Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son 
60 
davlat, sharaf, mulohazalik, adolatlilik, jasurlik, donishmandlik, kasb kor, bilim bilan bog‘liqligini qayd 
etishadi.
Platon va Suqrot yana bir muhim xususiyatni ta’kidlaydi. Donishmandlik ham, egalik qilinadigan 
narsalar mulk, davlat, fazilat, hatto oqillik ham hayotda qo‘llanilgandagina baxt keltiradi. “Demak, baxtiyor 
bo‘lishni istagan nafaqat zarur narsalarga ega bo‘lishi, shuningdek, ulardan foydalanishi zarur, aks holda 
egalik hech qanday naf keltirmaydi”[4], deb xulosa qilishadi faylasuflar. Erishilgan narsalarning borligi 
emas. ulardan foydalanish, ularning biror naf keltirishi kishini baxtiyor qiladi. “Biz baxtga intilar va 
narsalardan foydalanganimizda baxtiyor ekanmiz, buning uchun to‘g‘ri foydalanishimiz zarur. To‘g‘ri 
foydalanishni esa bilim beradi, demak, har bir kishi bor kuchi bilan oqilroq bo‘lishga intilishi darkor” [4].
Aristotelning evdemonik qarashlari ustozi Platonnikiga yaqin. Faylasuf ta’rifiga ko‘ra, baxt ulug‘ 
qoniqish keltiradigan “yuksak va eng go‘zal ezgulik” [5]. U “qalbning ezgulikka muvofiq keladigan 
faoliyatidir” [5]. Ammo faylasuf ustozidan farqli ravishda baxt uchun tashqi omillar va vositalar zarurligini, 
ularsiz baxtiyor bo‘lish mumkin emasligini uqtiradi. “Ko‘pgina hatti-harakatlar do‘stlar, boylik va 
davlatdagi ta’sirlar yordamida amalga oshiriladi, agar ulardan biri, masalan, aslzodalikdan, go‘zallikdan 
yiroq kishi uchun lazzatlanish istisno. Tashqi ko‘rinishi xunuk, kelib chiqishi yaxshi nasldan bo‘lmagan, 
yakka va befarzandning baxtiyorligi amri mahol; agar bolalari va do‘stlari jirkanchli yoki yaxshi edilar-u 
ammo qazo qilganlar, bunday kishilar yanada kam (balki baxtli bo‘lgandirlar) baxtlidirlar. Shuning uchun 
baxtga, biz yuqorida aytganimizdek, ma’qul keladigan qulay shart-sharoitlar zarur” [5]. Aristotel fikricha, 
baxt xudo in’omi ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek, unga hamma “ta’lim va tirishqoqlik” bilan ham 
erishishi mumkin. Hayvonlarga baxt ma’lum emas, go‘dak uning nimaligini hali bilmaydi. Demak, “baxt 
uchun ezgulikning to‘laligi va hayotning to‘laligi zarur” [5]. Aristotelning evdemonik ta’limoti ezulik 
ustunligiga qurilgan, unda ezgu amallar baxt belgisi sifatida qaraladi. Antik davr faylasuflari ichida 
Aristotel baxt fenomenini ilmiy tadqiq etishni boshlab bergan. Umri davomida kishi turli, hatto eng yovuz 
vaziyatlarga tushib qolishi mumkin, bugun o‘zini baxtli deb bilgan ertaga yoki qariganida baxtsizga 
aylanishi, o‘zini baxtiqaro sezishi ko‘p uchraydigan hol. Shunday hayotiy vaziyatlar haqida fikr yuritib 
Aristotel, qalbida ezgulik qaror topgan kishi undan voz kechmaydi, u eng mashaqqatli vaziyatda ham 
ezgulik orqali o‘z baxtiyorligini saqlab qoladi degan xulosaga keladi. Shuning uchun Aristotel 
evdemoniyasi, Platonniki kabi, ezgulikka tayanadi, ammo u ustozidan farqli tarzda kishining baxtiyorligini 
tashqi muhit, do‘stlari, oilasi, davlat va jamiyat bilan bog‘laydi. Bu baxt fenomeniga ilk, cheklangan 
sotsioantropologik yondashuv edi.
O‘rta asrlarga kelib, inson butun borliqni, hayoti mazmunini, avlodlari kelajagini dinsiz, xudosiz 
tasavvur yetolmaydigan bo‘ldi. U izlaydigan yetuklik xudo timsolida aks etgan, u istaydigan hayot, saodat, 
omad va farovonlik transendent ishtiroki bilangina mumkin bo‘lgan. Biroq, Eriugen teotsentrik qarashlari 
antropotsentrizm bilan uyg‘un keladi[6]. Bu o‘rta asrlar falsafasida kamdan-kam uchraydigan g‘oyadir. “... 
Haq - haqiqatni anglashning birdan-bir yo‘li inson tabiatini bilish va sevishdir... Axir inson tabiati o‘zida 
nima sodir bo‘layotganini bilmasa, u o‘zidan yuksakni bilishni qanday xohlashi mumkin? Insonning o‘zini-
o‘zi anglashi dunyoni anglashi sharti sifatida idrok etiladi. Inson tabiatini va o‘zini-o‘zi bilishga 
intilmaydigan “soqov maxluqlar”ga barobardir. Bundan tashqari, o‘zini-o‘zi anglash avvali timsolni, ya’ni 
xudoni sof anglashga tomon bosh yo‘ldir” [6]. Eriugen insondagi his-tuyg‘ularni qayd etgan holda, xudoga 
bir vaqtning o‘zida yaxshilik va yomonlik xos emas, bir toifa kishilarni xalos qilishi, boshqa toifadagilarni 
jazolashi ham mumkin emas, deb hisoblaydi. Xudo insonga erk in’om etgan, u ushbu erkiga muvofiq hayot 
kechirish imkoniga ega. Ammo insonning o‘zini-o‘zi xalos qilishida xudoning ta’siri bor. Agar inson erkka 
ega bo‘lsa, u o‘z hayotini, baxtini o‘zi yaratadi yoki topadi.
O‘rta asrlarda R.Bekon dasturiga ko‘ra, kelgusidagi jamiyatda kishilar, xalqlar yagona haqiqiy 
xristianlik diniga e’tiqod negizida birlashtiriladi. Bu turli nizolar, urushlarga chek qo‘yadi, amaliy ilm-fan 
insonga, jamiyatga xizmat qiladi. Undagi yuqori qatlamni ilm-fandan xabardor ruhoniylar tashkil etadi, 
keyingi qatlamda davlat himoyachilari harbiylar, quyi qatlamni hunarmandlar, dehqonlar turadi. Bu 
dasturda Platonning ta’sirini sezish qiyin emas[6]. Eng muhimi shundaki, R.Bekon insonning ilm-fanga 
ishonchini dinga ishonch bilan barobar qo‘yadi. Agar inson ilm-fan orqali ijtimoiy borliqni o‘zgartirishi, 
qayta qurishi mumkin bo‘lsa, shubhasiz, u hayotini baxtli qilish quvvatiga ega.
Yangi davr falsafasi evdemonik qarashlarga katta, betakror hissa qo‘shdi, ularning 
sotsioantpropologik ahamiyatini oshirishni kun tartibiga qo‘ydi. Mashhur ingliz faylasufi, B.Rassel 
fikricha, cherkov avtoritetining qulashi “yangi davrning salbiy xarakterli tomoni” edi, chunki u 
“anarxizmgacha borib yetuvchi individualizmning o‘sishiga olib keldi”. Amaliy ilm-fanga qiziqish oshgani 
bois, nazariy ilm-fan orqada edi. Inson, uning ijtimoiy borliqdagi o‘rni, o‘zini anglashi, ayniqsa 
personalistik tafakkurning inson huquqlari, plyuralizm, liberal demokratizm ifodasi sifatida keng e’tirof 
yetilishi yuqoridagi yondashuv mavqeini oshirdi. Biroq ziddiyatli tomoni shundaki, ilgari inson kosmos, 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish