Issiqlik texnikasi ikkinchi nashri


Qozon agregatning asosiy issiqlik uzatish sirtlari



Download 8,83 Mb.
bet108/151
Sana29.09.2022
Hajmi8,83 Mb.
#850734
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   151
Bog'liq
ISSIQLIK TEXNIKASI Madaliyev

14.3. Qozon agregatning asosiy issiqlik uzatish sirtlari




Bug‘ qizdirgichlar. Bug‘ qizdirgichlar bug‘ni quritish va uni berilgan temperaturagacha qizdirish uchun mo‘ljallangan. Qozon agregatida joylashuviga ko‘ra bug‘ qizdirgichlar radiatsion, konvektiv va aralash xillariga bo‘linadi. Bug‘ qizdirgich 30-40 mm li quvurlardan tayyorlanib, kollektorlarga payvandlangan parallel ishlaydigan bir qancha bukilgan quvurlardan iborat. Ular gorizontal yoki ko‘pincha vertikal joylashtiriladi. Bug‘ va tutun gazlari oqimlarining yo‘nalishiga qarab bug‘ qizdirgichlar qarshi oqimli, to‘g‘ri oqimli va kombinatsiyalashgan xillarga bo‘linadi (14.7-rasm).



14.7-rasm. Vertikal-konvektiv bug‘ qizdirgichlar sxemasi.

Qarshi oqimli bug‘ qizdirgichlarda (14.7-rasm, a ) bug‘ quvurlarining birinchi (bug‘ yo‘li bo‘ylab) o‘ramiga kirib qiziy boshlaydi. U ohirgi o‘ramlarda deyarli oxirgi qizish temperaturasigacha qiziydi. Bu vaqtda quvurlarning tashqi sirti tutun gazlarining eng qaynoq oqimlari bilan yuvilib turadi. Shunday qilib qarshi oqimli bug‘ qizdirgichning isish sirtidan eng ko‘p darajada foydalaniladi. To‘g‘ri oqimli bug‘ qizdirgichlarda (14.7-rasm, b ) quvurlarning birinchi o‘ramlari (bug‘ning yo‘li bo‘ylab) eng issiq tutun gazlari bilan yuviladi. Bunda tutun gazlarining temperaturasi asta sekin pasayadi, bug‘ning temperaturasi esa ko‘tariladi. Buning natijasida gaz bilan bug‘ning temperaturasi dastlab bir-biridan katta farq qiladi. Oxirida esa bu farq juda kichik bo‘ladi. Agar bunda bug‘ qizdirgichga nam bug‘ kiradigan bo‘lsa, u holda namlik bug‘langanda bug‘ tarkibidagi tuzlar quvurlarning gazlar juda kuchli qizdiradigan qismlariga o‘tirib qoladi, bu bug‘ qizdirgich quvurlarining ortiqcha qizib ketishiga olib keladi.


Kombinatsiyalashgan bug‘ qizdirgichlar hozir eng ko‘p qo‘llanilib kelinmoqda. Bunday bug‘ qizdirgichlarining bir qismi qozon agregatining radiatsion qismida, qolgan qismi konvektiv qismida joylashgan. Radiatsion qism o‘txonaning jadal yonish sohasining yuqori qismiga joylashtiriladi va issiqlikni nurlanish va konvektsiya tufayli o‘ziga oladi (14.8-rasm)



Download 8,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish