KIRISh
Aholi yashaydigan hududlar, shahar va qishloqlarning ko’rkam bo’lishida
manzarali daraxtlarning o’rni beqiyosdir. Ushbu xududlarni ko’kalamzorlashtirishda
joyning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda mos keladigan daraxt va
butalarni tanlash va ekish texnologiyalarini amaliy bilish zarur. Respublikamizda
aholi turar joylarini, sanoat korxonalarini, sport inshootlari va o’quv maskanlari
atrofini ko’kalamzorlashtirishda, ajoyib kompozisiyaga ega bo’lgan, ko’rkam bog’-
parklar va sayilgohlar barpo etishda manzarali daraxt va buta turlarini to’g’ri
tanlash, ularni biologiyasini o’rganish, manzarali daraxtlarni xududlar bo’yicha
tarqalishida va ularni ekish sxemalarini o’rganishda ushbu fanning ahamiyati
kattadir.
Sanoatining rivojlanishi atrof - muhitni ifloslantirishiga, havo va suv
xavzalarini aerozol va gaz shaklidagi chiqindilarni zavod, fabrika issiqliqelektr
stansiyalari, isitish tarmo qlari, avtomobillar ko’proq chi qaradilar, bu esa
odamlarning sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ayni qsa O’zbekistonning keskin
kontinental iqlimida bu yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu muammo xalqaro axamiyatga
egadir. Yuneskoning bosh sessiyasida keng tadqiqotlar programmasi qabul qilingan:
«Odam va biosfera» mavzusida. Bu tadqiqot ishlarida O’zbekiston xam faol
qatnashayabdi.
Hozirgi zamon shahri yoki aholi punkti - bu murakkab imoratlar bo’lib, ular
xar hil vazifani bajaradilar, yo’llar, maydonlar ochiq joylar, suv havzalari va yashil
daraxtzorlar. Xozirgi zamon shahar qurilish normalari bo’yicha aholi punktlarning
50% maydonida yashil daraxtzor, butalar bilan qoplangan bo’lishi kerak.
Yashil qurilish amaliyoti o’ziga shularni kamrab oladi: bog’lar, barpo etish,
xar hil obyektlarni ko’kalamzorlashtirish sharoitga o’simlik turlarini tanlash, xar hil
obyektlarda o’simliklarni joylashtirish va guruhlash va ularga parvarish berish.
Aholi puntklarini ko’kalamzorlashtirish tarihiga nazar tashlasak, u quldorlik
davrida paydo bo’lishga ishonch hosil qilamiz, u davrda bog’lar, diniy inshoatlar,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
4
saroylar, xukmdorlar boglariga asosiy e’tibor berilar edi. qadimgi misrda bog’larni
joylashtirish yuqori sifat bilan bajarilar edi. qadimgi Mesopotamiyada katta
maydonli ov ko’riqxonlalari bo’lgan. Zinapoyalarda joylashgan bog’lar narvonlar
bilan bog’langan. qadimgi Gresiyada daraxtlar simmetrik usulda joylashgan
ibodatxonalarni o’rab turar edi, ayrim paytlarda esa shaxarning markazini xam.
Bizning asrimizdan ilgarigi V asrda bog’lar - geronlar kollonnalar va xaykallar bilan
bezatilgan va sport bilan shugullanadigan maydonlar ko’kalamzorlashtirilgan.
Markaziy Osiyoda bog’ - saroy (park) san’ati ko’p asrlik tarixga ega. Bizning
eramizdan ilgarigi VI - VII asrda Murgob, Zarafshon va Amudaryoning vodiylarida
fors (Eron) imperiyasining boy viloyatlar - Margiyona, Sugdiyona, Baqtriya,
Xorazmda umumiy yo’llar, Shimoliy- ~arb, Xindiston, va Eron. Qashgar va Janubiy
Xitoy bilan aloqa bo’lgan.
Samarqandning qadimgi ajoyib bog’lari, saroylari va dala xovlilari to’g’risida
kadimgi arab geografi (XII asr) Ibn-Xaukama (L.S.Zalesskaya, 1949) «Samarqand -
buyuk va ajoyib shahar, u So’gd daryoning janubida joylashgan, Shaharda ko’p
uylar, saroylar, daraxtlar bilan uralmagan uylar oz. Shaharning tashqarisidagi
saroylar, bog’lar, bizning davrimizgacha yetib kelmagan, ular xashamatligi bilan
ajralib turgan va yirik machitlar, madrasalar Samarqandning diqqatga sazovor
bo’lgan joylari ko’p bo’lgan. Yirik va chiroyli bog’lardan biri Ispaniya elchisi
Klavika da Gonzales yozganidek Davlatobod deb nomlangan. Bu bog’ katta ochiq
joydan iborat bo’lib u tuproqdan qurilgan tepalik bilan chegaralangan, ko’p sonli
mevali daraxtlardan iborat bo’lgan. Bog’da bug’u, qirg’ovul (tustovuq) o’stirilgan
(boqilgan). Bog’dan uzumzorli yo’l bo’lgan. Devorlar yoniga bir necha qator baland
bo’yli daraxtlar ekilgan. Mevali bog’da oltita xovuz va ariqlar tarmog’i bo’lgan.
Yo’llar bog’lardan yuqoriroq joylarda joylashgan bo’lib, ularning atrofida sersoya
bo’lgan daraxtlar ekilgan.
Daraxtoboddagi bog’ chet eldan kelganlarni o’zining chiroyi bilan xayratda
qoldirar edi. Arxeologlarning aniqlashicha bu bog’ shahardan uzoq bo’lmagan.
Misr-Shaar xarobalari oldida joylashgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
5
Qadimgi Samarqandda yuqorida yozilganidan tashqari boshqa bog’lar xam
bo’lgan Shaxannumo (Samarqanddan janubiy-sharqda 27 km narida), Dilkusho,
Shamollar bog’i, Ko’ngilni xursand qiluvchi, Chinorli bog’.
XV asrning oxiri, XVI asrning boshida Samarqandda va Xirotda bog’larni
barpo etishning bosh qacha usuli qo’llanilgan. Ekilgan o’simliklarning turi bayroq
bo’lgan. Samarqanddagi Darvish - Muhammad Taraxonda ajoyib qayragochlar,
biota, kumushsimon teraklar ekilgan edi. Bog’ -Jaxon-Arada Xirotda Sara (kiparis),
chinor, uzum va mevali daraxtlar o’sgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |