ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2019-yil, 6-son 85
imkoniyati bor ekan, agar bir bosh qoramolga bir yilda oʼrtacha 35 sentner ozuqa birligi ilmiy asoslangan
ozuqa meʼyori deb qaralsa, bir gektar makkajoʼxoridan bir hosilning oʼzi 8,5 bosh qoramolni yil davomida
oziqlantirish imkonini beruvchi ozuqa jamgʼarish imkoniyati mavjud ekan. Bu koʼrsatkichlar bedaga
nisbatan besh baravardan koʼproq va boshqa ekinlarga nisbatan ham
koʼproq ozuqa yetishtirish imkonini
beradi.
Аmmo mutaxassislarning fikricha makkajoʼxorini ozuqa sifatida foydalanilganda uning tarkibida
oqsil moddasining yetarli emasligi uni foydalilik darajasini pasaytirar ekan.
Аmmo makkajoʼxoridan silos
tayyorlangan
da sut mahsuldorligini sezilarli oshishini mutaxassislar taʼkidlashmoqda. Xorijiy mamlakatlar
tajribalarini oʼrganish shuni koʼrsatadiki, masalan, АQSh qishloq xoʼjaligida qoramollar ozuqasining 70%
idan koʼprogʼi makkajoʼxori ozuqasiga asoslangan boʼlib, uni suvga boʼlgan talabi ham kamroq va
yigʼishtirib olish texnologiyasi ham ayrim ekin turlariga nisbatan kam xarajatlidir.
Maqsadimiz qoramolchilik tarmogʼi uchun qishloqlar hududa maxsus ozuqa yetishtirishga
ixtisoslashgan, yuqori agrotexnologiyalarga asoslanib ish olib boruvchi va yuqori hosildor navlardan
mahsulot yetishtirib, hamda kontsentrat ozuqalarni ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish orqali aholiga arzon
ozuqa sotish imkoniyatlaridan keng foydalanib hal etishga erishish. Bu esa tarmoq mahsulotlari narxini
pasaytirishga va xalqimiz sevib isteʼmol qiladigan goʼsht va sut mahsulotlari koʼpayishi evaziga narxlarni
pasaytirish imkoniyatlarini yaratgan boʼlar edi.
Samarqand viloyatining Bulungʼur va Jomboy tumanlari fermer xoʼjaliklarida makkajoʼxorining
duragay navlaridan koʼk massa uchun hosildorlik 1000 sentnergachani tashkil qilishini va don uchun esa
hosildorlikni 70 sentnerdan oshirib hosil olish mumkinligini isbotlab bermoqdalar. Bunda bir gektar
maydonimiz yuqorida aytilgan 8 bosh shartli qoramoln
i emas balki undan koʼproq qoramolni bir yil
davomida ozuqaga boʼlgan talabini qondirishga erishish mumkin boʼladi.
Xulosalar: Viloyatdagi qoramollarning asosiy qismi dehqon xoʼjaliklarda boʼlib, ular
qoramolchilik mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib bermoqdalar, ammo ulardagi ozuqa taqchilligi
xoʼjaliklardagi qoramollar mahsuldorlik koʼrsatkichlariga oʼz taʼsirini oʼtkazmoqda.
Tahlilllar shuni koʼrsatmoqdaki, hozirgi kunda uy xoʼjaliklarida saqlanayotgan qoramollar ozuqa
meʼyoriga nisbatan ozuqa bilan taʼminlanish darajasi 30
-33 foizni tashkil qilmoqda xolos. Dehqon
xoʼjaliklari oʼzini
-
oʼzi ozuqa bazasi bilan taʼminlashi uchun ekin maydonlari yetarli emas.
Takliflar:
1.Dehqon xoʼjaliklari uchun makajoʼxorini ozuqa uchun ekishni tavsiya qilish.
2.
А
h
oli qoʼlida saqlanayotgan qoramol va boshqa chorva mollari uchun ozuqa yetkazib berishga
ixtisoslashgan maxsus xizmat koʼrsatuvchi argofirmalar yoki boshqa korxonalarni yaratish.
3.Dehqon xoʼjaliklariga ozuqa yetkazib beruvchi va boshqa qishloq xoʼjalik x
izmatlari
koʼrsatuvchi korxonalarga imtiyozlarni kuchaytirish.