Islomiy moliyaning asosiy tamoyillari



Download 104,87 Kb.
bet1/3
Sana15.12.2022
Hajmi104,87 Kb.
#886407
  1   2   3
Bog'liq
Jo\'rayev Shahriyor - Muqobil moliyaviy muassasalar


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

FAKULTET:

Bank-moliya xizmatlari

FAN:

Islom moliyasi

MAVZU:

Muqobil moliyaviy muassasalar

R E F E R A T






GURUH:

Mk-421

TAYYORLADI:

JO’RAYEV SHAHRIYOR

QABUL QILDI:

KURBANOVA SITORA

samarqand – 2022
MAVZU: MUQOBIL MOLIYAVIY MUASSASALAR


Reja:

  1. Banklar.

  2. Islomiy moliyaning asosiy tamoyillari.

  3. Islomiy moliyalashtirish va an’anaviy moliyalashtirish o’rtasidagi tafovut.


1. Banklar.
So‘nggi yillarda o‘zining faoliyat mexanizmlariga yuqo- ri darajada qiziqish hamda globallashuvning o‘sishi bilan bog‘liq holda, islomiy banking shiddatli rivojlanishni bosh- dan kechirmoqda. 500 ga yaqin islomiy moliyaviy muassasalar oddiy chakana moliyalashtirishdan tortib, korporativ tar- kibli qimmatli qog‘ozlarni chiqarish usullari bilan mablag‘ jalb etishga qadar bo‘lgan keng miqyosdagi xizmatlarni taklif etmoqdalar.
Umuman, islomiy banklarning faoliyati quyidagi asos bo‘luvchi qoidalarga tayanadi: – pul puldan paydo bo‘lmasligi kerak, ya’ni kapitalning o‘sishi sof pul aylanmasi sohasida amalga oshishi mumkin emas; – investorlarning daromadi savdo va ishlab chiqarishga qilingan investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi kerak; – bitim ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat sherikchilik asosida qurilishi lozim; – pul tovar hisoblanmaydi, u faqat qiymat o‘lchovidir.
Pul mablag‘larini safarbar qilish usullari ulushli ish- tirok (hissadorlik kapitaliga investitsiya kiritish evazi- ga mablag‘larni jalb etish) va sukuk sertifikatlari hisob- lanadi. Tovar-pul aylanmasi asosida faqat voqelikda mavjud tovar va xizmatlarga taalluqli bitimlar yotadi.
Islomiy va an’anaviy banklar faoliyatining umumiy ta’- rifi quyidagilardan iborat: – islomiy va an’anaviy banklarning faoliyat maqsadi tijo- riy xususiyatga ega hamda foyda olishga qaratilgan; – banklar faoliyati qoidasi – moliyaviy vositachilik hi- soblanadi; – banklar tijoriy, investitsion va universal faoliyatga ix- tisoslashadi; – banklar biznesining standart yo‘nalishlari korporativ bo‘g‘im va jismoniy shaxslar bo‘g‘imlariga ajraladi; – bank faoliyatidagi amaliyot shakllari: hisob-kitob amali- yotlari, pul o‘tkazmalari, valyuta almashtirish, dokumentar amaliyotlar, moliyalashtirish amaliyotlari va investitsion – bank amaliyotlari; – banklar faoliyatini tashkil etish va boshqarish: korpora- tiv boshqaruv, xatar menejmenti, likvidlilikni boshqarish, komplayns-nazorat, ichki nazorat tizimi.
Islomiy banklar faoliyati xususiyati quyidagi jihat lari bilan ta’riflanadi: – islom fiqhiga muvofiq faoliyat ustidan ichki nazorat tar- kibi (shariat bo‘yicha kuzatuv kengashi, shariatga muvofiqlikni ta’minlovchi ichki audit vazifasi) ila korporativ boshqaruvni qurish; – xatar-menejmentining vazifasi mahsulot (xizmat)lar- ning xususiyati va bank hamda mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosa- batlarni ifodalaydi; – likvidlikni boshqarish (ALM) vazifasi shakllantirila- digan bank aktivlarining, ayniqsa, bankning qisqa muddatli (joriy) likvidliligining shariatga muvofiqligini ta’min- lash borasidagi tavsifini aks ettiradi; – mijoz va omonatchilar faoliyati natijasi (foyda va zarar) da bankning, bank faoliyati natijasi (foyda va zarar)da mijoz va omonatchilarning ishtiroki; – islomiy bank mahsulotlari va xizmatlari xususiya t ini ifoda etadigan bank amaliyotlari hisobi standartlari (AAOIFI standartlari); – bank faoliyatining omonatchilar boxabarligi uchun butkul ochiqligi. Omonatchi bankning sheriklaridan biri sifatida ko‘rib chiqiladi.
Islomiy bankingda banklar va ular omonatchilarining foydasi turli loyihalarga kiritilgan mablag‘lar hisobiga, voqelikdagi tovar va xizmatlarni yaratuvchi tadbirkorlik fao- liyati jarayonida shakllanadi. Kapital faqat savdo va ishlab chiqarish maqsadlariga ishlaydi. Bank asosan sherik (mushora- ka shartnomasi) yoki trast jamg‘armasi (muzoraba shartnomasi) sifatida ishtirok etadi. Har ikki tomon – bank ham, mijoz ham shartnomaga ko‘ra loyihadan keladigan foyda va zararni taqsimlab oladilar va shunga muvofiq, foyda olish uchun sa’y- harakat qiladilar.
Islomiy banklar o‘z faoliyatini ikki shakldagi bank tizi- mida amalga oshiradi: 1) islom fiqhi me’yorlariga butkul muvofiq tizim (Pokis- ton, Sudan, Eron bank tizimlari); 2) davlat organi tomonidan alohida tartibga solinadigan va islomiy banklar faoliyati an’anaviy banklar bilan bir qatorda faoliyat yuritadigan dualistik tizim.
To‘laqonli islomiy banklar uchun bank faoliyatini shariat qoidalariga muvofiqligini tartibga solish markaziy bank va bank nazorati organlari darajasida amalga oshiriladi.
Islomiy bank qoshida ish yuritadigan shariat kengashi bank bitimlarining islomiy moliyalashtirish qoidalariga muvofiqligini nazorat qiladi. Tadqiqotlar natijasi mijoz- lar mablag‘larini jalb etishning qo‘shimcha vositasi bo‘lib xiz- mat qilishi mumkin, ya’ni ushbu vositalardan foydalanishda is- lom me’yorlariga rioya etishning kafolati sifatida qatnashadi.


Download 104,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish