Issiqlik elektr stansiyalari turlari va chizmalari



Download 354,38 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2022
Hajmi354,38 Kb.
#676388
  1   2   3
Bog'liq
ies m-2


Mavzu:”Issiqlik elektr stansiyalari turlari va chizmalari”
Reja:

  1. Issiqlik elektr stansiyalari haqida tushuncha.

  2. Issiqlik elektr stansiyalarining turlari.

  3. Issiqlik elektr stansiyalari tuzilish va ishlash tartibi.


Issiklik elektr stansiyalari (IES) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi.
Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylap girilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning foydali ish koeffitsiyenti 30% ga tengdir. Foydali ish koeffitsiyenti qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IESni kondensatsiyey elektr stansiyalari (KES) deyiladi va ularda foydali ish koeffitsiyenti qiymati h=30—35% gacha koʻtariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi. IESlar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. Stansiya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha 100 km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish liniyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi.
Elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻlamiga qarab, issiqlik elektr stansiyasi tuman, sanoat korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xoʻjalikda, t.-yil transportida foydalaniladigan xillarga boʻlinadi. Issiqlik elektr stansiyasi yaxlit elektr tizilmalarga birlashtirilib yoki alohida ishlatilishi mumkin.
Issiqlik elektr stansiyasi 19-asr 80-yillarida kurila boshlagan. Ilk issiqlik elektr stansiyasi New Yorkda qurilgan (1882). Rossiyada dastlabki issiqlik elektr stansiyasini muhandis M. K. Polivanov Moskvada qurgan (1906). Oʻzbekistonda dastlabki issiqlik stansiyasi 20-asr boshlarida qurilgan. Oʻzbekistonda 10 ta issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi (2002). Respublikadagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi — Sirdaryo GRES (3000 MVt), Yangi Angren GRES (1800 MVt), Toshkent GRES (1860 MVt), Navoiy GRES (1250 MVt), Angren GRES (484 MVt), Taxiatosh GRES (430 MVt), Talimarjon GRES (loyiha quvvati 3200 MVt) (Nuristan). Issiqlik elektr stansiyasi avtomatlashtirilgan korxona. Qozon agregatlarida yoqilgʻi yonish jarayonlari, qozonni suv bilan taʼminlash, tok kuchlanishi va chastotasini rostlash toʻla avtomatlashtirilgan. Issiqlik elektr stansiyasi agregatlari markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr stansiyalari ham issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi.
Issiqlik elektr markazi (IEM) — elektr energiyasi bilan birga issiq suv va bugʻ ishlab chiqaradigan isiqlik elektr stansiyasi. Asosiy energetik agregatlari qatoriga suv yuradigan quvur (truba) lar batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbinalari, turbogeneratorlar va bugʻ turbinalarida ish bajargan issiklikni isteʼmolchilarga yuboradigan qurilmalar kiradi. IEM larda qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi organik yoqilgʻilar aj-ratgan issiklik qozon tizimida suvni yuqori bosimli bugga aylantiradi. Bugʻ bosimi tatlirida turbinalarning parraklari generatorlarni harakatga keltiradi, natijada issiklik energiyasi turbina (bug’ dvigateli) vositasida mexanik energiyaga aylanadi, generator esa uni elektr energiyasiga aylantiradi. IEM ning f. i. k. issiqlik elektr stansiyalarinikiga nisbatan keskin yuqori, yaʼni t|=60—70% ga teng . Bunga erishish uchun IEM turbinalaridan oʻtib ish bajargan bugʻning bir qismigina sovitkichlar vositasida qayta suvga aylantirilib qozon tizimiga yuboriladi, qolgan qismi esa sanoat korxonalari ehtiyojlariga hamda uyjoylarni isitishga sarflanadi. IEM butun shahar, tuman mikyosida sanoat korxonalarini, turar joy binolarini, maishiy muassasalarni elektr energiyasi, issiq suv bilan taʼminlash va isitishga xizmat qiladi. Faqat elektr energiyasi ishlab chikaradigan issiklik elektr st-yalariga nisbatan IEM iqtisodiy jihatdan ancha tejamli, unda 20—25% yoqilgʻi kam sarflanadi, qulay. Turbinalardan sanoat korxonalariga beriladigan bugning mutlaq bosimi 8—16 at, isitish uchun beriladiganiniki 0,5—2,5 at. IEM da yoqilgʻi sifatida koʻmir, gaz, mazut va b. ishlatiladi. Ularda temperaturasi 565°, bosimi 130 at. gacha boʻlgan burdan foydalaniladi. IEMning ishi avtomatlashtirilgan. Gaz turbinalari va yadro elektr styalarini ham IEM tipida qurish mumkin.
Issiqlik elektr stansiyasi (IES) — organik yoqilg‘i yonganda ajraladigan issiqlik energiyasini o‘zgartirish natijasida elektr energiyasi ishlab chiqaradigan energetik qurilmadir.
IESquyidagi turkumlarga ajratiladi: foydalaniladigan yoqilg‘ining turiga qarab — qattiq, suyuq, gazsimon va aralash yoqilg‘ilarda ishlaydigan stansiyalar; issiqlik dvigatellari turiga qarab — bug‘ turbinali (bug‘ turbinali elektr stansiyalar), gaz turbinali (gaz turbinali elektr stansiyalar) va ichki yonuv dvigatelli (dizel elektr stansiyalar); iste’molchilarga beriladigan energiya turiga qarab — kondensatsion elektr stansiyalar va issiqlik elektr markazlari; quvvat berish grafigiga qarab — asosiy (yil bo‘yi bir me’yorda quvvat beradigan) va cho‘qqi (keskin o‘zgaradigan grafik bo‘yicha ishlaydigan) stansiyalar. Ba’zan, atom elektr stansiyalar, gelio elektr stansiyalar, geotermik elektr stansiyalar ham shartli ravishda IESlar deb ataladi.
Shuni hisobga olish lozimki, issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasining taxminan 99%i bug‘ turbinasi elektr generatorni harakatlantiruvchi issiqlik elektr stansiyasidir. Bug‘ turbinali elektr stansiyalar — kondensatsion elektr stansiyalarga va issiqlik elektr markazlariga bo‘linadi.
Kondensatsion elektr stansiyalari faqat elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Issiqlik elektr markazlari esa elektr energiyadan tashqari issiqlik energiyasini ham beradi.
Kondensatsion elektr stansiyasi (a) va issiqlik elektrmarkazining (b) chizmasi:
1 — bug‘ qozoni; 2 — bug‘ turbinasi; 3 — elektr generatori; 4 — kondensator; 5 — kondensat nasosi; 6 — ta’minlov nasosi; 7 — past bosimli isitgich (PND); 8 — yuqori bosimli isitgich (PVD); 9 — deaerator; 10 — suv isitgich; 11 — sanoatga beriladigan bug‘; 12 — suv tayyorlash
qurilmasi.


Download 354,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish