Ismailova zuxra karabayevna


- chizma. Mafkuraviy ta’lim-tarbiyani yoshlar ongi va qalbiga



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/45
Sana07.06.2023
Hajmi2,79 Mb.
#949635
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
NiNdsIrRtLFfjhPSAUB2MoWPNatSdso9HFI0HdXQ

18- chizma. Mafkuraviy ta’lim-tarbiyani yoshlar ongi va qalbiga
singdirish omillari.
e) 
odatiy, an’anaviy fikrlash tarzidan yangicha, ilg‘or fikrlash- 
ga o‘tish.
Yangi davr, yangicha islohotlar, demokratiya, bozor munosa- 
batlari aynan tafakkur va undagi o‘zgarishlarni taqozo etadi, 
ammo bu jarayon birdaniga, tez va bir tekisda ro‘y bermaydi.
Bu murakkab, bosqichma-bosqich amalga oshadigan jarayon 
bo‘lib, unda boshqa ijtimoiy qatlam vakillari bilan birga yoshlar 
tashabbuskorlik ko‘rsatishi, o‘z dunyoqarashi va e’tiqodi bilan 
boshqalarga ta’sir o‘tkazishi kerak.
Mafkuraviy tarbiya ma’lum tizimga ega bo‘lib, bu tizimda 
xilma-xil bo‘g‘inlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi (19- chizma). 
Bu borada mafkuraviy tarbiya subyektlari alohida o‘rin tutadi.
Jamiyat a’zosi hisoblangan inson doimo turli guruh va jamoa- 
larning vakili sifatida ularning ta’siri ostida bo‘ladi. Ya’ni har bir 
shaxsning fe’l-atvorida, xatti-harakatlarida u mansub bo‘lgan 
millat, xalq, professional (kasbiy) toifa, jamoa va oilaning ijobiy 
yoki salbiy ta’siri bo‘ladi.
59


19- chizma. Mafkuraviy ta’lim-tarbiyaning amaliy
funksiyalari.
Tarixiy shart-sharoit, davr, davlat tuzumi va o‘sha jamiyatda- 
gi siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ta’sirlar uning dunyoqarashi, 
fikrlash tarzi, tafakkurida o‘z aksini topadi. Bunday ta’sirlarning 
ikki xili mavjud:
— makro bosqichdagi ta’sirlar yoki keng ma’nodagi ijtimoiy- 
ma’naviy, siyosiy hamda iqtisodiy muhit ta’sirlari;
— mikro bosqichdagi ta’sirlar yoki bevosita inson bolasi tug‘i- 
lib o‘sadigan oila, ta’lim va tarbiya maskanlari, mehnat jamoasi, 
mahalla va do‘stlar muhitidagi ta’sirlar.
Bir qarashda inson fe’l-atvorini ikkinchi bosqich ta’sirlargina 
belgilaydiganday tuyuladi. Chunki «Qush uyasida ko‘rganini qi­
ladi», deganlaridek, odamning oilasiga, nasli-nasabiga, mahallasi- 
ga, ta’lim olgan bilim dargohiga katta e’tibor beriladi va bunday 
munosabat hayotda o‘zini oqlaydi ham. Lekin makro bosqichdagi 
ta’sirlarning ahamiyatini kamsitish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masa-
60


lan, sho‘rolar tuzumi jamiyat a’zolarining mute, tobe, ixlossiz, 
ba’zi bir jihatdan iymonsiz bo‘lib kamol topishiga zamin yarat- 
ganki, bunga, asosan, o‘sha muhitdagi nosog‘lom, inson qadrini 
yerga uruvchi iqtisodiy siyosat va ideologiya sabab bo‘lgan.
Mafkurani amalga oshiruvchi shaxsdan, avvalo, tajriba, bi- 
limdonlik, ishontira olish qobiliyati, notiqligi, o‘ziga ishonch va 
boshqalar talab qilinadi. Bunday shaxslarning asosiy ish uslubi, 
o‘zida mavjud bilim, tushuncha va g‘oyalarni asos qilib olgan 
holda, birinchi navbatda, yoshlarda, qolaversa, keng xalq ommasi 
ongida mustahkam e’tiqodni shakllantirish, ta’sir ko‘rsatishdir. 
Bunda u muloqotning barcha samarali va ta’sirchan vositalari- 
dan — monolog, dialog, bahs-munozara kabilardan foydalanadi. 
Aynan ana shu faoliyat har bir ta’sir ko‘rsatuvchidan ritorika 
asoslaridan xabardor bo‘lishni, nutq mahoratini egallashni talab 
qiladi. So‘zlovchi nutqiy va nutqiy bo‘lmagan vositalardan o‘z 
o‘rnida maqsadga muvofiq tarzda foydalana olishi shart. Hissiy 
ta’sir usullari — o‘rinli ishlatilgan qarashlar, imo-ishora, mimika 
kabilar ham ta’sirni kuchaytiruvchi psixologik mexanizmlar eka- 
nini unutmaslik kerak.
Tarbiyachidan talab qilinadigan yana bir muhim xislat — uning 
yoqimtoyligidir. Bu ham notiqqa nisbatan ishonch va e’tiqodni 
oshiradi. Yoshlar auditoriyasida ma’ruza qiluvchi voizning mu- 
rojaatiga e’tibor jiddiyroq bo‘ladi. Ziyolilar, olimlar auditoriyasida 
esa mantiqiy, ilmiy tahlillarga asoslangan fikr va mulohazalar 
katta ta’sir kuchiga ega.
1. Milliy mafkuraviy tarbiyaning maqsadi nimalardan iborat?
2. Milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy ildizlarini aytib bering.
3. Istiqlol mafkurasining ta’lim-tarbiyaviy milliy xususiyatlari 
nimalardan iborat?
4. Istiqlol mafkurasining milliy xususiyatlari va asosiy pedagogik 
g‘oyalari deganda qanday g‘oyalar ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi?
5. Istiqlol mafkurasining milliy xususiyatlarini nimalar tashkil 
etadi?
6. Istiqlol g‘oyasining asosiy pedagogik g‘oyalariga nimalar kiradi 
va ularni tushuntirib bering.
61


7. Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongi va qalbiga singdirish- 
ning qanday usullarini bilasiz?
8. G ‘oyaviy-mafkuraviy ta’lim-tarbiya elementlarini nimalar 
tashkil etadi va uni asoslab bering.
9. Mafkuraviy ta’lim-tarbiyani yoshlar ongi va qalbiga singdirish- 
ning qanday omillarini bilasiz?
10. 
Madaniyatli komil inson deganda qanday insonlar ko‘zda 
tutiladi?

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish