Ekonomayzer komponovkasi:
a — qozonning yon tomonidan ko‘rinishi; b — qozonning old tomonidan ko‘rinishi. 1 — baraban; 2 — ta’minot suvini barabanga yetkazib beruvchi quvurlar; 3 — ekonomayzer; 4 — kirish kollektorlari.
Bug‘ unumdorligi D, t/s (yoki kg/s) — bir soat mobaynida qozonda hosil bo‘lgan bug‘ miqdori.
Zamonaviy IESlarda soatiga 1000, 1650, 2650 va 3950 tonnagacha bug‘ ishlab chiqaradigan qozon agregatlari ishlatiladi.
O‘ta qizigan bug‘ ko‘rsatkichlari uning bosimiga va haroratiga bog‘liq. IESda o‘rnatiladigan qozonlar, bosimi bo‘yicha uch xilga bo‘linadi: o‘rta (10 MPa gacha), yuqori (14 MPa) va o‘ta yuqori (25 MPa) bosimli qozonlar.
Bug‘ qozoni va bug‘ turbinasi energetik blokni tashkil etadi. IESda quriladigan bloklar 300, 500, 800 va 1200 MVt quvvatiga ega bo‘ladi.
Qozonlar markasida Pbelgisi ko‘rsatilsa, u to‘g‘ri oqimli, E — tabiiy sirkulatsiyali, Pr — majburiy sirkulatsiyali, Pp — to‘g‘ri oqimli oraliq bug‘ o‘taqizdirgichli, Ep — tabiiy sirkulatsiyali oraliq bug‘ o‘taqizdirgichli qozon bo‘ladi.
Masalan, P—950—255 markali qozon quyidagini bildiradi:
to‘g‘ri oqimli, bug‘ unumdorligi soatiga 950 tonna, o‘ta qizigan bug‘ bosimi 25 MPa (255 kgs/sm2), qattiq yoqilg‘i ishlatiladi.
Agar markadan keyin Mbelgisi ko‘rsatilsa — suyuq yoqilg‘i, G — gaz, GM — gaz va mazut ishlatiladi.
Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, O’zbekistn Respublikasi sharoitida IESlar elektr va issiqlik energiyasini olishning eng qulay variant hisoblanadi. Chunki O’zbekiston nisbatan continental, salqin mintaqa bo’lganligi tufayli IESlar normal sharoitda yaxshi ish ko’rsata oladi. O’zbekiston sharoitida har ikkala turdagi IESlar keng foydalaniladi. Chunki elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojga teng miqdorda issiqlik energiyasiga bo’lgan ehtiyoj ham mavjud sanaladi.
Elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻlamiga qarab, issiqlik elektr stansiyasi tuman, sanoat korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xoʻjalikda, t.-yil transportida foydalaniladigan xillarga boʻlinadi. Issiqlik elektr stansiyasi yaxlit elektr tizilmalarga birlashtirilib yoki alohida ishlatilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida AES qurilishi rejalashtirilgan. Lekin hali qurilishi noma’lum bo’lganligi tufayli IESlarga talab yuqori. Shuning uchun mamlakatimizda IES energiya bloklari jadal ravishda rivojlanib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
“Issiqlik elektr stansiyalarining bug’ qozon qurilmalari” R.F. Mingazov, K.S.Sultonov, R.A. Xo‘janov.
“Issiqlik va atom elektr stansiyalari” B.X Yunusov, Sh.Y Samadova.
“Issiqlik elektr stansiyalari.” “ Islom Karimov nomidagi TDTU” energetika uslubiy qo’llanma.
www.ziyoNet.com
www.wikipedia.org
www.google.com
Ahatqulov Anvar
Do'stlaringiz bilan baham: |