Ispaniya XVII asrning ikkinchi yarmi XX asr boshida



Download 59 Kb.
bet2/4
Sana28.01.2021
Hajmi59 Kb.
#56901
1   2   3   4
Bog'liq
Ispaniya seminar

Mustaqillik uchun urush bilan bir vaqtda mamlakat tarixida birinchi inqilob ham boshlanib ketdi. Qirollik oilasining barcha a’zolari fransuzlarda asirda edi. Mamlakatni boshqarayotgan Markaziy xunta dushmanga qarshi kurashda qat’iyat ko‘rsatmadi va mamlakatda kutilgan o‘zgarishlarni amalga oshirmadi. Natijada undan xalqning noroziligi ortib bordi. Monarxiyani konstitutsion tartibot bilan almashtirishni istagan progressiv kuchlar 1810 yili korteslarga (parlament) saylovlar o‘tkazdi va konstitutsiyani ishlab chiqib, 1812 yil mart oyida qabul qildi. Parlament Kadis shahrida yig‘ilganligi uchun (poytaxt Madrid fransuzlar qo‘lida edi) konstitutsiya Kadis konsti-tutsiyasi nomini oldi.

Kadis konstitutsiyasi xalqni hokimiyatning birdan bir va oliy manbai deb e’lon qildi. U hokimiyatning bo‘linishini ko‘zda tutgan bo‘lib, bir-biridan mustaqil qonun chiqaruvchi organ (parlament), ijro hokimiyati (qirol va hukumat) hamda sud hokimiyatini belgilab berdi. Qonunchilik hokimiyati bir palatali korteslarga tegishli bo‘lib, ular 25 yoshga to‘lgan barcha erkaklar tomonidan saylanar edi. Hukumatni qirol shakllantiradi, ammo u parlamentdagi ko‘pchilikning ishonch votumini olishi kerak bo‘ladi. Korteslar bir yilda kamida uch oy yig‘ilish o‘tkazadilar, qirol muddatidan oldin parlamentni tarqatib yubora olmaydi, biroq parlament qabul qilgan qarorlar ham qirol tasdig‘idan o‘tishi lozim edi. Qabul qilingan konstitutsiya progressiv ahamiyatta ega bo‘lib, uzoq yillar o‘plab mamlakatlarning inqilobchilari uchun namuna bo‘lib xizmat qildi.

Napoleon Rossiyaga hujum qilishi bilan Ispaniya Rossiyaning ptifoqchisiga aylandi. 1812 yili Velikie Luki shahrida ikki davlat o‘rtasida Napoleonga qarshi urushda ittifoqchilik va do‘stlik go‘g‘risida shartnoma imzolandi. 1813 yili fransuz qo‘shinlari ispanlar va ularning ittifoqchisi bo‘lgan inglizlar tomonidan tor-mor qilindi. Ispaniya erlari bosqinchilardan ozod qilindi. Mustaqillik uchun olib borilgan qahramonona kurash yakunlandi. Fransiyadagi asirlikdan qirol Ferdinand VII qaytib keldi. Ispanlar uni xalq himoyachisi deb atagandi, ammo tez orada ular xato qilganligi ma’lum bo‘ldi.

2) Ferdinand VII-ning (1814-1833) siyosati zolimona va omadsiz edi. U taxtga qaytishi bilan korteslarni tarqatib yubordi, 1803-1813 yillari Ispaniyada qabul qilingan barcha qonunlarni va Konstitu-siyani bekor qildi, o‘zini absolyut monarx deb e’lon qildi, inkvizitsiya va barcha monastirlarni tikladi, mamlakatga iezuitlarni qaytardi, inqilobchilarni qatl ettirdi va turmalarga tashladi. Uning tartiboti mamlakatda nafrat uyg‘otdi. 1812 yil-gi yaratuvchanlik harakatining barbod bo‘lganligi ochiq-oydin ko‘rinib qoldi; Ispaniya mustamlaka imperiyasi maqomini uzil-kesil yo‘qotdi.

Mamlakatda aholining turli qatlamlarini birlashtirgan liberal partiya tuzilib, hukumatga qarshi eng asosiy kuch armiya bo‘lib qoldi. Ammo ularning chiqishlari 1820 yilgacha biron bir natija bermadi.

1814-1820 yillari amalda mamlakatni saroy kamarilyasi boshqardi. Generallar va partizanlar doimiy qo‘zg‘olon ko‘tarardi. Bogotani dahshatga solgan general Morilo Kolumbiyaning ozod bo‘lishiga qarshilik qila olmadi. Mashhur «liberal uch yillik» 1820 yildan 1823 yilgacha davom etdi. Odatda tinch bo‘lgan Kadis shahrida isyon etilib kelayotgan bo‘lib, uning o‘chog‘i mustamlakachi ekspeditsion korpus edi. Uning boshlig‘i polkovnik Rafael Riego

Andalusiyada Milliy armiya tuzib, 1812 yilgi konstitutsiya tik-langanligini e’lon qildi. 1820 yil 7 mart kuni Madrid aholisi kurashga qo‘shildi. Bu erdagi harbiy qismlar ham qo‘zg‘olonchilarni qo‘llab chiqdilar. Qo‘rqib ketgan qirol 10 mart kuni konstitu-siya tiklanganligi to‘g‘risidagi dekretga imzo chekdi. Burjuaziya «1812 yil kishilari» qaytganligini qizg‘in qutladi. Ular inkvizitsiya tribunali binosida qamoqda yotgan kishilarni ozod qildi va qirolni bir qator progressiv dekretlarni imzolashga majbur qildi.


Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish