Issiqlik texnikasi ikkinchi nashri


Suv bug‘ining hs–diagrammasi



Download 8,83 Mb.
bet33/151
Sana29.09.2022
Hajmi8,83 Mb.
#850734
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151
Bog'liq
ISSIQLIK TEXNIKASI Madaliyev

5.8. Suv bug‘ining hs–diagrammasi


5.2-rasmda suv bug‘ining hs–diagrammasi tasvirlangan. Yuqorida aytib o‘tilgan ediki, 273K (0S) temperaturadagi entropiya va entalpiya shartli ravishda nolga teng deb hisoblanadi. Bu holat hs–diagrammada koordinatalar boshi bilan tasvirlanadi.



5.2-rasm. Suv bug‘ining hs - diagrammasi

Diagrammada ikkita chegara egri chiziq chizilgan, ular kritik nuqta K da bir-biriga qo‘shilib ketadi. Pastki chegara egri chiziq (x=0) da suvning qaynash temperaturasidagi turli holatlar uchun entalpiya h1 va entropiya s1 ning qiymatlari qo‘yilgan. Yuqorigi egri chiziq (x=1) da qaynash temperaturasidagi to‘yingan quruq bug‘ning turli holatlari uchun hII va sII ning qiymatlari qo‘yilgan.


Chegara egri chiziqlar hs–diagrammani ikki sohaga bo‘ladi. Bu egri chiziqlardan yuqorida o‘ta qizigan bug‘ sohasi, pastda esa to‘yingan nam bug‘ sohasi joylashadi. To‘yinish sohasidagi izobarlar to‘plami nolp nuqtadan boshlanadigan va tarmoqlanib ketadigan to‘g‘ri chiziqlar to‘plamidan iborat. Bosim qanchalik katta bo‘lsa, izobaralar ham shunchalik yuqorida joylashadi.
Bug‘ hosil bo‘lish jarayoni o‘zgarmas temperaturada borganligi sababli to‘yinish sohasida izobaralar bir vaqtning o‘zida izotermalar bo‘lib hisoblanadi. O‘ta qizigan bug‘ sohasida, yuqoridagi chegara egri chiziqda izobara va izotermalar bir-biridan ajraladi. Izobaralar chap tomonga izotermalar esa o‘ng tomonga og‘adi. Nam to‘yingan bug‘ sohasida bug‘ning quruqlik darajasi chiziqlari (x=const) chiziladi va ular kritik nuqta K da kesishadi. hs–diagrammaga izoxoralar – o‘zgarmas solishtirma hajm (v=const) chiziqlari ham chiziladi. Bu chiziqlar (5.2-rasmda ko‘rsatilmagan) izobaralarga nisbatan tikroq ketadi. Qaytar adiabat jarayonlar hs–diagrammada vertikal chiziqlar bilan tasvirlangan. Shuning uchun barcha vertikal chiziqlar hs –diagrammada adiabatadan iboratdir. Hozirgi vaqtda bug‘larning issiqlik jarayonlarini hisoblashda hs–diagramma va suv bug‘i jadvallaridan foydalaniladi.

Download 8,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish