Shariat nazoratining asosiy tarkibiy qismi Investitsiya qilish uchun korxonalarni tekshirish jarayoni umumiy holatda ikki turga bo’linadi:
a) ishlab chiqairishni tekshish;
b) moliyaviy tekshirish.
a) ishlab chiqarishni tekshirish Qur’oni Karimda Alloh taolo marhamat qiladi:
“Alloh bir qavmni hidoyatga boshlaganidan so’ng, ularga saqlanishlari lozim bo’lgan narsani bayon qilmasdan turib zalolatga ketgazmas. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi zotdir”Qur’oni Karim (9.115)
Shariat investitsiya qilishga ruxsat bermaydigan ishlab chiqarish turlari islomiy fiqh kitoblarida batafsil muhokama qilingan. Bu kabi harom va shubhali ishlar bilan shugullanuvchi firmalarning aksiyasini sotib olish va firma faoliyatida ishtirok etish islomiy fiqh qoidalari nuqtayi nazaridan ta’qiqlanadi. Korxona ish yuritayotganda e’tiborga olinishi lozim bo’lgan asosiy masala bu faoliyatining islom ahkomlariga ko’ra ruhsat etilishi yoki ta’qiqlanishi hisoblanadi. Islom shariati tomonidan taqiqlangan faoliyat turlari quyida qisqacha keltirilgan:
-Foiz stavkasiga asoslangan mahsulotlar va xizmatlar;
-Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish faoliyati;
-Qurol-yarog’ ishlab chiqarish, taqsimlash va yetkazib berishga doir faoliyat turlari;
-O’yinlar va qimor;
-An’ananiy sug’urtaga doir ishlar;
-Cho’chqa va cho’chqa mahsulotlarini ishlab chiqarish va shunga doir faoliyat;
-Pornografik mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlash ishlarida ishtirok etish;
-Shariat kengashi tomonidan shariatda ruxsat berilmagan deb topilgan boshqa barcha faoliyat turlari
Shuningdek, yuqoridagi ro’yxatda keltirilmagan, lekin mazkur faoliyat turlari shakllanishi va tarqalishiga olib keluvchi har qanday faoliyat turi ham shariat ahkomlari doirasida ta’qiqlangan.
Moliyaviy tekshirish Shariat tekshiruvining ikkinchi tarkibiy qismi moliyaviy tekshiruv bo’lib, bu investitsiya qilinuvchi mablag’ga nisbatan qo’yilgan talablarni bildiradi va quyidagi to’rt tarkibiy qismni o’z ichiga oladi.
1. foiz stavkasi yoki boshqa shubhali yo’llar orqali shakllangan mablag’lar
2. Naqd pul va qarz va umumiy aktivlar yoki o'rtacha bozor qiymati
3. Qarz va xususiy kapital va o’rtacha bozor kapitali.
4. Debitorlik qarzlari.
i) Foiz stavkasi va boshqa shubhali manbalardan topilgan daromadlar: korxonalar uchun eng zaruriy omil bu aylanma capital hisoblanadi. Umumiy holatda, korxonalar aylanma kapitalga bo’gan talabini qondirish uchun moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishadi. Islomiy moliya mahsulotlarini taklif qiluvchi tashkilotlar bor joylarda foiz stavkasi aralashmagan holatda korxonalarning mablag’ga bo’lgan talabini qondirish mumkin, lekin, hayotda islomiy moliya tashkilotlari hamma joylarda ham mavjud emas.
Bugungi kunda banklar tranzaktsiyalarni amalga oshirishda muhim qiluvchi rol o'ynaydi. Barcha pul oqimlari banklardan o’tadi. Shu sababli barcha korxonalar banklardan o’z hisob raqamlariga ega bo’lishi kerak. Bu hisob raqamlardagi mablag’larga ma’lum miqdordagi foiz daromadlar hisoblanadi. Shuningdek, korxonalar mablag’larini boshqarish uchun qisqa muddatli likvidatsiya amaliyotlarini qo’llashi mumkin. bu holatda ham bank ular uchun foiz daromadlarni hisoblaydi.
Bunday holatlarda ulamolar foiz stavkasiga aloqador va boshqa joiz bo’lmagan va shubhali joylardan topilgan daromadning jami daromadga nisbati bo’yicha eng yuqori qiymatni belgilab berishgan va ushbu miqdor iloji boricha kichik hajmga ega bo’lisi lozim. Ko’plab ulamolar harom va shubhali daromadlar jami daromadlarning 5 % idan oshmasligiga ittifoq qilishgan.
ii) Naqd pul va qarz va umumiy aktivlar yoki o'rtacha bozor qiymati: Qarzlar savdosi fiqh maktablari orasid ko’plab muhokamalarga sabab bo’lgan masalalardan biridir. Shariatda qarzni 3-shaxsga qiymatidan ortiq yoki kam narxga sotish ta’qiqlangan. Xuddi shunday, pulni pulga sotish ham faqat valyutalar ayirboshlashda (sarroflik) da joiz bo’ladi. Shuning uchun ham shariat ulamolar korxonaning qarzlari va naqd holatdagi pullari uning jami aktivlaridan yoki o’rtacha bozor qiymatidan oshmasligini shart qiib qo’yadilar. Umumiy holatda korxonaning naqd holatdagipullari va qarzlari jami aktivlarining yoki korxonaning bozor qiymatining 30-50 %i miqdorida bo’lishi zarur.
iii) Qarz va xususiy kapital va o’rtacha bozor kapitali. Ko’plab korxonalar ayrim vaqtlarda likvid kapitalga ega bo’lish uchun o’zaro bir-birlari bilan foiz stavkasiga asoslangan qarz oldi-berdisini amalga oshiradi. Bunday holatlarda qarzga oluvchi qarz hisobidan qarzga beruvchiga belgilangan foiz stavkasini to’lashi lozim. Ko’palab aksiyadorlik korxonalarida o’tkazilgan so’rovnomada korxonaning qarzlari uning jami aksiyalarining qiymatida 16 marotaba yuqori bo’lgan holatlar ham kuzatilgan. Shuning uchun ham, shariat kengashining xulosasiga ko’ra, korxonanlarning qarzni qaytarish layoqatini ta’minlash maqsadida jami qarzlar korxonalarning bozor qiymatining 30-50 %idan oshmasligi kerakligi belgilangan.
iv) Debitorlik qarzlari: Debitorlik qarzlari - iste’molchilarga korxonalarning mahsuloti yetkazib berilganda, lekin hali haqi to’lanmaganda yuzaga keladigan qarzdorlik holati hisoblanadi. Shariat kengashi debitorlik qarzlarini korxonaning boshqalarga bergan qarzi sifatida tan oladi. Umumiy holatda debitorlik qarzlarini o’z qiymatida sotish mumkin bo’ladi.
Debitorlik qarzlari ham korxona mol-mulkining ajralmas qismi sifatida tan olinadi. Agar u asosan naqd pul va debitorlik qarzlari ko’rinishida bo’ladigan bo’lsa, bunday holatda ushbu qarzlar faqatgina o’z qiymatida o’zaro ayirboshlanishi mumkin. Agar qarzning nominal qiymatidan boshqa narxda sotilsa yoki sotib olinsa, ribo holati yuzaga keladi. Shariat ulamolari tomonindan korxonaning debitorlik qarzlari uning bozor qiymatining 33%idan kam bo’lishi lozimligi belgilangan..
GLOBAL SHARIAT INDEKSLARIGA QISQACHA NAZAR:
Har bir shariat indeksining ular faoliyat yuritayotgan moliyaviy tuzilmalar, muhit va sharoitlarni hisobga olgan holatda o'ziga xos metodologiyasi va parametrlari mavjud. Quyidagi jadvallarda (1 va 2) global darajadagi asosiy shariat indekslari tomonidan qabul qilingan shariat ko’rsatkichlarining turli metodologiyalari va parametrlarini aks ettirilgan.
xDJIMI-Dow Jones Islamic Market Index
S&P – Standart and Poors
FTSE – The Financial Times Stock Exchange
MSCI – Morgan Stanley Capital International
SC – Malaysia – Shariah Compliant Stocks
AAOIFI – Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions