ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son
44
muhim sharhlari va izohlaridan foydalanildi va olimning “Kitob al-jamohir fi ma’rifat al-javohir” asarining
o‘zbek tilidagi nashri maqolada asosiy manba qilib olindi.
Dunyo kutubxonalarida asarning qo‘lyozma nusxalari mavjud bo‘lib, Ispaniyaning Ekskurial
kutubxonasida va 1920-yillarda (Turkiya) shaxsiy kutubxonadan va Istanbuldagi Saroy kutubxonasidan bu
asarning ko‘plab nusxalari topildi. Taniqli arabshunos F.Krenkov ana shu uchala nusxadan foydalanib va
uni “Minerologiya” deb atadi va hozirga qadar shunday atalib kelinmoqda [7;31].
Beruniy ushbu asarni yozishda al-Kindiy va Ya’qub ad-Dinovariyning mineralogiyaga oid
asarlaridan keng foydalanganligini ham aytib, bu bilim sohasidagi ilm cho‘qqilarini egallaganligini alohida
e’tirof etadi va quyidagi fikrlarni keltiradi.
Mutafakkirning ta’kidlashicha, mening qo‘limga bu bilim sohasiga oid Abu Yusuf Ya’qub ibn
Ishoq Al-Kindiyning «Qimmatbaho toshlar va ularga o‘xshashlar to‘g‘risida » degan kitobidan bo‘lak hech
kitob tushmadi. U birinchi bo‘lib bu bilim sohasidagi qo‘riqni ochdi, uning cho‘qqilarini topdi, ham bu
sohada, ham uning qo‘li etgan boshqa sohalarda ko‘p nozik joylarni kashf etdi. Shunday qilib u ham
zamondoshlari, ham kelajak avlod uchun ibrat bo‘lib qoldi. Undan keyin Nasr ibn Ya’qub ad-Dinovariy al-
Kotibning risolasi, u fors tilida yozilgan, bu asar boshqa tilni bilmaydiganlarga mo‘ljallangan. Lekin u ko‘p
jihatdan al-Kindiyga ergashadi [6;32 ].
Men bu har ikkala asardagifikr-mulohazalardan hech narsani diqqatdan chetga qolmasligiga
harakat qilaman. Shuningdek boshqalardan eshitganlarimni ham yozaman. Olloh taolodan o‘ylagan
ishimga muvaffaqqiyat tilab qolaman. Bu ishni amalga oshirmoqda undan madad kutaman deb asarni
yozishga kirishganligini ma’lum qilgan.
Abu Rayhon Beruniy o‘z davrining buyuk olimi bo‘lish birga o‘z asarlarida umuminsoniy axloqiy
qadryatlar haqida ham falsafiy fikrlar yuritgan. Uning asarlarida inson baxt-saodati, ta’lim tarbiyasi,
kamoloti bosh masala hisoblanib, insonni tabiatning bir qismi deb biladi. Uning falsafiy tafakkurida olam
yaratilishi, ruh va jonning o‘zaro munosabati masalalari muhim o‘rin egallagan bo‘lib, ayniqsa,
“Mineralogiya” asarida yaqqol tasvirlangandir. Olimning favqulodda o‘tkir fahm-farosati, ziyrakligi,
masalaga ilmiy yondashishi va tadqiqot metodikasining yuqori saviyadaligi, tushuncha va tasavvurlarning
g‘oyat darajada aniqligini asarda yaqqol kuzatish mumkin. Jumladan, olim ushbu asarda oila haqidagi
fikrlarini keltirar ekan, insonlarning bu jamiyatda juft-jufti bilan yaratilganligiga ishora qiladi. Lekin ular
o‘z juftlarini hurmat qilishlari, bir umr birga yashashlari, o‘zlaridan keyin zurriyod qoldirishlari va shu
asnoda avlodlarni davom ettirishlari aks etadi. Ularning ko‘payishi o‘z navbatida shahar va qishloqlarning
barpo bo‘lishi bilan izohlanadi. Bu borada Olloh taolo degan: «Sizlarni bir jondan yaratgan, unga osoyish
topsin deb bir jonning o‘zidan juftini yaratgan o‘shadir». Olloh taolo yana degan: «Uning
alomatlaridan(yana biri) sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o‘zlaringizdan juftlar
yaratgani va o‘rtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan kishilar
uchun alomatlar bordir» (Qur’on: 7-sura, 189-oyat; 30-sura, 21-oyat). Bunda yana yovuzlikdan himoya
qo‘shilsa, bu muvofiqlikni ikki bor oshiruvchi va buzilishni yo‘qotuvchi kuchga aylanadi. Agar bunday
birlashuvdan bir tomon yoki har ikkala tomonga foyda bo‘lganda, bu istaklar muvofiqlashuvining nihoyasi
bo‘ladi. Bunday ahvol rivojlana borib, oxiri odamlar o‘rtasidagi o‘zaro yordamni keltirib chiqaradi,
ularning birga yashamoqlariga, shahar va qishloqlarning yuzaga kelmog‘iga sabab bo‘ladi [6;10].
Demak , mutafakkir oila qurish asoslarini tushuntirar ekan, ijtimoiy munosabatlar natijasida oilaviy
munosabatlardan tortib jamoa bo‘lib yashashni falsafiy nuqtai-nazardan izohlaydi. Talablar esa shunchalar
turli-tumanki, inson bir o‘zi ularni qondirmoqqa imkoni yo‘q, buning uchun unga bitta yordamchi ham
kamlik qiladi. Faqat bir necha odam jam bo‘lsagina, ehtiyojlarni qondirmoq mumkin. Buning uchun esa
odamlar (qo‘rg‘onlar, qishloqlar va) shaharlar tuzmoqqa ehtiyoj sezadilar. Beruniy fikricha jamoa bo‘lib
yashash qulay bo‘lib, barcha moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondiradi.
(Natijada) odamlarning maqsad va niyatlari turlicha bo‘ladi, san’at va hunarlar ham har xil bo‘ladi.
Bir kishi boshqa birovni o‘ziga xodimlikka oldi. Ya’ni, boshqa birov unga adolatli kelishuv asosida har
doim xizmat qiladigan va buning evaziga tegishli haq oladigan bo‘ldi. Zo‘ravonlik va yollov vositasida
amalga oshiriladigan majburiy mehnat doimiy va barqaror emas [6;11].
Mutafakkirning fikricha, muruvvat insonning o‘ziga, yaqinlariga, mulkiga doir majburiyatlarni
yuklaydi. Futtuvat esa bundan baland turadi, u boshqalarga ham taalluqli hisoblangan. Oliyjanob inson
(mar’) o‘z vujudi hamda hech kimning davosi bo‘lmagan o‘z mulkigagina egalik qiladi. Ammo u
o‘zgalarning qarzini o‘z ustiga olsa, ularning tinchi uchun qiyinchiliklarga chidasa, Olloh unga bergan,
lekin o‘zgalarda bo‘lmagan qizg‘anmay boshqalarga bersa, u fato (futuvvat) bo‘ladi. Bunday odam
o‘zining shunday ishga qodirligi tufayli shonu shavkatga ega bo‘ladi. Bunday odam o‘zining shunday ishga
qodirligi tufayli shonu shavkatga ega bo‘ladi, o‘zining yaxshilikka hozirligi, marhamatliligi, qat’yati,
chidamliligi, fazilatlari, shu bilan birga kamtarinligi bilan yuqori martabaga erishadi. Garchi u kelib chiqish
Do'stlaringiz bilan baham: |