Ismailova zuxra karabayevna


- chizma. Madaniyatli komil inson g‘oyasi



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/45
Sana07.06.2023
Hajmi2,79 Mb.
#949635
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
NiNdsIrRtLFfjhPSAUB2MoWPNatSdso9HFI0HdXQ

14- chizma. Madaniyatli komil inson g‘oyasi.
Ikkinchidan, O ‘zbekiston jahonga yuz tutdi, jahon ham 
O‘zbekistonga o‘z bag‘rini ochmoqda. Binobarin, endigi muta- 
xassis kadrlar jahon xalqlari bilan doimiy muloqotda bo‘ladilar. 
Jahon xalqlari esa O‘zbekistonga, uning xalqiga har bir kadrning 
shaxsiy sifatlariga qarab baho beradilar, munosabat bildiradilar. 
Bunday sharoitda bo‘lajak mutaxassis o‘z kasbining qay darajada 
ustasi ekanligi, ayni choqda O‘zbekiston fuqarosi (talabasi) sifati- 
dagi fazilatlariga qarab xorijliklar mamlakatimiz haqidagi tasav- 
vurlarga ega bo‘ladilar. Buni har bir yosh avlod nazarda tutishi, 
shundan kelib chiqib ta’limga munosabat belgilashi, o‘z-o‘zini va 
milliy o‘zligini anglashi muhimdir. Ya’ni yoshlarda o‘z Vatani, xalqi 
oldidagi yuksak mas’uliyat hissini barqaror qilish, taraqqiyotning 
yangi, yuqori darajasiga erishish uchun ta’lim-tarbiya tizimini 
insonparvarlashtirish eng dolzarb masalalardan biridir.
Uchinchidan, bozor iqtisodi munosabatlarini O‘zbekistonda 
shakllantirishning o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyati shundan 
iboratki, bu munosabatlar ijtimoiy yo‘naltirilgan mazmunga
53


egadir. Ana shu munosabatlarni shakllantiradigan va unda fao­
liyat ko‘rsatadigan kadrlarning ichki dunyosi — «Meni» yuksak 
ideallar, milliy qadriyatlar asosida qaror topishi uchun ta’lim-tar- 
biya tizimining butun yo‘nalishi insonparvarlik g‘oyasi bilan 
sug‘orilgan bo‘lishi lozim. Ya’ni bozor iqtisodi munosabatlari 
odamda hayvoniy hirslar rivoji uchun emas, aksincha, insoniy 
fazilatlar to‘la ravishda ro‘yobga chiqishiga xizmat qilsin. Bosh- 
qacha aytganda, bozor iqtisodiy munosabatlarini shakllantirish, 
huquqiy demokratik davlat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyatini 
shakllantirishga pirovard ijtimoiy maqsad emas, balki har tomon- 
lama kamol topgan, imon-e’tiqodli, yuksak madaniyatli insonlar- 
ni voyaga yetkazish, ularning o‘z qobiliyatlari, iste’dodlarini erkin 
ro‘yobga chiqarish uchun qulay sharoit sifatida qaralmog‘i lozim.
To‘rtinchidan, ta’lim va tarbiyaning uzluksiz jarayoni inson­
parvarlik tamoyillari asosida rivojlanishining nazariy va ilmiy 
jihatlari shu sohada mehnat qilayotgan kadrlarning ongi va qalbi- 
dan zarur darajada o‘rin olishi kerak. Ta’lim-tarbiyani «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» bo‘- 
yicha belgilangan vazifalar asosida amalga oshirish lozim.
3.3. MILLIY ISTIQLOL G‘OYASINING YOSHLAR 
TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
Milliy istiqlol g‘oyasini, O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot 
strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasi- 
dagi maqsad-muddaolarini yoshlar qalbi va ongiga singdirishning 
muayyan tizimi va ustuvor yo‘nalishlari mavjud. Bunda jamiyat 
hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘i- 
bot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foyda- 
lanish taqozo etiladi.
Milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda har bir ota-ona o‘z far- 
zandining maktabgacha tarbiyasi uning keyingi taraqqiyot davrida 
qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va tar­
biyaning muhim bosqichi ekanini anglab yetishi nihoyatda mu­
him (15- chizma).
Bunda oila va ta’lim muassasalari tizimining izchil uyg‘unla- 
shuviga erishish zarur. Bu davrdagi barcha bevosita ta’lim beruv- 
chi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy 
o‘quv yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir. Barcha
54



Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish