Narvaes «fuqarolik gvardiyasi» (1843) va 1845 yil Konstitutsiyasi kabi hokimiyatni boshqarishning shunday vositalarini yaratdiki, ular ijro hokimiyatiga juda katta imkoniyatlar berdi. Natijada hokimiyatda turgan guruhning tanish-bilish va poraxo‘rlikka berilishi, ma’naviy tubanlashish jarayoni yuz berdi. Ulardan keyin hokimiyatga qaytgan Espartero va «Liberal ittifoq» etakchisi 0'Donneli Andalusiyadagi xalq g‘alayonlarini bostira olmaganlikda ayblanib, hokimiyatdan chetlatildi. SHundan so‘ng birin-ketin hokimiyatga kelib ketgan turli partiya vakillari mamlakatdagi ahvolni o‘zgartirmadi. Amalda hokimiyatni qirolichaning ko‘plab jazmanlari boshqardi. Ulardan biri, hukumatni boshqargan San Luis 1854 yili dekret imzolab, xazina bo‘shab qolganligi tufay-li aholidan soliqlarni olti oy oldin yig‘ishni buyurdi. Ilgari hech qachon bunday bo‘lmagandi. Buning ustiga o‘zining jo‘shqin va behayo shaxsiy hayoti tufayli el og‘ziga tushgan qirolicha ko‘pchilik tomonidan taxt uchun «noma’qul» deb topildi. Madrid, Barselona, Valensiya va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida inqilobiy xuntalar tashkil qilinib, konstitutsiya joriy qilish uchun ku-rash boshlandi. Qirolicha 1868 yil 30 sentyabr kuni Fransiyaga qochib ketdi. 18 oktyabr kuni Muvaqqat hukumat tashkil qilinib, unga rahbarlik qilgan Serrano va Prim korteslar yigilishini chaqiradi. Anchagina demokratik bo‘lgan va ayni paytda monarxiya-ni ma’qullagan yangi konstitutsiya ishlab chiqildi. Taxtga Italiya qirolining o‘g‘li Amadey Savoyskiy taklif qilindi. Amadey Ispaniyaga kelgan kuni general Prim o‘ldirildi. Qarama-qarshi guruhlar o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash, fitna va ig‘volar bilan qo‘shib olib borildi. CHet ellik qirolni karloschilar tan olishni istamadilar, taxtga don Karlosning o‘g‘li - kichik don Karlosni o‘tqazish uchun 1872-1876 yillari kurash olib bordi. Respublikachi-lar bo‘lsa, monarxiya o‘rniga respublika e’lon qilinishini talab qildilar. Oqibatda yolg‘izlanib qolgan Amadey Savoyskiy 1873 yil fevralda taxtdan voz kechib, Italiyaga qaytib ketdi. Korteslar oldida qanday davlat tuzumini o‘rnatish masalasi turardi. Depu-tatlarning aksariyatini monarxistlar tashkil qilsada, parlament binosini o‘rab olgan xalq bosimi ostida 1873 yil 11 fevral kuni Ispaniya respublika deb e’lon qilinib, federalizm sari yo‘l tu-tiladi, kataloniyalik Pi-i-Margall prezident qilib saylan-di. Biroq kuchsiz markaziy hokimiyatdan norozi bo‘lgan va mamlakatning bo‘linib ketishidan xavfsiragan kuchlar general Paviya boshchiligida 1874 yil 3 yanvar kuni korteslarni tarqatib yubordi. Muvaqqat diktatura Restavratsiya uchun asos tayyorladi. Izabellaning o‘g‘li Alfons XII tajribali ustozi, «liberal kon-servator» Kanovas del Kastilo hamrohligida 1874 yil dekabrda Angliyadan etib keldi va Ispaniya qiroli deb e’lon qilindi.
Restavratsiya davri (1875-1917) quyidagi bilan xarakterlanadi: hokimiyatda ikki partiya - konservatorlar va liberallar bir-birini almashtirib turdi. Muxolifatda bo‘lgan karloschilar va respublikachilar real kuchga ega emasdilar. So‘zsiz o‘ta qobiliyatli bo‘lgan Kanovas inqilobiy bo‘hronli olti yildan so‘ng Ispaniyada demokratik bo‘lmasada, barqaror va bardavom siyosiy tizimni joriy qila oldi. 1885 yili yosh qirol vafot etdi. Qirolicha qirol vafotidan so‘ng tug‘ilgan o‘g‘liga regent bo‘lib qoldi.
Ikki yirik partiya vakillari kelishuvga erishib, liberal Sagasta hukumatga boshliq bo‘ldi. Ammo hukumatning barcha harakatlari halokatning oldini ololmadi. Ispaniya Kubaning o‘z mustaqilligini e’lon qilishiga va Filippindagi qo‘zg‘olonga qarshilik qilolmadi, AQSHning aralashuvi esa aslida Ispaniyaning qanchalar kuchsiz va ilojsiz ekanligini namoyish qildi. Qachonlardir eng yirik bo‘lgan mustamlaka imperiyasining sharmandalarcha barham topishi Ispaniyada ziyolilar muxolifatining hamda Kataloniya aholisi va basklarning faollashuviga olib kel-di. Katta o‘zgarishlar davri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |