Ismailova zuxra karabayevna


- chizma. Milliy istiqlol g‘oyasining umumbashariy tamoyillari



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/45
Sana07.06.2023
Hajmi2,79 Mb.
#949635
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
NiNdsIrRtLFfjhPSAUB2MoWPNatSdso9HFI0HdXQ

13- chizma. Milliy istiqlol g‘oyasining umumbashariy tamoyillari.
— qonunning ustuvorligi, demokratiya va o‘z-o‘zini boshqa- 
rishning hayotda mustahkam o‘rin egallayotganiga asoslanganlik;
— milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligiga tayanish;
— xalqaro huquq qoidalariga mos kelishi;
— davlatning bosh islohotchi ekanligi va mamlakatda ijtimoiy 
barqarorlikning ta’minlanganligi, o‘tish davrida aholining ijtimoiy 
himoyalanganligi, jamiyat hayoti barcha sohalarining erkinla- 
shuvi, islohotlarning tadrijiyligi tamoyillarga xizmat qiladi.
Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e’ti- 
rof etadi va ulardan oziqlanadi (13- chizma):
— Qonun ustuvorligi;
— inson haq-huquqlari va hurfikrlilik;
— turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash;
— diniy bag‘rikenglik;
— dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik;
— o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish 
va hokazo.
3.2. ISTIQLOL MAFKURASINING MILLIY 
XUSUSIYATLARI VA ASOSIY 
PEDAGOGIK G‘OYALARI
Istiqlol mafkurasining asosiy pedagogik g‘oyalaridan biri bu 
komil inson g‘oyasidir. Bu tushunchaga to‘xtalishimizdan avval 
biz komil inson tushunchasining mazmuni va mohiyatini anglab
48


yetmog‘imiz darkor. Bu borada Prezidentimiz I. Karimov ta’kid- 
laganlaridek, diplomga ega bo‘lish — bu hali tom m a’nodagi 
komil, ziyoli odam degani emas. Komil, ziyoli odam o‘z tafakkur 
saviyasi, pok yuragi, ichki madaniyati bilan mutlaqo bo‘lakcha 
inson bo‘ladi.
Shunday ekan, komil inson deganda biz, eng avvalo, ongi 
yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga 
ibrat bo‘ladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Bunday 
sifatlarga ega bo‘lgan odam har narsani aql, mantiq tarozisiga 
solib ko‘rib, o‘z fikrini, o‘yini, xulosasini mantiq asosida quradi.
Madaniyat barkamol insonni shakllantirish vositasidir. Biz 
pedagoglar, ota-onalar, tarbiyachilar ham talaba-yoshlarda ado- 
latparvarlik, vatanparvarlik, teran aql-idroklilik kabi m a’naviy 
sifatlarni tarbiyalashda o‘z mehnatimizni ayamasligimiz, butun 
kuch-quvvatimizni ishga solishimiz kerak. Buning uchun, eng avvalo, 
inson fazilatlarining o‘zaro munosabatlarini va o‘rnini aniqlab ol- 
mog‘imiz lozim. Insonning ma’naviyati uning odobi, xulqi, mada- 
niyatidan tashkil topadi. M a’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, 
iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar 
o‘z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib bori- 
shiga olib keladi. Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuyidan 
iboratdir.
Sifat alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi 
axloqiy kategoriyadir. Fazilat — axloqiy shaxs, el, elat, xalqqa 
taalluqli bo‘lgan ijobiy axloqiy sifatlar majmuyidir.
Komil inson g‘oyasi — ham milliy, ham ma’naviy, ham umum­
bashariy mohiyatga ega bo ‘lgan, odamzotga xos eng yuksak 
ma’naviy va jismoniy mukammallikni o‘zida mujassam etgan, uni 
hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob g‘oyadir. Bu g‘oya na- 
faqat alohida shaxslarni, balki butun-butun xalqlarni yuksak taraq­
qiyot sari yetaklagan, ularni ma’naviyat va ma’rifat sohasida teng- 
siz yutuqlarga ilhomlantirgan.
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga yetka- 
zish haqida qayg‘urmagan xalqning kelajagi yo‘q.
Insonning insonligi, birinchi navbatda, uning ma’naviy-axlo- 
qiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. M a’naviy- 
axloqiy tarbiya tushunchasi keng qamrovlidir. M a’naviy-axloqiy 
barkamol inson ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas,
49


butun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari, mahalla-ko‘yi, qishloq- 
doshlari va butun mamlakat xalqi farovonligi haqida qayg‘uradi; 
tevarak atrofini o‘rab olgan insonlar unga kerak bo‘lgani singari, 
o‘zi ham ularga kerakli kishi bo‘lishga intiladi; odob-axloqi, fe’l- 
atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblaydi; ota- 
bobolaridan yodgor bo‘lib qolgan madaniy merosni qadrlaydi; 
milliy qadriyatlarni e’zozlaydi va ularga sodiq bo ‘lib qoladi; 
vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari barqaror 
bo‘ladi; o‘zaro muomala-munosabatda o‘rnak bo‘lishga moyil 
bo‘ladi; birovning og‘irini yengil qilishni odat qiladi; umumxalq 
m a’qullagan va hukumat tomonidan qonuniy qabul qilingan 
Konstitutsiyani hurmat qiladi va unga sadoqat namunalarini 
amalda ko‘rsatadi; Vatanini himoya qilish, boshqacha aytganda, 
harbiy vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashaydi; diyonat va adolat, 
mehr-shafqat va ezgulikni himoya qiladi, va’daga vafoli bo‘lishni 
o‘ziga kasb qilib oladi.
Gap ma’naviy-axloqiy tarbiya, madaniyat to ‘g‘risida borar 
ekan, VI—XIX asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod qilgan Abu 
Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Termiziy, Abu 
Rayhon Beruniy, Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek, Ali 
Qushchi, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Samarqandiy, 
Nodira, Muqimiy, Komil Xorazmiy, Amir Temur, Furqat, Anbar 
Otin, Behbudiy, Siddiqiy singari qomusiy olimlarning inson ma’na- 
viyatini va tafakkur dunyosini boyitishga, insoniyat ongini, mada- 
niy-ma’rifiy qarashlarini o‘stirishga o‘z umrlarini baxshida qil- 
ganlarini eslash kifoya.
Ular sharqona odob-axloq talablari asosida komil inson, ado- 
latli jamiyat va davlatni shakllantirishning ma’naviy asosini yara- 
tishga muvaffaq bo‘ldilar.
Komil Xorazmiy o‘zining ta ’lim-tarbiyaga oid qarashlarida 
inson oliy maqsadga erishishi, adolatli jamiyat qurishi uchun 
ma’naviy qadriyatlar vositasida uning tafakkurini shakllantirish, 
mantiqiy fikrlashini rivojlantirish lozim, degan g‘oyani ilgari su- 
radi. Uning fikricha, inson o‘z faoliyatida aql-idrokka, tafakkur 
quvvatiga tayanib ish ko‘rmog‘i lozim.
Alisher Navoiyning pedagogika falsafasida kishilarning ma’na­
viy dunyosini belgilovchi fazilat insonparvarlikdir, deyilgan. Allo- 
ma tasvirida ma’rifatli, adolatli, har qanday noaxloqiy sifatlardan 
xoli, yuksak tafakkurli inson ma’naviy yetukdir.
50


Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir,
Va barcha hammalar uchun yoqimlidir.
U mansabdor kishilardan go‘zalroq va 
Badavlat odamlardan hurmatliroqdir.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish