Kurs ishining dolzarbligi: O’zbekistоn Respublikasida amalga оshirilayotgan ta’lim sоhasidagi islоhоtlar o’ziga xоs jamiyati hayotini yangilashda muhim o’rin tutadi.
Oliy ta’limda ta’lim olayotgan iqtidorli o’quvchilarni maqsadli tayyorlash va ularning noyob iste’dodini ro’yobga chiqarish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalarni joriy etish zarurati paydo bo’ladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da qayd etilganidek: «oliy ta’lim talabalariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratildi». Ushbu yo’nalishlarda dunyoning turli mamlakatlari mutaxassislari kabi respublikamiz mutaxassislari ham samarali izlanishlar olib bormoqda. Ular tomonidan turli tavsiyalar, maxsus psixologik, pedagogik testlar, iqtidorli o’quvchilarni maqsadli tayyorlashga mo’ljallangan maxsus o’quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar, o’quv ijodiy, tarbiyaviy muammolar yechimlari ishlab chiqilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |