Ispaniya XVII asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshida.
Reja: Ispaniya Napoleon urushlari davrida.
XIX asrda Ispaniyadagi inqiloblar.
1) XIX asr Ispaniya tarixini qiziqarli, ayni paytda zerikarli fitnalar zanjiridan, komediya va dramalardan iborat deb hisoblashadi, ba’zi ispan tarixchilari. Bunga asos bo‘lgan voqealar va ularning xarakterli tomonlarini qarab chiqamiz.
1807 yilga kelib Ispaniyadagi fransuz qo‘shinlarining soni 50 ming kishiga etdi. Voqealarning keyingi rivojidan xavfsiragan qirol oilasi va birinchi vazir Manuel Godoy Janubiy Amerikaga qochishga chog‘landi. Ammo bundan xabar topgan xalq 1808 yil 19 mart kuni ispan qirollarining yozgi qarorgohi Aranxuesda qo‘zg‘olon ko‘tardi. Natijada qirol Karl IV o‘g‘li Ferdinand foydasiga taxtdan voz kechdi. Taxtga Ferdinand VII keldi.
Bu orada (aprel oyida) Napoleon Ispaniyaga tashrif buyuradigan bo‘ldi va qirol oilasi Godoy hamrohligida unga peshvoz chiqish uchun Fransiya hududidagi chegara shahar Bayonnaga keldi. Bunday qulay vaziyatdan ayyorona foydalangan Napoleon avval Ferdinandning taxtga kelishini qonunsiz deb e’lon qildi va taxtga Karl IV ning o‘zini qaytardi. Ammo u ham o‘sha kuniyoq Napoleon foydasiga taxtdan voz kechganligi to‘g‘risidagi hujjatni imzolashga majbur qilindi. Napoleon ukasi Jozef Bonapartni Ispaniya qiroli deb e’lon qildi.
Ispan qirollarining roziligi bilan mamlakat ustidan Naoleon nazoratining o‘rnatilishi ispan xalqi uchun ma’qul tushmadi. Bayonnaga Ispaniyaning butun qirollik oilasini to‘plagan apoleon hali Ispaniyada qolgan Karl IV ning kichik o‘g‘lini ham olib kelishni buyurganida, minglab xalq uning oldiga chiqdi va 1 may kuni fransuzlarga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi. Qo‘zg‘olonni yustirishda Madriddagi 25 ming kishilik fransuz ko‘shinlari hatnashdi. 3 may kuni qo‘zg‘olon bostirildi. Dahshatli o‘ch olish eoshlandi. Minglab kishilar otib tashlandi. Madriddagi Puetra del Sol («Quyosh darvozasi») maydonida qo‘zg‘olonchilarni otish karayoni buyuk ispan rassomi F.Goyyaning mashhur asarida tasvirlangan.
Hali mag‘lubiyat nimaligini bilmaydigan Napoleon Madriddagi voqealarga katta e’tibor bermadi. U Ispaniyaning yuqori doira vakillarini Bayonnaga yig‘ib, ularga ispan konstitutsiyasini yozdirdi. Konstitutsiya Napoleon tafakkurining mahsuli bo‘lib, unda parlament tuzish, ichki bojxonalarni bekor qilish, qonunlar kodeksini joriy qilish, qiynoqqa solishlarni bekor qilish kabi bir qancha o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan edi. Konsti-tutsiya katta progressiv ahamiyat kasb etsada, ko‘plab ispanlarning diniy-monarxistik qarashlariga mos kelmas edi. Ferdinandning taxtdan ag‘darilishi, chet ellikning qirol deb e’lon qilinishi, harbiy okkupatsiya va ispan an’analarining buzili-shi shunga olib keldiki, xalq mamlakat mustaqilligini tiklash va Ferdinandni taxtga qaytarish uchun bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olonga ko‘tarildi. Ispan provinsiyalari birin-ketin xalq lashkarlarini tuzib, bosqinchilarga qarshi mardonavor kurasha boshladilar. Vatanparvarlik hissi va jasorat shu darajada kuchli ediki, yomon qurollangan va tayyorlanmagan xalq lashkarlari butun Evropani egallagan fransuz qo‘shinlaridan ustun kela boshladi. Saragosa shahrining himoyasi afsonaga aylanib ketdi. Uning himoyachilari haqiqatdan oxirgi tirik odam qolguncha kurashdilar. Fransuz marshali Lann Napoleonga yuborgan axbo-rotida Saragosa himoyachilaridek jasoratli jangchilarni hali hech qachon ko‘rmaganman, deb yozgan edi. Ispaniyaning janubida ham Jeron shahrini himoya qilganlar shunday jasorat bilan kurashdilar. Baylen shahri yaqinida yirik fransuz garnizoni taslim bo‘ldi.
O‘z marshallari va generallarining harakatlaridan noro-zi bo‘lgan Napoleon Ispaniyaga qarshi qo‘shinlarini shaxsan o‘zi boshqarishga qaror qildi. U Ispaniya poytaxtini egallashga muvaffaq bo‘ldi. Napoleon shu erda inkvizitsiyani va pomeshchiklarning huquqlarini bekor qilish, monastirlarni yopish to‘g‘risida dekret imzoladi. Ammo xalq o‘z dushmanlari qo‘lidan hech qanday engillik olishni istamadi va urushni davom ettirdi. Urush Ispaniyada gerilya deb atalgan partizanlar urushi ko‘rinishini oldi. Fransuzlar Ispaniyaga 300 ming kishilik qo‘shin jo‘natdi, ammo xalq ruhini sindira olmadi. Keyinchalik Rossiyada yakunlangan «Buyuk armiyaning» harbiy mag‘lubiyati Ispaniyada boshlangan edi.