SB deb belgilanuvchi ikkinchi xilida esa spiral shahobchalar, yadro o’rnida diametr bo’ylab cho’zilgan ko’priksimon strukturaning uchlaridan boshlanadi. Spiral galaktikalar, yenglarining rivojlanish darajasiga ko’ra, yana qo’shimcha Sa, Sb, Sc sinflarga bo’linadi. - SB deb belgilanuvchi ikkinchi xilida esa spiral shahobchalar, yadro o’rnida diametr bo’ylab cho’zilgan ko’priksimon strukturaning uchlaridan boshlanadi. Spiral galaktikalar, yenglarining rivojlanish darajasiga ko’ra, yana qo’shimcha Sa, Sb, Sc sinflarga bo’linadi.
- Spiral va elliptik galaktikalar oralig’idagi (strukturaga ko’ra) galaktikalar linzasimon galaktikalar (SO) tipini tashkil qiladi.
- S galaktikalar markaz atrofida differensial tarzda aylanib, bu aylanish ikki xil deb kelingan:
- - buralib aylanadigan spiral galaktikalar
- - ochilib aylanadigan S galaktikalar
NGC 1300 spiral galaktika - NGC 1300 spiral galaktika
Noto’g’ri galaktikalar - Noto’g’ri galaktikalarda yadro bor yo’qligi bilinmaydi. Shuningdek ular aylanma simmetriyali strukturaga ega emas. Bunday galaktikalarga misol qilib, Katta Magellan bulutini (KMB), Kichik Magellan Bulutini (KichMB) (ular Somon yo’li atrofida kuzatiladi) keltirish mumkin. Noto’g’ri galaktikalarga shuningdek, pekulyar galaktikalar ham kiradi. Bunday galaktikalar uchun umumiy ko’rinish strukturasi mavjud bo’lmay, ularning har biri o’zicha noyob ko’rinishga ega bo’ladi.
- Galaktikadan tashqi tumanliklarning spektri, yulduzlarning spektrini eslatib, yutilish chiziqlaridan tashkil topadi. Ular tarkibiga ko’ra, A, F va G sinflarga kiruvchi yulduzlarnig spektridan faqat ayrim gaz tumanliklarining spektrlarida uchraydigan emission chiziqlari bilan farq qiladi. Bundan kuzatilgan tumanliklar, yulduzlar sistemasi va diffuz materiyadan tashkil topganligi ayon bo’ladi.
NGC6822 Noto’g’ri galaktika Galaktika to’dalari - Bizning Galaktikamiz yakka holdagi avtonom ob'ekt bo'lmay, balki u galaktikalarning mahalliy guruhiga kirishi birinchi bo'lib E.Xabbl tomonidan aytib ketilgan edi. Darhaqiqat, ushbu bashorat oxirgi o'n yilliklar ichida to'la tasdiqlanib, bugun 35 ga yaqin mahalliy galaktikalar fizik va dinamik bog'langan gravitatsion sistemani tashkil qilishi aniqlangan.
- Galaktikalarning mahalliy guruhining o'lchami kamida 2 Mpk 2000 kpk (Galaktikamiz o'lchami optik to'lqinlarda 30 kpk). Ushbu mahalliy guruh MG) tuzilishi bo'yicha shartli ravishda 2 ta kichik guruhning yig'indisidan iborat deyish mumkin:
- Galaktikamiz atrofida tahminan 10 dan ortiq galaktikalardan iborat guruhcha;
- taxminan 20 ta galaktikadan tashkil topgan Andromeda tumanligi (M31) guruhchasi. Ikkinchi guruhcha birinchisiga nisbatan o'lchami va massasi bo'yicha kamida 1,5 marta katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |