Islomiy moliyaning asosiy tamoyillari



Download 104,87 Kb.
bet2/3
Sana15.12.2022
Hajmi104,87 Kb.
#886407
1   2   3
Bog'liq
Jo\'rayev Shahriyor - Muqobil moliyaviy muassasalar

2. Sug‘urta kompaniyalari.
Sug‘urtalashning mazkur andozasi asosida har bir ishti- rokchi tomonidan umumiy jamg‘arma (takoful jamg‘armasi)ga boshqa ishtirokchilar bilan baxtsiz (sug‘urta) hodisa ro‘y bergan taqdirda, samimiy yordam ko‘rsatish niyati bilan beg‘araz hadya qilish konsepsiyasi yotadi. AAOIFI ning xalqaro standartla- riga ko‘ra, sug‘urtalash bir guruh shaxslar o‘rtasida mana shun- day shaxslar duch kelishi mumkin bo‘lgan ma’lum bir xatarlar ta’siri natijasida ro‘y beradigan zararlarni tartibga solish maqsadlarini ko‘zlagan shartnoma munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Ushbu munosabatlar ixtiyoriy badallar ko‘rinishidagi to‘lovlar kiritishni o‘z ichiga oladi va huquqiy shaxs maqomi hamda moliyaviy majburiyatga ega sug‘urta jamg‘armasi tashkil etish tomon yetaklaydi.
Islomiy sug‘urtalash kompaniyasining an’anaviy sug‘ur- talashdan mohiyati bo‘yicha asosiy farqi shundaki, takoful- kompaniya kompaniya boshqaruvchisi vazifasini bajaradi va ishtirokchilar mablag‘larini ma’lum bir aktivlarga joylash- tirishga vakolatli hisoblanadi. Ishtirokchilarga to‘lanadigan mablag‘lar foizga emas, balki sug‘urta jamg‘armasiga joylash- tirilgan mablag‘lardan olinadigan foydaga asoslangan bo‘ladi.
Mablag‘larning o‘zi esa faqat shariat kengashi ma’qullagan qimmatli qog‘ozlarga joylashtirilishi mumkin.
Islomiy sug‘urtalash tizimi ishtirokchilari jamg‘armaga mulklarini kiritadilar. Jamg‘arma ishtirokchilar safi- dan saylab olingan qo‘mita yoki operator-kompaniya tomonidan boshqariladi, u bilan haq to‘lash evaziga jamg‘armani boshqarish va uning mablag‘larini investitsiya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi tuziladi. Investitsiya qilishdan kelgan foyda sug‘urta to‘lovlari va mukofotlar uchun yo‘naltiriladi, mukofotlar sug‘urtalash tizimi ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi.
Kompaniya boshqaruvchisi oladigan komissiya miqdori va uni aniqlash tartibi turlicha bo‘lishi mumkin. Takoful-jamg‘armani boshqarishning quyidagi andozalarini ajratib ko‘rsatish mum- kin: kompaniya investitsion foydadan ulush oladigan muzoraba andozasi hamda kompaniya jamg‘armadan bevosita ma’lum bir mukofot oladigan vakolat andozasi va 3.4-rasmda ko‘rsatilgan yuqoridagi ikki andozaning unsurlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan aralash andoza.
Islomiy sug‘urtalash, bir tomondan, kishilarning mulkini himoyalash vositasi hisoblanadi, boshqa tomondan an’anaviy sug‘urtalashning mavjudligi tufayli keng tarqaldi. Islo- miy sug‘urtalash moliyaviy va boshqa sohalarda (turizm, pensiya sug‘urtasi, omonatlar sug‘urtasi) sug‘urta qoplamalari lozim- ligi tufayli zaruratga aylandi. Shunday qilib, sug‘urta kom- paniyalari xizmatlari talab qilinadigan holatlarda islomiy biznes sub’ektlari islomiy sug‘urta kompaniya xizmatlariga ehtiyoj sezadi.
Takoful-jamg‘armalarni boshqarishga turlicha yondashuvlar tufayli islomiy sug‘urtalashning turli andozalari mavjud.
Islomiy sug‘urtalovchi oladigan foyda jamg‘armani boshqarish andozasi tanlovining xususiyatiga bog‘liqdir.
Islomiy sug‘urtalash quyidagi asosiy andozalarga ajrati- ladi: – sof muzoraba; – modifikatsiyalashgan muzoraba; – agent (vakolat)lik andozasi; – modifikatsiyalashgan agentlik andozasi; – aralash (gibrid) andoza (vakolat + muzoraba); – agentlik andozasi + vaqf.
Aksariyat kompaniyalarda takoful-operatorning ulushi, qoidaga ko‘ra, ishtirokchilarning ulushidan oshib ketadi. Bu kompaniyaning amaliyot xarajatlarini o‘z zimmasiga olishi bi- lan izohlanadi.
Ushbu usul Malayziyada, xususan, mamlakatda islomiy sug‘urtalash rivojlanishining dastlabki bosqichlarida keng tarqalgan edi.
Modifikatsiyalashgan muzorabaning sof muzorabadan farqi shundaki, takoful-operator va ishtirokchilar investitsiya qilish natijasida olingan foydani emas, balki (sug‘urta hodisasi ro‘y bergan ishtirokchilarga qoplamalar to‘langach, ortgan miqdor) ortiqcha miqdorni bo‘lishib oladilar.
Ayrim fiqhshunoslar mana shu ortiqcha miqdor faqat ish- tirokchilarga tegishli bo‘lishi va butkul takoful-jamg‘ armaga qaytarilishi kerakligini ta’kidlaydilar hamda uni ushbu usulning kamchiliklaridan biri sifatida e’tirof etadilar.
Agent (vakolat)lik usuli sug‘urtalovchi ishtirokchilar- ning agenti (vakili) vazifasida ishtirok etishini ko‘rsatadi.
Takoful-jamg‘armaga kelib tushgan pul mablag‘larini bosh qarish uning vazifasiga kiradi. Takoful-operator to‘langan badallar- ning bir qismidan komissiya undiradi, bu esa ishtirokchilar mablag‘larini boshqargani uchun operatorning ish haqi (muko- foti)ni shakllantiradi.
Ishtirokchilar mablag‘laridan qoplamalar to‘langach, ortib qolgan miqdor (olingan foyda ham shunga qo‘shiladi) butkul ishtirokchilarga tegishli bo‘ladi. Sof va modifikatsiyalashgan muzorabadan farqli ravishda, agent (vakolat)lik usulida tako- ful-operator o‘rnatilgan mutanosiblikda ishtirokchilar bilan foydani taqsimlab olmaydi. Mazkur usul Yaqin Sharq mamla- katlarida keng tarqalgan.
Modifikatsiyalashgan agentlik usulining oddiy agentlik usulidan asosiy farqi shundaki, unga foyda va zararlarni taqsimlash tizimi (muzoraba mexanizmi asosida) ayrim unsur- lari kiritilgan. Takoful-operator xuddi agentlik usulidagi kabi takoful-jamg‘armaga to‘langan badallarning bir qismini komission mukofot sifatida undirib oladi. Olingan investitsion foydadan sug‘urta hodisasi ro‘y berganlarga to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin, qolgan miqdor kompaniya va ish- tirokchilar o‘rtasida o‘rnatilgan nisbatda taqsimlab olina- di. Boshqacha aytganda, xuddi modifikatsiyalashgan muzoraba- dagi kabi ortiqcha miqdor takoful-operator va ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Aralash (gibrid) usul amalda agentlik va sof muzoraba usuliga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni o‘zida birlashtiradi.
Bir tomondan, kompaniya badallar to‘langandan keyin darhol amaliyot xarajatlarini qoplashga yo‘naltirilgan komission mu- kofotni oladi, boshqa tomondan – operator takoful-jamg‘arma mablag‘larini investitsiya qilishdan olingan foyda ulushiga talabgor bo‘lishi mumkin. Fiqhshunoslarning fikricha, aralash usulning asosiy afzalligi shundaki, kompaniya bu yerda ishti- rokchilarga taalluqli bo‘lishi lozim bo‘lgan ortiqcha miqdorga talabgor bo‘la olmaydi.
Mazkur usul sug‘urtalovchilar uchun maqbul hisoblanadi, ishtirokchilar uchun esa agentlik va sof muzoraba kabi usullar qulayroqdir. Birinchi holatda, kompaniya takoful-jamg‘armani boshqargani uchun komission mukofotni olgani holda, investi- sion daromad olish huquqiga ega bo‘lmaydi, ikkinchisida esa o‘z xizmatlari uchun belgilangan mukofotga talabgor bo‘lmagan holda, investitsiyalash samaradorligidan manfaatdor bo‘ladi, chunki uning foydasi shunga bog‘liq bo‘ladi. Aralash usulni qo‘llanganda takoful-operator unisini ham, bunisini ham olishi mumkin, shu orqali ishtirokchilar mablag‘larini boshqarishdagi agentlik komissiyasi bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikdan o‘zini asragan bo‘ladi.
Mazkur usul Yaqin Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, keng tarqalgan. U AAOIFI tomonidan tavsiya etilgan. Bahrayn Mar- kaziy Banki uni mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tako- ful-operatorlar uchun majburiy qo‘llashni talab etadi. «Agentlik usuli + vaqf» usulining asosiy afzalliklari- dan biri shundaki, bu yerda sug‘urta badallarining bepullik xususiyati va sug‘urta hodisasi ro‘y berganda ishtirokchilar to- monidan qoplama to‘lanishini kutish o‘rtasidagi ziddiyat bar- taraf etiladi.

Download 104,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish