Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

 
 
Birinchi bosqich 
O‘rta sinf shakllanadi, an’anaviy institutlarning transformasiya hodisasi yuz 
beradi. 
Ikkinchi bosqich 
Jamiyatda kommunikatsiya, urbanizatsiya, innovatsiyani tarqatish jarayoni 


ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
75 
tezlashadi. 
Uchinchi bosqich 
Transformasiyani izchil davom ettirish natijasida “postmoderniti” degan 
jamiyat vujudga keladi. 
Ammo har bir mamlakatda siyosiy modernizasiya jarayonlarini shakllantirish uchun shart-sharoit 
tug‘diradigan omillarni, albatta, hisobga olish zarur bo‘ladi: 
Huquqiy omil:
 
fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini tarbiyalashga xizmat qiluvchi tizim 
(oila, maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’lim) darajasi modernizasiyaning samaradorligiga ijobiy yoki salbiy 
ta’sir etishi mumkin. Huquqiy masalalarni yaxshi bilish fuqaroning faollashuvi va ijtimoiylashuviga olib 
keladi. Modernizasiyalashda aholining siyosiy ongi, bozor iqtisodi, demokratiyaning asosiy tushuncha va 
tamoyillarini qabul qilishga tayyorgarlik darajasi ham muhim rol o‘ynaydi.
 
Iqtisodiy omil: XVII asrda Yevropadagi sanoat inqilobi iqtisodiyotni rivojlantirib, odamlarning 
turmush tarzini yaxshilaydi. AQSh, Yevropa mamlakatlaridan texnika va texnologiyalarning Osiyo va 
Afrika davlatlariga «eksport» qilinishi ham asta-sekinlik bilan bu o‘lkalarga g‘arbona yashash tarzini 
singdira boshlaydi. 
Ma’naviy-axloqiy omil:
 
siyosiy hokimiyat tizimida modernizasiyalash ijobiy hodisa. Ammo 
ma’naviyat bobida u milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Demak, modernizasiyalashgan zamonaviy jamiyatning ustuvorlik jihatlari ko‘p. Eng muhim natija 
shundan iboratki, takomilga yetgan bunday jamiyat bir qator sohalarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar yuz 
beradi (4-jadval): 
 
Iqtisodiy 
sohada 
Chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshiriladi, mehnat taqsimoti o‘sadi, texnologiyalar 
takomillashadi, erkin raqobat usuli va tadbirkorlik uchun keng imkoniyat eshiklari ochiladi. 
Xususiy mulk, innovatsion iqtisodiyot rivojlanadi. 
Ijtimoiy 
sohada 
Individualizm, elita va o‘rta sinfning shakllanishi yuz beradi. Ta’limning keng 
tarqalishi, kasbiy mahorat (professionalizm) kuchayishi, intellektual maxsus kasb 
institutlari shakllanishi, ommaviy kommunikatsiyaning rivojlanishi, kengayib borayotgan 
ijtimoiy makonga moslashib boruvchi yangi individual odatlar, qiziqishlar jabhasining 
kengayishi, fan va texnikaga ishonchning oshishi va inson qadr-qimmatiga munosabatning 
o‘zgarishi seziladi. 
Siyosiy 
sohada 
Siyosiy partiyalar faollashadi, parlament, saylov huquqi, yashirin ovoz berish kabi 
demokratik tamoyillar qaror topadi. 
Ma’naviy 
sohada 
Madaniy tabaqalanish, ijtimoiy ongdagi sekulyarizasiya, savodxonlik ortishi, ilm-fan 
va texnikaning qadriyatga aylanishi kuzatiladi. 
Mavzuni yoritishda amerikalik olim Olvin Tofflerning «Uchinchi to‘lqin» asari eng yaxshi manba 
vazifasini bajaradi, deb o‘ylaymiz. Olim G‘arb davlatlarida modernizatsiyalash jarayoni evolyutsion 
tarixini o‘rganib, quyidagi xulosaga keladi: «o‘zgarishlarning birinchi to‘lqini – qishloq xo‘jaligi inqilobi 
o‘z imkoniyatlarini namoyon etib bitirmog‘i uchun ming yil (qariyb o‘n ming yil – B.O.),
 
ikkinchi to‘lqin, 
ya’ni sanoat sivilizatsiyasiga atigi uch yuz yil kerak bo‘lsa, uchinchi to‘lqin tarix osmonida quyunday yelib 
o‘tib, bir necha o‘n yilliklarda xotima topadi. Oilaviy rishtalarning uzilishi, iqtisodiyotdagi tebranishlar, 
siyosiy tizimlarning falajlanganligi, qadriyatlarimizning yemirilishi – bularning bariga Uchinchi to‘lqin o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi. Bu yangi sivilizatsiyadir, negaki u eskisiga qarama-qarshi turadi, byurokratiyani 
ag‘darib tashlaydi, milliy davlatning rolini pasaytiradi, postimperialistik dunyoning yarim mustaqil 
iqtisodiyotlarining o‘sishiga yordam beradi. Bu yangi sivilizatsiya avvalgilaridan ko‘ra jo‘nroq, 
samaraliroq va demokratikroq hukumatlarni talab qiladi...Ammo hammadan avval Uchinchi to‘lqin 
sivilizasiyasi ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o‘rtasida tarixan shakllangan uzilishni yo‘qota boshlaydi, 
u ertangi kunning alohida o‘ziga xos iqtisodiyotini barpo etadi» [1-181]. Yaxshi o‘xshatish va so‘nggi 50 
yilda g‘arbda kechayotgan holat chiroyli tasvirlangan. 
O‘zbekiston ham murakkab globallashuv va jahonda kechayotgan “to‘lqinlararo kurash”ning 
girdobida yashamoqda. O. Toffler tasvirlagan «industrial dunyo» voqyealari asosan Shimoliy Amerika, 
Buyuk Britaniya, G‘arbiy va Sharqiy Yevropa, SSSR, Yaponiya, Tayvan, Gonkong, Singapur, Avstraliya, 
Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda kechayotgan bo‘lsa-da, bu – globallashuv sharoitida, xususan, yosh 
davlatlar tashqi xavf-xatarlardan xoli yashaydi, degan ma’noni bildirmaydi. Biz 2000-yillardan boshlab 
og‘ir moliyaviy va ma’naviy inqirozni boshdan kechirayotgan Yevropa mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotidan saboq chiqarib olishimiz kerak. 
Mazkur masalaga oid tadqiqotlarni tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish