Ключевые слова:
эвдемония,
человек, счастье, феномен,
доброта, плюрализм, господство
техники, счастье народа, мышление
.
Eudemonic teachings and views as an object of scientific and philosophical research
Abstract.
The article reveals a philosophical, scientific interpretation of the concept of eudaimony,
its specific features and issues related to human life. It covers various approaches to the influence of socio-
historical conditions, changes in the mentality of a person's desire to live happily.
Keywords:
eudaimonia, man, happiness, phenomenon, kindness, pluralism, the domination of
technology, happiness of the people, thinking.
“Evdemoniya” so‘zi grekcha bo‘lib, baxt, huzurlanish, rohatlanish ma’nolarini anglatadi [1].
Qadimgi yunon faylasuflari “evdemoniya” tushunchasini turli ma’nolarda, inson, uning hayotiy
muammolari bilan bog‘lab ishlatganlar. Yetti donishmanddan biri Periandr (er. avv. 660-585 yillar) baxtni
mo‘tadillikni, o‘rtachalikni saqlashda, deb biladi. Uning fikricha, “Baxtiyorligingda o‘rtacha bo‘l,
baxtsizlikda o‘ylab ish qil [2]. Boshqa joyda u “Huzur-vaqtincha, sha’n-boqiy”, “Baxtsiz paytingda ham,
do‘stlaringga avvalgidek bo‘l” [2], deb nasihat qiladi.
Suqrotning falsafiy-axloqiy merosida uning evdemonik fikrlari “boriga qanoat qilib yashash”
prinsipiga qurilgan. “Huzurlanishni, hashamatni sizlar baxt deb o‘ylaysiz, - deydi Suqrot sofistlarga e’tiroz
bildirib, - men esa hech nimani istamaslikni, xudolar huzurini, ko‘p narsaga hojatmand bo‘lmaslikni ushbu
oliy baxtga yaqinlashish, deb o‘ylayman” [3]. Eng muhimi shundaki, Suqrot birinchi bo‘lib baxt-saodatning
axloqqa xizmat qilishi zarurligini kun tartibiga qo‘ydi. Sofistlar, gedonist va epikurchilar kayf-safoda
yashashni, “ye, ich, maza qil” shiorini targ‘ib qilganlarida, Suqrot baxt xudoga yaqinlashtiruvchi axloqda,
degan fikrni ilgari surdi. U deydi: “Mastlik qusurlarni tug‘maydi, ularni izlab topadi. Baxt axloqni
o‘zgartirmaydi: uning zarurligini ta’kidlaydi” [2]. Bu fikri bilan Suqrot “evdemoniya” tushunchasidan
huzurlanish, rohatlanishni quvishga intildi, uni o‘zining falsafiy-axloqiy qarashlari doirasida talqin qildi.
Endi baxt, o‘ziga xos fenomen sifatida, axloq yaratadi, deb o‘ylash mumkin emas, aksincha, u axloqqa
xizmat qiladigan fenomendir.
Baxt-saodat to‘g‘risida so‘z ketganida gedonizm va epikurizmni eslamay bo‘lmaydi. Ular hayotdan
huzur, zavq-shavq olib yashashni ilgari surgan bo‘lsalar-da, insonga xos istaklarni hisobga olganlar.
Gedonistik qarashlarni ilgari surgan Aristipp shunday deydi: “Agar hashamat, yomon bo‘lsa, u xudolar
bazmida uchramasdi”[2] . Agar hashamat, dabdaba zararli narsa bo‘lganida inson havas qiladigan xudolar
hayotining atributiga aylanmasdi.
Baxt-saodatning keng inson hayoti, bilimi, izlanishlari bilan bog‘liqligi Platon va Suqrot
dialoglarida atroflicha bayon qilingan. Bu o‘rinda “Evtidem” dialogidagi qarashlarni keltirish bilan
cheklanamiz. Unda Suqrot baxtiyor bo‘lishni istamaydigan kishi yo‘q, ammo unga “biz qanday erishamiz?”
deb savol qo‘yadi. Qahramonlar baxtning ezgulik, sog‘-salomatlik, go‘zallik, tana yetukligi, aslzodalik,
Do'stlaringiz bilan baham: |