29
Bunda birinchi ikki sonning yig’indisi uchinchi sonni beradi va birinchi son ikkinchi
sonning yarmisidan katta bo’ladi: 3:5:8, 5:8:13, 8:13:21, 13:21:34.
Eng chiroyli
gulzorlar gul ekinlari, yo’laklar va maysazorlarning 3:5:8 yoki 5:8:13 munosabatida
hosil qilinadi.
Misol.
Gulzor uchun 400 m
2
yer ajratilgan. «Oltin proporsiya» qoidasiga
ko’ra, (3:5:8) yig’indida 16 ta qism hosil bo’ladi: 400 m
2
:16=25m
2
ni oltin
proporsiya sonlariga ko’paytirsak quyidagilarni olamiz: 25m
2
x3=75m
2
– bu maydon
gul ekinlariga (klumbalar, rabatkalar,
hoshiyalar, guruhlar, alohida ekinlar) uchun
ajratiladi; 25 m
2
x5=125 m
2
– bu maydon yo’lakchalar uchun ishlatiladi; 25m
2
x 8 =
200m
2
bu maydon maysazor uchun ajratiladi.
a)
Axoli punktlarida
daraxtzorlar bir tekisda, aholi soniga proporsional ravishda
joylashtirilishi kerak; ammo obyektning markazida daraxtzorlar ko’proq bo’lishi
kerak;
b)
Obyektgacha bo’lgan masofa aholi foydalanishi uchun qulayroq bo’lishi kerak;
c)
Umumiy foydalaniladigan obyektlarga kelish uchun yaxshi yo’llar bo’lishi kerak;
d)
Iloji boricha mavjud yashil daraxtzor suv havzasidan foydalanish kerak;
e)
Ko’p maqsadli alohida obyektlarni e’tiborga olish kerak.
Masalan, park (bog’) uchun maydon tanlashda shuni e’tiborga olish kerakki,
agar shaharda kuchli shamol esib tursa, o’sha tomonga
daraxtlarni joylashtirish
kerak, daryo yonida, bosh qa suv obyektlarida bog’lar suvning yoniga (yaqiniga)
joylashtiriladi.
Foydalanishi chegaralangan daraxtzorlarda, shu yerdagi inshoatga bog’liqdir.
Maxsus foydalanish uchun barpo etilgan daraxtzorlar maqsadga muvofiq,
funksiyani bajaradi. Masalan, zavod va shaharning aholi yashaydigan qismi orasida
shamoldan himoya qiluvchi, suv obyekti oldida - suvni himoya qiluvchi daraxtzorlar.
O’zbekistonning shaharlaridagi yashil daraxtzorlarni
loyihalashtirishda
(loyihada). quyidagi joylashtirish tarmog’i qo’llaniladi:
1)
to’g’ri burchakli - kuchli shamol esadigan shaharlar, vohalarda yarim cho’llarda
(Yangiyer, Nukus va boshqalar).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
30
2)
chiziqli - kuchsiz shamolli tog’ oldi rayonli shaharlarda (Toshkent, Fargona,
Samarqand, Andijon);
3)
aralash - to’g’ri burchakli va chiziqli tarmoqlar murakkab relyefli shaharlarda
(Angren, Olmaliq,
Chirchiq, Namangan) va cho’l bilan chegaralarda (Buxoro,
Qarshi);
4)
Lokalli - qumli cho’llarda joylashgan shaharlarda
(Tamdi, Gazli).
L.V.Luns yangi tarmoqni taklif qildi, ular qo’yidagicha; shahar va sanoat
rayonlari yashil daraxtzorlar bilan ajralib turadi. Turar joy
rayonlar bulvarlar bilan
ajratilib turiladi. Mikrorayonni markazida parklar joylashadi. Parklar, bog’lar,
bolalar bog’lari shaharda bir tekisda joylashadi. Markaziy shahar parki, botanik va
zoologik bog’lar suv havzalari kirg’oklarida joylashgan. Shaharning ichidagi
ko’kalamzorlar tarmog’i o’rmon parki halkasi bilan bog’langan.
Demak, tabiiy va loyiha sharoitlariga bog’liq ravishda daraxtzorlarni
joylashtirishda har xil chizmalar ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: