BIRINCHI NASHRGA SO‘Z BOSHI
Issiqlik texnikasi kursi umumtexnika fanlari qatoriga kiradi. Ushbu kurs o‘quvchilarni turli xil energiyaning olinishi va o‘zgartirilishi jarayonlari bilan, issiqlikning bir fizikaviy jismdan boshqasiga uzatilishi usullari, shuningdek, turli xil issiqlik-bug‘ generatorlari, issiqlik mashinalari va apparatlarining tuzilishi va ishlashi bilan tanishtiradi.
Issiqlikdan foydalanishning ikki: energetikaviy va texnologik turi bor. Issiqlikdan energetikaviy foydalanish issiqlikni mexanikaviy ishga aylantirish jarayonlariga asoslangan. Bu jarayonlar texnikaviy termodinamikada o‘rganiladi.
Issiqlikni ishga aylantirishda foydalaniladigan qurilmalar issiqlik dvigatellari deyiladi. Ularga ichki yonuv dvigatellari, bug‘ va gaz turbinalari kiradi. Issiqlikdan texnologik foydalanish turli xil texnologik jarayonlarni amalga oshirishda bevosita qizdirish (yoki sovitish) jarayonlari uchun issiqlikdan foydalanishga asoslangan. Isitish va sovitish jarayonlarini amalga oshirishda qo‘llaniladigan qonunlar issiqlik uzatish bo‘limida bayon qilingan.
Bu ikkala bo‘lim texnikaviy termodinamika bilan issiqlik uzatish bo‘limi issiqlik texnikasi umumiy kursining asosiy qismi hisoblanadi.
Ushbu darslik Oliy ta’limning texnika yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
Asosiy shartli belgilar
T – absolyut temperatura, K;
t – muzning erish nuqtasidan hisoblanadigan temperatura, S.
t – temperaturalar farqi, S;
– zichlik, kg/m3;
– solishtirma hajm, m3/kg;
V – hajm, m3;
m – massa, kg;
p – bosim, Pa (N/M2), kPa, MPa;
p – bosimlar farqi, Pa (N/m2), kPa, MPa;
R – gaz doimiysi, J/(kgK);
– molekulyar massa;
c – solishtirma issiqlik sig‘imi, kJ/(kgK);
c1 – solishtirma hajmiy issiqlik sig‘imi, kJ/(m3K);
c – molyar issiqlik sig‘imi, kJ/(kmolK);
q – solishtirma issiqlik miqdori, J/kg;
Q – issiqlik miqdori, J;
– ish, J/kg;
u – ichki energiya, J/ kg
u – ichki energiyaning o‘zgarishi, J/kg;
h – solishtirma entalpiya, J/kg;
h – entalpiyaning o‘zgarishi, J/kg;
s – entropiya, J/(kgK);
s – entropiyaning o‘zgarishi, J/(kgK);
r – bug‘ hosil qilish issiqligi, kJ/kg;
d – namlik miqdori, g/kg quruq havo;
– nisbiy namlik, %;
B – yoqilg‘i sarfi, kg/s;
b – yoqilg‘ining solishtirma sarfi, kg/(kVts);
D – bug‘ unumdorligi, kg/s;
Qq, Qyu – yoqilg‘ining quyi va yuqori yonish issiqligi, kJ/kg;
– sovitish koeffitsienti, siqilish darajasi;
t – termik F.I.K;
– issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, Vt/(mK);
– issiqlik berish koeffitsienti, Vt/(m2K);
k – issiqlik uzatish koeffitsienti, Vt/(m2K);
N – quvvat, kVt.
Do'stlaringiz bilan baham: |