ma’nolarini bildiradi. 
“Modernize”–“takomillashtirish”, “yangilash”, zamonaviy talablardan kelib chiqib “o‘zgartirish” 
demak. “Modernity” esa “sivilizasiyalashgan jamiyat” (XX asr). Modernizasiya haqidagi qarashlar 
S.Lipsetning “Siyosiy odam” (1960), D.Apterning “Modernizasiya siyosati” (1965), G.Almond, 
D.Pauellning “Qiyosiy politologiya. Taraqqiyot konsepsiyasi nuqtai nazaridan yondashuv” (1966), 
L.Payning “Siyosiy taraqqiyot aspektlari. Tahliliy tadqiqot” (1966), Sh.Eyzenshtadtning 
“Modernizasiyalashuv: norozilik va o‘zgarishlar” (1966), D.Rostouning “Millatlar dunyosi” (1967), 
S.Xantingtonning “O‘zgarayotgan jamiyatlardagi siyosiy tartibot” (1968) nomli asarlarida ilgari surilgan. 
Modernizasiya – o‘ta murakkab siyosiy kompleks jarayonni tashkil qiladi.
 
Unda o‘zgarishlar inson 
va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida ro‘y berishi natijasida yangi tushunchalar, tamoyillar va 
yondashuvlar ham yangidan shakllantirib boriladi. O‘zbekistonda modernizasiya tuzilmasining 
strukturaviy-funksional tarkibi mustaqil ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida kompleks-tizimli o‘rganilmagani 
bu sohaga qiziqishni kuchaytiradi. Ba’zi ilmiy tadqiqotlarda, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda 
modernizasiyaga muqobil qarashlar berilgan bo‘lsa-da, bugungi kungacha uning yagona tuzilmasi, 
jamiyatni modernizasiyalash tushunchasining mohiyati va maqomini belgilovchi mezonlar ishlab 
chiqilmagan. Ilmiy adabiyotlarda ham uning mazmuni turlicha talqinda berilmoqda. Misol uchun “Falsafa 
qomusiy lug‘ati”da tushunchaga umuman ta’rif berilmagan. 
“Modernizasiya” nima, degan haqli savol tug‘iladi. Tushunchaning ilmiy talqinlari juda ko‘p. 
G‘arb va Sharq mamlakatlarida unga munosabat va qarashlar farq qiladi. Shulardan kelib chiqib, quyidagi 
ta’rifni keltiramiz: “Modernizasiya deganda agrar (an’anaviy) jamiyatni industrlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzumni transformasiyalash tushunilib, bu jarayonda davlat taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasini 
qayta ko‘rib chiqish, inson huquq-erkinliklarini yangi norma, standartlar asosida ta’minlash, shaxs, jamiyat 
va davlat o‘rtasidagi munosabatlar tizimini yangicha, zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish 
tushuniladi”. 
Bu siyosiy jarayon nima maqsadda amalga oshiriladi? Albatta, birinchi navbatda, unga davlat va 
xalq tomonidan katta ehtiyoj tug‘iladi, tobora shiddatli tus olayotgan globallashuv ham unga turtki berib, 
jarayonni tezlashtirib yuboradi. Asli modernizatsiyalashdan ko‘zlangan maqsad: an’anaviy turmush 
tarzidan zamonaviy jamiyatga o‘tish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishda yuqoriroq bosqichga 
erishish, farovon yashashdir. 
Modernizatsiyalashning yangi tarixi XVIII asrda Yevropa mamlakatlarida ixtirolarning yaratilishi, 
inson faoliyatiga ilmiy, muhandislik bilimlarining kirib kelishi va ulardan foydalanish mahsuli sifatida 
dunyoga kelgandi. Bu atama asosan, XX asrning o‘rtalarida ilmiy taomilga kiritildi. Modernizasiya 
nazariyasi 1950-1960-yillarda AQSh universitet ta’limida T. Parsons, R. Merton tomonidan ilgari surilgan 
edi. Uning asoschilari taniqli amerikalik mutaxassislar S. Lipset, F. Rigge, D. Enger, R. Uart, S. Xantington 
bo‘lishgan. XIX asr 80-yillarida modernizatsiyalash nazariyasi qayta ko‘rib chiqilib, u rivojlanishning 
sharti emas, balki funksiyasi sifatida qaraldi. Unda ko‘proq ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzilmalarni 
o‘zgartirish ustuvor maqsad, deb qabul qilindi. 
Biz maqoladagi mavzuni yoritishga kirishishdan oldin eng muhim masalalardan biri bo‘lgan 
“an’anaviy jamiyat” va “zamonaviy modernizasiyalashgan jamiyat” tushunchalariga aniqlik kiritib 
olishimiz zarur bo‘ladi (1-jadvalga qarang).

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish