26
Nukus
5,7
30,5
Yashil maydonlarni Toshkent shahrida ko’paytirish parklarni kengaytirish va
rekonstruksiya
qilish hisobiga, ko’chalarni ko’kalamzorlashtirish, yangi bulvarlarni
barpo etish, maydonlarni ko’kalamzorlashtirish, katta-kichik maydonlarni
ko’kalamzorlashtirish hisobiga bajariladi.
6. Ko’kalamzorlashtirishning uslublari.
Loyiha maxsus tashkilotlari loyihalarni ishlab chiqarishadi.
Mavzular guruhi:
1.
Ushbu aholi punktini ko’kalamzorlashtirishning tarmog loyihasi (umuman);
2.
Har xil kategoriyali yangi daraxtzorlar barpo etish loyihalar tarmog’i (parklar,
bog’lar,
bulvarlar, kvartla ichining, yo’lning va boshqa obyektlarning
ko’kalamzorlashtirish).
3.
Mavjud bo’lgan daraxtzorlarni rekonstruksiya qilish loyihalari.
Mavzuga qarab boshlangich materiallarni yigish xarakteri o’zgaradi
(loyihadan oldingi etap), ishlarning hajmi va xarkteri (haqiqiy loyihalash).
Haqiqiy loyihalash. Loyiha - qidiruv ishlari
bilan ilgarirok tanishib
chiqilgandan so’ng va bu materiallar tasdiqlangandan so’ng loyihalash ishiga
kiritiladi. Loyihaning ikki stansiyasi belgilanadi. Texnik loyiha va ishchi chizmalar.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
27
Loyihalashtirishning birinchi stadiyasi (boshqacha maydonni tayyorlash,
tekislash masalalarini o’z ichiga qamrab oladi.
Texnik loyiha grafiklar va
tushuntirish xatidan iborat. Grafik materialning asosi - bu bosh loyiha va
dendroloyiha. Bosh loyihada maydonning plani ko’rsatiladi, maydonchalar, yo’llar,
xaykallar, daraxt, butalar va gullar ekiladigan joylar. Dendroloyihada daraxtlarning
turlari va joylashi ko’rsatiladi. Ko’pincha birlashgan chizma (bajariladi) chiziladi va
u ko’kalamzorlashtirish plani, yoki eskizli loyiha deb ataladi.
Moliya-hisob loyihasi alohida tuziladi (bo’limlar, bo’yicha) va xamma obyekt
uchun umumiy hisob-kitob tuziladi.
«Ishchi loyiha» davrida qismlarga bo’lish va ko’chat ekish chizmasi ishlab
chiqariladi.
Obyektlar chizmasida imoratlar, maydonchalar, yo’llar, gazonlar,
gulzorlarning katta-kichikligi ko’rsatiladi, daraxt va
butalar uchun uchastkalar
belgilanadi. Undan tashqari, shu elementlar oraligi ko’rsatiladi. Ko’chat ekiladigan
chizmada daraxt, butalarning ekiladigan joyi, ular orasidagi masofa ko’rsatiladi,
undan tashqari klumbalar, rabatkalar, va boshqa gulzorlar chizmasi belgilanadi.
Ko’kalamzorlashtirish ishlarini loyihalashtirishda asosiy uchta uslubdan keng
foydalaniladi: regulyar (muntazam) uslub, peyzaj uslubi va aralash (regulyar va
peyzaj birgalikda) uslub.
Regulyar – uslubda barcha ko’kalamzorlash-tirish
elementlari va obyektlari
muntazam yoki to’g’ri geometrik shaklga ega bo’ladi. Gulzorlar aylana, to’g’ri
to’rtburchak, rombsimon, uchburchak va x.k. Yo’laklar to’g’ri
chiziq yoki yarim
aylanasimon shaklda bo’ladi. Daraxt, buta va gullarning ekilish sxemalari qat’iy
belgilab olinadi. Ekilish sxemasiga muvofiq ravishda bir xil turdagi va bir xil
o’lchamdagi manzarali daraxt, buta va gul o’simliklari tanlanadi.
Bundan tashqari
ranglarni jamlanma holida joylashtirishga ham alohida ahamiyat beriladi.
Agar gullarning rangi biri ikkinchisni to’ldirib yoki orttirib ko’rsatsa, u yaxshi
qabul qilinadi (yashil-qizil, havorang-to’q sariq). Qizil, to’q sariq va sariq ranglar –
issiq, yorqin va uzoqdan yaxshi ko’rinadi, yashil, havorang va binafsharang – sovuq,
xira va bir oz masofada mavxum bo’lib qoladi, atrofdagi fonda yutilib ketadi. Oq
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
28
rang boshqa xamma ranglar bilan mos keladi. Kumushrang va kulrang o’simliklar
neytral rang hisoblanadi. Ranglar jamlanmasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1.
Kontrast – ya’ni, qarama-qarshi ranglarni joylashtirish. Qizil-yashil,
havorang-tuqsarik, sariq-binafsharang.
2.
Garmonik – ranglar bittadan keyingisi bilan joylashtiriladi. Qizil-sariq, to’q
sariq-yashil, sariq-ko’k, yashil-havorang.
3.
Disgarmonik – ranglar yonidagisi bilan joylashtiriladi: qizil-to’qsariq-sariq-
yashil-ko’k-havorang-binafsharang.
4.
Nyuans – bir xil rangning och rangidan-to’q rangigacha: och qizildan-to’q
qizilgacha, havorangdan-to’q ko’kgacha.
Do'stlaringiz bilan baham: