Abstract.
The article analyzes Abu Rayhan Biruni's works, namely “Mineralogy”, which includes
philosophical views on humanistic and moral values, happiness and education.
Keywords:
Beruni, Afrigides, Minerology, Ethics, Excurial Library, Humanity, Family.
O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi, beqiyos aql zakovat sohibi Beruniy fanlarning va ijtimoiy
hayotning juda ko‘p jiddiy muammolarni to‘g‘ri hal qilib shular asosida juda ko‘p ilmiy asarlar yaratgan
ulkan donishmanddir. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon ilm-fani xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan
mutaffakirdir. U yoshligidanoq aniq fanlar bilan bir qatorda tabiiy va ijtimoiy fanlarni o‘rganishga kirishdi
va ko‘pgina tillarni o‘rganishga katta ahamiyat qaratgan. Beruniyning bolalik yillari va oilasi haqida
ma’lumotlar etarli emas. Lekin o‘z davrining buyuk riyoziyot va falakkiyot olimi Abu Nasr ibn Ali ibn Iroq
Beruniyni o‘z tarbiyasiga olgan edi. Tarixiy manbalarda keltirilgan ba’zi xabarlarga qaraganda Abu Ali
Ma’mun davrida siyosiy va ijtimoiy ahvol aytarlik barqaror bo‘lmagan. Buni Beruniy misolida ko‘rish
mumkin. Beruniyning o‘zi ta’kidlaganidek, u Afrig‘iylarning so‘nggi vakillari bo‘lmish Iroqiylar
xonadonida o‘sgan[1;28-29] va demak, xorazmshohlar saroyiga yaqin kishilardan bo‘lgan. Ibn Iroq bilimga
chanqoq bu yosh o‘spiringa ko‘pgina fanlardan ta’lim berib etuk olim bo‘lib etishishiga ma’naviy yordam
ko‘rsatdi.
Beruniyning “Mineralogiya” asari 1041-1048 yillarda yozilgan bo‘lib, bu paytga kelib olim ancha
keksayib qolgan edi. U umrining qolgan yillarida minerologiya va dorishunoslik bilan shug‘ullandi.
“Javohirlarni bilish uchun ma’lumotlar to‘plami” (“Mineralogiya”) asari bo‘lib, olim unga butun umr bo‘yi
ma’lumot to‘plagan edi. Beruniy bolalik chog‘larida Xorazmda, keyinroq Eron, Hindiston va
Afg‘onistonda bo‘lgan yillarida ham qimmatbaho toshlarning xususiyatlari, ular qazib olinadigan erlar va
bunday ma’danlar haqidagi rivoyat, hikoya va ma’lumotlarni to‘playdi. Qariyb 70 yillik izlanishlar
natijasini u o‘z “Mineralogiya”sida bayon qiladi. Asarda jismlarning og‘irligi, hajmi haqida tushunchalar
berar ekan, 50 dan ortiq moddaning zichlik va solishtirma og‘irligini fan tarixida birinchi marta hozirgi
zamon aniqligi bilan hisoblaydi, qattiq jismlar va suyuqliklarning solishtirma og‘irliklarini o‘lchashga
mo‘ljallangan maxsus asboblar yasaydi va ularning tavsifini keltiradi [2;37: 3;292-402].Asar shuningdek,
olimning axloqiy, estetik va falsafiy qarashlarining manbai ham hisoblanadi.
Ushbu asar 1963 -yilda A.M.Belenitskiy [4;419-490] va G.G Lemmleynlar [5] tomonidan rus tiliga
tarjima qilingan bo‘lib, 2017 -yilda ilk bor akademik A.Qayumov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi
[6]. Bu nashrlar Beruniyning ko‘p jildlik asarlari to‘plamini to‘ldirdi va kitobxonlarga taqdim etildi.
Mazkur maqolada A.M.Belenitskiy, P.G.Bulgakov va A.Ahmedov va boshqalarning olim asarlari haqidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |