19. Qaysi javobda qaralmish fonetik o‘zgarishga uchramagan?
A) ovqat yemoq
B) bizning qishlog‘imiz
C) ilonning zahri
D) hovlimizning bog‘i
20. Egalik, kelishik, -man, -san, -dir qo‘shimchalariga ega bo‘lgan shakllar nima deyiladi?
A) munosabat shakllari
B) lug‘aviy shakl
C) ismlarni kesimga xoslovchi shakl
D) o‘zgarmas shakllar
21. Jon do‘sting jonidan kechsa ham,
Mol do‘sting molidan kechmas.
Munosabat shakllarini yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang.
A) -ing, -dan, -sa, -mas
B) -ing, -i, -dan
C) -ing, -dan
D) -i, -dan, -sa
22. Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi.
Nechta munosabat shakllari mavjud?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
23. Ismlarga qo‘shilib, asos qismida ifodalangan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo‘shimchalarni aniqlang.
A) kelishik qo‘shimchalari
B) egalik qo‘shimchalari
C) shaxs-son qo‘shimchalari
D) qarashlilik qo‘shimchasi
24. Bog‘lamalarni aniqlang.
A) egalik shakllari
B) kelishik shakllari
C) ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi -man, -san, -dir qo‘shimchalari
D) ko‘plik va kichraytirish shakllari
25. Quyidagi shakllarning qay biri II shaxs egalik qo‘shimchasi sanaladi?
A) -ng (-ing), -ngiz (-ingiz)
B) -ng (-ing), -ng (-inglar)
C) -m (im), -miz (-imiz)
D) -i (-si), -(lar)i
26. Qaysi birikmalardagi egalik qo‘shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini bildirmaydi?
1) Alisher Navoiy bog‘i, Bobur bog‘i
2) o‘qish kitobi, Jizzax viloyati
3) Orol dengizi, Mustaqillik bayrami
A) faqat 2 B) 1,3 C) faqat 1 D) 1,2,3
27. Tuni bilan mijja qoqmadi.
Mazkur gapda nechanchi shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘llangan?
A) II shaxs egalik qo‘shimchasi
B) mazkur gapdagi III shaxs egalik qo‘shimchasi so‘zda yaxlitlanib qolgan va o‘z vazifasini yo‘qotgan
C) III shaxs egalik qo‘shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalagan
D) III shaxs birlikdagi egalik shakli qo‘llangan
28. Sifatdosh va harakat nomlari tarkibidagi egalik qo‘shimchasi qanday ma’noni bildiradi?
A) shaxsga qarashlilik ma’nosini bildiradi
B) xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini bildiradi
C) harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi
D) yaxlitlanib o‘z vazifasini yo‘qotadi
29. Qaysi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda o‘zak oxiridagi portlovchi undosh sirg‘aluvchi undoshga aylanadi?
A) xalq
B) g‘ildirak
C) butoq
D) pirpirak
30. Albatta, o‘zing birga borasan, qudalaring bilan tanishmog‘ing ham zarur.
Gapda nechta egalik qo‘shimchasi mavjud?
A) 4 B) 2 C) 3 D) 1
B
C
A
B
5 – B
6 – B
7 – C
8 – D
9 – D
10 – A
11 – D
12 – B
13 – C
14 – B
15 – B
16 – B
17 – A
18 – C
19 – D
20 – A
21 – B
22 – C
23 – B
24 – C
25 – A
26 – D
27 – B
28 – C
29 – C
30 – C
Do'stlaringiz bilan baham: |