O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim Vazirligi
Toshkent Kimyo – Texnologiya Instituti
Oziq – Ovqat Mahsulotlari Texnologiyasi fakulteti
AB-yo’nalishi 38-18 – guruh talabasining
Texnologik jarayonlarni modellashtirish , optimallashtirish va avtomatlashtirish fanidan
HISOBOT
Labaratoriya ishi – 3
ISSIQLIK ALMASHISH JARYONLARINI MODELLASHTIRISH VA SINTEZ QILISH
(BUG‘ QOBIG‘I BOR GIDRAVLIK IDISH)
Bajardi: Xamidullayeva Zebo
Tekshirdi : Jabborov A.
Ishning maqsadi.
Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishda ketayotgan jarayonlarni modellashtirish.
Masalaning qo‘yilishi va nazariy asoslari.
Texnologik jarayonlarni modellashtirishda odatda kimyoviy kibernetikaning tizimli tahlil qilish usulidan foydalaniladi. Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishni modellashtirishda ham tizimli tahlil qilish usulini qo‘llab, avval uning «elementar» jarayonlarini aniqlab olish kerak. Ularni chuqur o‘rganib, oqimlarni gidrodinamik strukturasini hisobga olgan holda, bu «elementar» jarayonlarning matematik ifodalari tuziladi, so‘ngra ularni bir tenglamalar sistemasiga birlashtirib, butun texnologik jarayonning matematik modeli tuziladi. Matematik modeldagi tenglamalarni ko‘rinishiga qarab hisoblash usuli tanlanadi va kompyuterda yechish uchun dastur tayyorlanadi.
Isitgichga (Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idish) modda G1 sarf va T1 temperatura bilan beriladi va G2 sarf va T2 temperatura bilan chiqib ketadi.
3.1 - rasm Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idish
Chiqishdagi temperatura T2 butun apparat xajmidagi temperatura bilan bir xil bo‘ladi, chunki, idishdagi oqimlarning gidrodinamik strukturasini ideal aralashtirish modelidagidek deb qabul qilish mumkin (bunda, modda temperaturasi, idishning har bir nuqtasida bir xil bo‘ladi.)
Bug‘ qobig‘idagi bosim Pp va bug‘ temperaturasi Tp.
Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishda ketayotgan jarayonlarni modellashtirishda, quyidagi “elementar” jarayonlarni ajratish mumkin:
1. Idishda moddaning yig‘ilish jarayoni;
2. Bug‘ning agregat holatini o‘zgarish (isitgich devorida kondensat hosil bo‘lish) jarayoni;
3. Gidravlik idish devorini isish jarayoni;
4. Idishdagi moddaning isish jarayoni.
Matlabda masalani yechish
Scope da chiqgan natija grafiklari :
Xulosa : Tenglamalarni bir tenglamalar sistemasiga birlashtirib, bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishda ketayotgan jarayonning matematik modelini oldik.
Bu tenglamalar sistemasidagi differensial tenglamalarni yechishda Eyler usulidan foydalanib, masalani yechish ketma-ketligini aniqlaymiz va masalani yechish blok- sxemasini tuzdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |