Ispaniya XVII asrning ikkinchi yarmi XX asr boshida



Download 59 Kb.
bet3/4
Sana28.01.2021
Hajmi59 Kb.
#56901
1   2   3   4
Bog'liq
Ispaniya seminar

Ammo Madridda «eksaltados» tarafdorlarining faol harakati tufayli «moderados» hukumati inqirozga uchradi. 1822 yil iyulda qirol Madridda mustabid, kelishmaydigan «apostollik» regentlik joriy qilib, monarxiyani tiklashga urinib ko‘rdi. Qirol bu bilan Evropani cho‘chitmoqchi edi, xolos. Bu ish amalga oshmagandan so‘ng u chet elning yordamisiz inqilobni bostirish mumkin emasligiga amin bo‘ldi. Vena kongressida SHatobrian Is-paniyaga bostirib kirishning zarurligi haqida gapirdi. Muqaddas ittifoqning qaroriga ko‘ra fransuz ko‘shinlari (taxminan 100 ming kishi) Ispaniya hududiga kiradi. Bosqinchilar yordamida o‘zining barcha huquqlarini tiklagan qirol Ferdinand VII liberal qonunlarni to‘liq bekor qildi.

1823 yildan 1833 yilgacha bo‘lgan voqealar Ispaniya tarixida «sharmandali o‘n yillik» deb ataladi (ispan liberallari shunday atashgan). Rafael Riego va uning tarafdorlari qatl qilindi. Riego o‘limni matonat bilan qabul qildi. «Men, - dedi u, - hayotdan rozi bo‘lib o‘layapman, chunki bilamanki, vatanparvarlarning to‘kilgan qoni kelajakdagi qahramonliklar uchun o‘zining ijobiy ta’siri-ni ko‘rsatadi».

1825 yili xalq orasida judayam mashhur bo‘lgan partizan Empesinado, 1826 yili Basan, 1831 yili Ferdinand VII hukumatiga qarshi qo‘zg‘olonga tayyorlanayotgan guruh topshirig‘iga ko‘ra «Qonuniylik, Ozodlik, Tenglik» shiorini olg‘a surgan Torrixos va Mariana Pineda ham otib tashlandi.

XIX asr boshlarida Ispaniyada bo‘lib o‘tgan inqiloblar uning ijtimoiy-iqtisodiy tizimida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmadi. 1823 yilning oxirida fransuz qo‘shinlari yordamida mamlakatda feodal-mustabid tuzum tiklandi. Inqilob yillarida amalga oshirilgan barcha progressiv islohotlar bekor qilindi. Ispaniya avvalgidek qoloq agrar mamlakat bo‘lib qolaverdi. Kuchli feodal qoldiqlar sanoat va savdoning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan edi. Ayrim hudularda qadimgi fueros ('mahalliy erkiyushklar), ularga biriktirilgan iqtisodiy va siyosiy imtiyozlar saqlanib qolayotgan edi.

1833 yili qirol Ferdinand VII vafot etdi. Uning vasiyatiga binoan korteslar uning uch yoshli qizi Izabellani qirolicha, onasi Mariya-Kristinani esa regent deya tan oldilar. Biroq marhum qirolning ukasi Don Karlos burbonlarning qadimgi an’analariga va «Sali haqiqatiga» asoslanib, vasiyatni tan olishdan bosh tortdi hamda hokimiyatni egallash maqsadida qo‘zg‘olon ko‘tardi. Tarixda karloschilar urushi deb nom olgan o‘zaro urush boshlandi. Mariya-Kristina hukumati kapitalistik taraqqiyot bilan bog‘langan zo-dagonlarning manfaatlarini himoya qildi. Don Karlos atrofida absolyutizm tarafdorlari birlashdi. Birinchi karloschilar urushi etti yil davom etib, asosan Ispaniyaning shimolini hamda Navarra, Kataloniya va Valensiyani qamrab oldi. Qo‘zg‘olonchilar Madridga faqat bir marta, 1838 yili xavf soldilar. Bunday sharoitda Mariya-Kristina liberallar bilan hamkorlik qilishga maj-bur bo‘ldi. 1834-1835 yillari hukumatni Martines de La Rosa boshqardi. U 1834 yili Mariya-Kristinaning hokimiyatini mustahkamlovchi «Qirollik statuti» deb ataluvchi konservativ konstitutsiyani joriy qildi. 1835 yili hukumat boshlig‘i etib Riegoning safdoshi Xuan Mendisabal tayinlandi. U bir qator progressiv islohotlarni amalga oshirdi. 1836 yili bir guruh katta ofitserlar 1812 yilgi Kadis konstitutsiyasini qabul qildirishga erishdilar. Biroq Mariya-Kristina 1837 yili uni mo‘‘tadil «statut» bilan almashtirdi. Ammo butun xalqning talabiga ko‘ra Mariya-Kristina barcha vakolatlaridan mahrum qilindi va 1839 yili Fransiyaga qochib ketdi. Regent qilib general Espartero tayinlandi. Bu orada 1843 yili qirolicha Izabella II balog‘at yoshiga etadi. Bundan moderados hukumati foydalanib qoldi. Gonsales Bravo va


Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish