5.3. Poldan isitish
Poldan isitish sistemasining konstruktiv tuzilishi tamoyili jihatdan shiftdan isitish qurilmasidan farq qilmaydi. Isitish quvurining issiqlik inertsiyasini kamaytirish maqsadida beton qatlam ichiga 6-7 sm chuqurlikka joylashtiriladi, agar xona faqat isitishga mo’ljallangan bo’lsa, unda izolyatsiyalanadi. Sistemaning montajini osonlashtirish uchun isitiladigan qatlamga polning tayyor konstruktsiyasi joylanadi (5.5-rasm). (5.6-rasm) da boshqa yechimning kesimi berilgan. Odamlar bino ichada uzoq vaqt bo’lishga mo’ljallangan bo’lsa, maksimal o’rtacha temperatura pol sirtida sanitariya nuqtai nazaridan 260C dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |