ILMIY AXBOROTNOMA
OʻQITISH METODIKASI
2019-yil, 6-son
105
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda
o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo
axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari
uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Barkamol avlod tarbiyasi, intellektual salohiyatini yuksaltirish vazifasi so‘zsiz, ilmu-fan
taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Bu, albatta, gumanitar fanlarning ajralmas qismi bo‘lgan tilshunoslikka ham
oiddir. Mamlakatimizda keyingi yillarda muloqot qoidalarini ilmiy va amaliy tadqiq qilish masalasiga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zotan, zamonaviy tilshunoslik uchun lisoniy hodisalarni sintetik yondashuv asosida, ularning ko‘p
jihatli xususiyatlarini tizimli ravishda, nutqiy muloqot sharoitida bevosita va bilvosita namoyon bo‘lishini
ta’minlovchi asosiy omillarini inobatga olgan holda tadqiq qilish amaliyoti keng o‘rin egallamoqda. Til
birliklarining bunday keng qamrovli o‘rganilishi ularning tub mohiyatini batafsil aniqlash bilan bir qatorda,
har bir hodisaning alohida jihatlari, tizimda tutgan o‘ziga xos o‘rnini belgilash imkonini beradi.
Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya jarayonida fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi
mexanizmlarini rivojlantirish, uni amaliyotga joriy etish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil
bilim olish jarayonini individuallashtirish shu bilan birga axborot texnologiyalariga asoslangan ta’lim
tizimi texnologiyasini, uning vositalarini ishlab chiqish, o‘zlashtirish, yangi pedagogik va axborot
texnologiyalari asosida o‘quvchilarni o‘qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.
Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikasiya tizimining yuksak darajada rivoj topib
borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil
yetishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi barchamizga ma’lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy
va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir.
Bizga ma’lumki, ona tili fani o‘quvchilarning bilim doirasi va dunyokarashini kengaytirishda
alohida o‘rin tutishi bilan birga, boshqa predmetlarni o‘rganishda, yangi texnologiyalarni, axborot
vositalarini o‘zlashtirishda, keng qo‘llaniladi. Har bir o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilarga nafaqat
muayyan bilim berish, balki ularda fanga qiziqish uyg‘otish, ularni mustaqil bilim olishga o‘rgatishdan
iborat.
Shuning uchun hozirgi kunda axborot texnologiyalari asosida ona tili fanidan darslarini tashkil
etishda ko‘proq ommalashgan atamalardan foydalanishga va ularni ishlatishga e’tibor berilmoqda. Bular
texnologiya, axborot, kompyuter, multimediya, Internet, masofali o‘qitish, yagona axborot muhiti va
hokoza kabi atamalardir. Bu tushunchalar hyech qachon o‘quvchilarni kompyuter va axborot
texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini susaytirmaydi, chunki nafaqat ta’lim sohasida balki barcha sohalarda
keng qo‘llanilayotgan tushunchalar hisoblanadi.
Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar asosida son va numerativ
so‘zlarni o‘rganishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning juda samarali shakli hisoblanadi.
Taqdimotda asosiysi - axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli
mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animasiya, qo‘shimcha
axborotlardan foydalanish mumkin.
Ona tili fanidan son va numerativ so‘zlarni o‘rganish jarayonida multimedia texnologiyalarida
an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn ko‘rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar
ko‘rinishida ifodalanadi. Bu esa o‘quvchilarni mashg‘ulotlarda faolroq va diqqatliroq bo‘lishga o‘rgatadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |