Ismailova zuxra karabayevna


- chizma. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/45
Sana07.06.2023
Hajmi2,79 Mb.
#949635
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
NiNdsIrRtLFfjhPSAUB2MoWPNatSdso9HFI0HdXQ

21- chizma. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari.
77


Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday 
tamoyillarga ko‘ra ish ko‘rilayotganligiga ham bog‘liq.
Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan 
kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metod- 
lari va yo‘nalishiga qo‘yiladigan eng muhim talablarni belgilab 
beruvchi asosiy g‘oya va qoidalar yig‘indisiga aytiladi.
Tarbiya tamoyillari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatuvchi qoidalar bo‘lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol 
insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuning­
dek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg‘or ta’limotlar g‘oyalariga 
hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks etti- 
radi. Tarbiyaviy jarayonda ilg‘or tamoyillarga amal qilinishi uning 
samarasini ta’minlaydi.
Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
— tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi;
— tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalari ustunligi;
— tarbiyada milliy umumbashariy qadriyatlar ustunligi;
— tarbiyada izchillik va tizimlilik;
— tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish;
— tarbiyani mehnat bilan bog‘lash;
— tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish;
— tarbiyada o‘quvchining yosh va individual xususiyatlarini 
hisobga olish;
— jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash;
— tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy 
tomonlarni yo‘qotish.
Tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi.
O‘qituvchi ijtimoiy tarbiyaning maqsadi va vazifasini aniq 
tasavvur etishi hamda puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak g‘oyaviylik ruhida tarbiyalash — ular­
ning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq 
manfaat bo‘lishi mumkin emasligini singdirish, ularni Vatanga, 
xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir.
Bu sohada mustaqil respublika xalq ta ’limi xodimlarining 
asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, 
yetuk mutaxassis va komil shaxsni tarbiyalashdan iborat.
78


Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy 
ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro ‘yobga 
chiqarishga yo‘naltirilishi zarur.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalari ustunligi.
Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, 
har bir bola, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini 
hurmatlash, uning ijtimoiy-huquqiy erkinligini hisobga olish lo­
zim. Tarbiyani demokratlash — bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va 
qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi 
o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosa- 
batlar mohiyatini o‘zgartirish, bu ishga jamoatchilikni jalb qilish, 
uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir.
O‘qituvchi o‘quvchiga, avvalgidek, tarbiya obyekti emas, balki 
o‘zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya’ni o‘quvchini tenghu- 
quqli, hamkor, hamfikr deb qarashi lozim.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi.
Xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini 
chuqur bilmasdan turib, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur 
tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois xalq an’anala- 
ri, urf-odatlari, marosimlari, xalq og‘zaki ijodi, milliy o‘yinlar va 
ularda ifodalangan g‘oyalarni o‘quvchilar ongiga singdirish, ular­
da ushbu g‘oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim.
Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo‘lgan, insoniyat o‘tmi- 
shi, buguni hamda kelajagiga daxldor, qadr-qimmatga ega an’ana- 
lar, urf-odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularga nisbatan mehr- 
muhabbat uyg‘otish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun kurashish 
hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak.
Tarbiyada izchillik va tizimlilik. Tarbiyaga yaxlit tizimli yon- 
dashish tarbiyaviy pedagogik harakatning pirovard natijasiga 
yo‘naltirilganlik darajasini belgilab beradi.
Bunda pedagogik maqsad va vazifalar, uning mazmuni tarbiyaviy 
jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiyada izchillik juda muhim. O‘qituvchilarga birdaniga 
ko‘p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O‘qituvchi- 
lar o‘quvchiga bo‘lgan munosabat jarayonida o‘zaro zid harakat- 
da bo‘lmasliklari lozim.
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish. Yosh avlod- 
ning o‘sib-ulg‘ayishi va shaxsning shakllanishiga, avvalo, hayot,
79


ijtimoiy jamiyat ta’sir etadi. Ikkinchidan, bolalarni tarbiyalashdan 
maqsad ularni turmush uchun, mustaqil hayot uchun tayyor- 
lashdir. Shunday ekan, maktab va tarbiya muassasalarida olib 
boriladigan ta’lim va tarbiya ishlari turmush bilan mustahkam 
bog‘langan bo‘lishi kerak.
Tarbiyani mehnat bilan bog‘lab olib borish. Mehnatning yosh 
avlod uchun tarbiyaviy ta ’siri juda kattadir. Unumli mehnat 
qilish bilan shaxs o‘z qobiliyatini, iste’dodini namoyon qiladi va 
kamolga yetkazadi. O‘quv faoliyati va ijtimoiy foydali mehnat 
o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani 
faollashtiradi, xulq birligini ta’minlaydi, tashabbuskor, izlanuv- 
chan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma’naviy tarbiya berish 
uchun, ularda dunyoqarashni vujudga keltirish uchun zamin ho- 
zirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni yoshligidan 
boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va hurmat 
ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Aslida maktabda 
o‘qishning o‘zi ham bola uchun mehnatdir. Sinfdan va maktab- 
dan tashqari tarbiyaviy ishlarning aksariyati mehnat tarbiyasi 
bilan mustahkam bog‘langan.
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish. O‘quvchilarni ijtimoiy 
tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ular shaxsini hurmat 
qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi.
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish ularga mehr-muhabbat va 
ishonch bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Tajribalarning ko‘rsatishi- 
cha, qayerda o‘quvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch bo‘lsa, shu 
yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo‘ladi. Bolalarga hurmat va muhab­
bat ular kuchiga kuch, o‘qituvchiga nisbatan hurmatni uyg‘otadi.
Tarbiyada o‘quvchining yosh va individual xususiyatlarini 
hisobga olish. Tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalar- 
ning yoshi va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha bo‘ladi. 
Bolalar maktabda rivojlanishning turli davrlari: bolalik, o‘smirlik 
va o‘spirinlik bosqichini bosib o‘tadilar.
Shu davrlarda ijtimoiy borliq va voqeliklar haqida aniq bilim- 
larga ega bo‘ladilar. Shu yillar ichida bolaning axloqiy tuyg‘usi 
rivojlanadi, xulqi va ongi o‘rtasida uyg‘unlik vujudga keladi, xarak- 
teri tarkib topadi. Bolalarning yosh va rivojlanish xususiyatiga 
ko‘ra beriladigan tarbiyaning mazmuni ularga nisbatan pedagogik 
rahbarlik xarakterining ham o‘zgarishiga olib keladi. Tarbiya 
berishda har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisob-
80


ga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy 
o‘sishida bir qadar umumiylik bor, biroq ularning mijozi, xarakter 
xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har 
xil bo‘ladi. Bu farqlar ularning xulqida, o‘qish va mehnatida aks 
etadi. Bir o‘quvchiga nisbatan qo‘llangan foydali metod boshqa 
o‘quvchiga qo‘llanganda natijasiz bo‘lib chiqishi mumkin. Shu- 
ning uchun har bir o‘quvchining yosh va individual xususiyatini 
inobatga olish va o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Jamoa yordamida tarbiyalash. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar- 
ning jamoa bo‘lib birlashishlariga, ularda manfaatlar birligi, o‘za- 
ro yordam tuyg‘usini o ‘stirishga xizmat qilishi lozim. To‘g‘ri 
tashkil etilgan jamoada odamlarning qobiliyat va iste’dodi rivojla­
nishi uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. O‘quvchilar ahil 
jamoa bo‘lib uyushganlaridagina tarbiya ishlarini amalga oshirish 
jarayoni ancha yengil va muvafaqqiyatli kechadi, mana shunday 
jamoa fikri katta tarbiyaviy kuch kasb etadi. Bu xildagi jamoa fikri 
har bir shaxsga foydali ta’sir qiladi. O‘z manfaatini jamiyat man- 
faati bilan qo‘shib olib borish, o‘zaro yordam kabi fazilatlar 
avvalo jamoada shakllanadi. O‘qituvchi hamma vaqt o‘quvchilar 
jamoasida yashash va ishlashga o‘rganib borishi lozim.
3.6. TARBIYA METODLARI
Tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy fazilatlarga tayanib, salbiy 
sifatlarni yo‘qotib borish muhim. M ahoratli pedagoglar o‘z 
o‘quvchilarining shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Ular tarbiya 
maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga 
suyanib ish ko‘radilar. Bu metod bolaning salbiy sifatlarini 
yo‘qotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasi- 
dir. Tarbiya muvaffaqiyatida, mazkur masalaning to ‘g‘ri hal 
etilishida o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan qo‘llanilayotgan me- 
todlar muhim ahamiyatga egadir.
Tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol topti­
rish maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taalluqli 
ko‘pgina tarkibiy qismlarni hamda ijtimoiy jamiyat ta’lim muas- 
sasalari oldiga qo‘ygan farzandlarimizni har tomonlama barka- 
mol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifa- 
larini o‘z ichiga oladi.
81


Bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 
mustahkamlash, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida faoliyat 
olib boruvchi shaxslarni tarbiyalash, ularni bu ishga jalb etish 
orqali amalga oshiriladi. Ushbu g‘oyaga tayangan holda, tarbiya 
jarayonida uning qonuniyatlariga muvofiq, tarbiya metodlaridan 
foydalanib ish ko‘rish lozim.
Tarbiya m etodlari (yunoncha «metodos» — 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish